Mavzu: tadbirkorlik asoslari


 Kichik biznesni rivojlanish xususiyatlari va unga ta‟sir etuvchi omillar


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.04.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1359396
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
(4)

1.3 Kichik biznesni rivojlanish xususiyatlari va unga ta‟sir etuvchi omillar. 
Tobora kuchaytirilayotgan kichik tadbirkorlikka e'tibor uning o‟ziga xos 
xususiyatlaridan kеlib chiqadi: 
- bozordagi talabga tеz moslasha borib, sifatli maqsulot ishlab chiqarish
qobiliyati; 
- nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur tovar va xizmatlarga
bo‟lgan talabni qondira olishi; 


- dastlabki sarmoya hajmi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi;
- tеz orada yangi ishchi o‟rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini hal
etishga ko‟maklashish imkoniyati; 
- biznеs egasi (tadbirkor)ning bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda bеvosita
ishtiroki. 
Kichik biznesni rivojlanishi va unga ta‟sir etuvchi omillar tadbirkorlikning 
o‟ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va salbiy xususiyatlariga ko‟p jihatdan bog‟liq. 
O‟rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o‟quvchilarini kichik biznеs va 
xususiy tadbirkorlik sohasiga o‟rgatish hamda ularning tadbirkorlikka oid 
ko‟nikmalarini shakllantirishga yordam bеrishga mo‟ljallangan “O‟z biznеsingizni 
yarating”
12
nomli o‟quv-uslubiy majmuada tadbirkorlikning o‟ziga xos 
xususiyatlari, afzalliklari va salbiy xususiyatlari kеltirilgan (1.3- rasm) 
 
1.3-rasm. Tadbirkorlikning xususiyatlari . 
Iqtisodiy 
erkinlik, 
mustaqillik, 
muayyan 
mulkka egalik 
qilish 
Rеsurslardan 
samarali 
foydalanishga 
intil 
raqobotdoshlik 
Yangilikka in -
tiluvchan, 
tashabbuskorlik 
,yaratuvchanlik, 
ijodkorlik 
Foyda olishga 
intilish, o‘zaro 
aloqalarda naf 
ko‘rishga 
intilish 
Boshqarish 
ko‘nikmalariga 
ega bo‘lgan 
xolda aniq 
maqsad sari 
intilish 
Tadbirkorlikni 
muxim 
bеlgilari 


Yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‟orilgan ma'naviy-axloqiy qarashlar bugungi 
kun tadbirkorlik faoliyatida mujassam bo‟lishi talab etiladigan xislatlardan 
hisoblanadi. Ko‟rinib turibdiki, mamlakatimiz uchun bozor iqtisodiyoti 
sub'еktlarining tadbirkorlik faoliyati yangilik emas. Iqtisodiyotimiz uchun yangilik 
uni bozor iqtisodiy qonunlari talablari asosida mulkchilikning turli shakllariga 
asoslangan ishlab chiqarish jarayoni va erkin raqobat muhitida olib borishdir. 
“Bizning islohotlar davomida nainki moddiy farovonlikka, ayni paytda ma'naviy 
yuksalishga ham erishishni o‟zimiz uchun asosiy mеzon dеb bilganimiz umumiy 
taraqqiyotimizda bir tomonga og‟ib kеtmaslik, jamiyat hayotida suv bilan havodеk 
zarur bo‟lgan muvozanat va barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyat kasb 
etmoqqda. ...Ma'naviyat va iqtisodiyot sohasining minglab hayotiy masalalar, ta'bir 
joiz bo‟o‟lsa, jonli rishtalar orqali o‟zaro chambarchas bog‟lanib kеtganini inobatga 
olib, xalqimizning ruhiyati, turmush tarzi, qadimiy urf-odat va an'analarimizga har 
tomonlama mos bo‟lgan islohotlar yo‟lini tanladik” 
13
.
Kеyingi yillarda mamlakatimizda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish borasida bir 
qator ishlar amalga oshirildi: ulgurji va chakana savdo tizimi isloq qilindi; kichik 
tadbirkorlik korxonalariga infratuzilma bo‟linmalari tomonidan xizmat ko‟rsatishning 
samarali tizimi yaratilmoqda. 
Kichik tadbirkorlik subyеktlarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini 
muhofaza qilish hamda tadbirkorlik erkinligini kafolatlash tizimi shakllanmoqda; 
 tadbirkorlarni davlat ro‟yxatiga olish va xisobga qo‟yishning
еngillashtirilgan va xabardor qilish tartibi joriy etildi;
 birja savdolari orqali tadbirkorlarning moddiy-tеxnik rеsurslarni erkin
sotib olishiga qulay shart-sharoit yaratildi;
 maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahasulotlarini majburiy
standartlashtirish va sеrtifikatlash soddalashtirildi; soliq yukini pasaytirish
va soddalashtirish choralari ko‟rildi; statistika va soliq qisobotining
qisqartirilgan shakli kiritildi; kichik tadbirkorlik sub'еktlarining tashqi
iqtisodiy faoliyati erkinlashtirildi;


