Suvni ishqor eritmasi bilan yumshatishda suvga eruchi natriy ishqori NaOH ning 3-4% li eritmasi qushiladi. Ca(HCO3)2+2NaOH=¯CaCO3+Na2CO3+2H2O Mg(HCO3)2+4NaOH=¯MgCO3+2Na2CO3+H2O Bu reaktsiyalar natijasida hosil bo’lgan Na2CO3 sodasi suvning karbonatsiz qattiqligini ham kamaytiradi. CaSO4+Na2CO3=CaCO3+Na2SO4 Issiqlik elektr stantsiyalarida tabiiy suvlarni cho’kma hosil qilib yumshatish suv tozalash texnologiyasida belgilangan me’yorda asosan umumiy qattiqligi 3 mg·ekv/l dan katta bo’lgan suvlar uchun qo’laniladi. Bu jarayonning samaradorligi suvning xaroratiga bog’liq bo’lib, 50-700S da yaxshi natija beradi. Ammo IES larda talab qilinadigan katta hajmdagi suvlarni bu darajada qizdirish qimmatga tushganligi bu jarayonni koagulyatsiya jarayoni bilan birgalikda olib borilsa, suv xaroratini 20-25 0S gacha qizdirish yetarli bo’ladi. Suvni cho’kma hosil qilib yumshatish uchun koagulyatsiya jarayonidagi kabi eritmasini tayyorlash qo‟llaniladi. Suv tozalash inshoatlarida kam miqdordagi suvlarni ohak eritmasi bilan yumshatishda eritma tayyorlash uchun gidravlik aralashtirgichli va to’r simli so’ndirish qurilmalaridan foydalaniladi. 3 – rasm. 1 – so’ndiruvchi bak, 2 – aralashtirgich, 3 – ohakning erimay qolgan qisimni tutuvchi to’r, 4 –vagoncha, 5 – nasos, 6 – eritmani miqdorlovchiga yuboruvchi quvur, 7 – drenaj. Qurilmaning so’ndirgichi 1 maydalangan ohak bilan to’dirilib, unga sekin oqim bilan suvberiladi va ohakning to’la so’nishi ya„ni quyuq butqa hosil bo’lguncha 2-3 soat kutiladi. So’nghosil bo’lgan butqani suv bilan yuvib, aralashtirgich 2 ga tushiriladi. Sundirgichda qolgan qoldiq tagqismidan tirqish orqali vagoncha 4 ga chiqarib olinadi. Aralashtirgichdagi ohakning quyuq eritmasidanishchi eritma tayyorlanib miqdorlovchi baklarga yuboriladi. Zamonaviy issiqlik elektr stantsiyalarida bu sxema katta inshoatlarda amalga oshirilib to’lamexanizatsiyalashtirilgan. Bu qurilmalarda ohak vagonlarda yoki mashinalarda keltirilib, ohakmaydalagich tegirmonida maydalanib, elevator orqali baklarga yuboriladi. Bu bunkerlardan ohak taqsimlovchi orqali ohak so’ndiruvchi apparatga kelib tushadi. Tayyor bo’lgan oxak eritmasi maxsus baklarga suv bilan yuvilib oqib tushadi va nasoslar orqali bakdan olinib, gidravlik aralashtigichlarga yuboriladi. Ohak aralashtirgichdagi kerakli kontsentratsiyali eritma nasos dozator orqali tindirgichga yuboriladi. 1.Suvni qattiqligini va ishqoriyligini pasaytirishda ishlatiladigan reagentlar. 2.Suvni ohak eritmasi bilan yumshatishda Ca va Mg kationlarning cho’kishi qanday sodir bo‟’adi? 3. Suvni soda eritmasi bilan yumshatish va uning suvga qo’shiladigan dozasi. 4. Suvning qattiqligini ishqor eritmasi bilan kamaytirish. 5. Ohak eritmasini tayyorlash va reagent xo’jaligi. 6. Ohak aralashtirgichdagi kerakli kontsentratsiyali eritma nima orqali tindirgichga beriladi? 7. Suvni cho’kma hosil qilib yumshatish uchun qaysi jarayon qo’llaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |