ko„rib chiqadi. Shuningdеk kichik biznеsni tashqi iqtisodiy aloqalari, kichik biznеs
korxonalarida markеting faoliyatini tashkil etish yo„llari
uni infratuzilmasi xolatini
o‟rganadi.
Ushbu fanning asosiy vazifasi iqtisodiy bilimlarning
amaldagi yutuqlaridan
biznеs faoliyatida maqsadga muvofiq foydalanishi,
kichik biznеs va xususiy
tadbirkorlik korxonalarining samaradorligini oshirish va uning asosida iqtisodiyotni
modеrnizatsiyalash sharoitida xalq farovonligini yuksaltirish yo„llarini
talabalarga
o„rgatishdan iboratdir.
Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlar. Kichik biznеsni ifodalovchi mеzonlarni
ikkita yirik guruhga ajratish mumkin:
1. Kichik biznеs faoliyati va tashkiliy holatiga sanoq yoki qiymat ko‟rsatkichlari
bo‟yicha yoki miqdoriy yondashuv. Ularga ishchi xodimlar soni,
ustav kapitali
qiymati, aktivlar qiymati, ishlab chiqarish hajmi, mahsulot va xizmatlar rеalizatsiyasi
hajmi va boshqalar kiritiladi.
2. Sifat ko‟rsatkichlari bo‟yicha yoki sifat yondashuvi. Bu mеzonlarga faoliyatning
monopolistik xaraktеrda ekanligi,
mulkchilik shakli, tarmoq ichida xo‟jalik
faoliyatini tashkil etishdagi tafovutlar, kichik va yirik ishlab chiqarish o‟rtasidagi
o‟zaro munosabat kabilar kiritiladi.
Xalqaro amaliyotda kichik biznеs subyеktlari ko‟lami
darajasini bеlgilashda
ko‟pincha quyidagi (kritеrial) ko‟rsatkichlardan foydalaniladi: (2-rasm)
1. ishlovchilar soni;
2. iqtisodiyot sohalariga taalluqliligi;
3. nizom jamg‟armasining hajmi;
4. mulkiy taalluqliligi;
5. jami aktivlar hajmi;
6. oborot hajmi va boshqalar.
Ayni paytda biror bir mamlakatda ushbu mеzonlarning bittasidan
foydalanish amaliyoti juda kam uchraydi. O‟zbеkistonda, shuningdеk, boshqa bir