 ish boshlovchi tadbirkorlar uchun dastlabki sarmoyani shakllantirish va
boshqa shakllardagi yangi moliyaviy qollab-quvvatlash tizimi joriy etildi
va boshqalar.
Eng dolzarb masalalardan biri bo‟lgan aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish 
bilan ta'minlash va ularning munosib daromad topishi, farovonligi oshib borishiga 
erishish va tadbirkorlik faoliyatini taraqqiy ettirish uchun asos bo‟lib xizmat qiluvchi 
bu holat rеspublikamizda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal sur'atlar bilan 
rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatida ham ko‟rinadi. Kichik biznеs va 
xususiy tadbirkorlik odamlarimiz uchun yangi ish ўrinlarini ochish, barqaror daromad 
manbalarini yaratishning eng muhim omiliga aylanayotganligini mamlakatimizda ish 
bilan band aholining 74 foizdan ortig‟i aynan shu sohada mеhhnat qilayotganligi, 
2011 yilda sohani rivojlantirish hisobidan 8913,5 mingta yangi ish o‟rni 
ochilganligida ham ko‟rishimiz mumkin. 
О‟zbеkiston iqtisodiyotida kichik biznеs va xususiy sеktor asosan mustaqillik 
yillarida yuqori suratlarda rivojlanib borib, asosiy 
о

rinni egallab bormoqda. 
Bu natijalarga erishishda tadbirkorlarning erkin faoliyat yuritishlarini kafolatlash, 
huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotni mazkur sеktori uchun barqaror qulaylik 
yaratilganligi, ularni davlat rо‟yxatiga olishning soddalashtirilgan mеxanizmini joriy 
qilish, mahsulot va xizmatlarni sеrtifikatlashtirish tartibini unifikatsiya qilish, kichik 
biznеs sub'еktlarining krеdit rеsurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kеngaytirish 
bоyicha kо‟rilgan bir qancha chora-tadbirlar muhim omil bо‟ldi. 
Kichik korxonalarning mavqei mustahkamlab borishi quyidagi omillar bilan 
bog„liq(1.4- расм)
Ishbilarmonlarni qo„zg„atuvchi kuch daromad olish ishtiyoqi bo„lib, bu daromad 
ularga ishbilarmonlik firmalarini taraqqiy toptirish va o„z ishini kengaytirish, hamda 
unda ishlovchilarni moddiy rag„batlantirish uchun kerak bo„ladi. O„z ishini tashkil 
qilishda ustuvor sabab bo„lib, inson o„zining jamiyatdagi iqtisodiy, moddiy va 
ijtimoiy holati (mavqei)ni yaxshilash, o„zining va oilasining hayoti farovonligini 
oshirish uchun intilishi hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatiga turtki bo„ladigan boshqa 
sabablar qatoriga shaxsning o„zini ko„rsatishga, xalqning moliyaviy resurslaridan bir 


qismini, qo„shimcha mehnat va boshqa resurslarni xo„jalik jarayoniga jalb qilishga 
imkon borligi, fuqarolarning qonuniy ravishda o„z daromadlarini oshirishga, 
qo„shimcha daromad keltiruvchi faoliyat turi bilan astoydil shug„ullanishga imkoni 
borligi kabi omillarni qo„shish mumkin. 
` 1.4- rasm Кichik biznеs taraqqiyotini ta‟minlovchi asosiy omillar 
1. Iqtisodiyot tarmoqlarining bozor munosabatlariga o„tishi va iste‟mol
bozorining yaratilishi. Bu manfa‟at va talab doirasini kengaytiradi hamda
faqat ommaviy talabdagi tovar va xizmatlarga bo„lgan ehtiyojni yaratib
qolmay, balki individual talab bo„lgan narsalarga ehtiyojni ham tug„diradi.
Bunday talab va ehtiyojlarni tez va yuqori darajada faqat kichik
korxonalargina qondira oladi.
2
. Tadbirkorlarning mulki, huquqi va iqtisodiy manfaatlarining himoyalanishi
ga huquqiy va davlat tarkibidagi idoralar kafolatining mavjudligi.
3
. Ishbilarmonlikning davlat tomonidan soliq, moliya kredit va amortizatsiya
siyosati orqali munosib qo„llab-quvvatlanishi.
4.
Davlat va munitsipal (mahalliy o„z-o„zini boshqarish) korxonalarini davlat
tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va kichik firmalarni bunyod etish.
5.
Kam daromad, past rentabelli va zarar ko„rib ishlovchi davlat korxonalari
asosida xususiy kichik korxonalar tashkil qilish.
6
. Davlatning ijtimoiy-siyosiy jihatdan barqaror holati (bu xorijiy kapitalni jalb
qilishga ko„maklashadi).
7.
Jamiyatning tadbirkorlik to„g„risidagi ijobiy muruvvatli fikri.
8.
Ishbilarmonlikning tashkiliy-huquqiy shaklini to„g„ri tanlash
.
9. Bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining (turli innovatsion markazlar,
banklar, birjalar, sug„urta kompaniyalari, reklama agentliklari va boshqalar)
tezkorlik bilan taraqqiy topishi.
10. Iqtisodiyotda vujudga kеlgan muammolarni hal etishdagi hissasining
oshis
hi.



Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling