Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf xarajatlari va foydasi. Mundarija: Kirish


-chizma. YAlpi foydaning taqsimlanishi


Download 86.79 Kb.
bet24/26
Sana19.01.2023
Hajmi86.79 Kb.
#1101613
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Mavzu- Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf xarajatlari va foydasi

8-chizma. YAlpi foydaning taqsimlanishi.
Yalpi foydani taqsimlashning tarkib topgan hozirgi sharoitida uning hajmi oshib borishi bilan korxonalar va davlatning mulki ham ko‘payib boradi. Shuningdek, nafaqat har bir korxona xodimining, balki davlat va korxonalardan ijtimoiy ne’matlar va turli ko‘rinishdagi nafaqalar oluvchi jamiyat boshqa a’zolarining ham Shaxsiy iste’moliga sarflanuvchi daromadini ko‘paytirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o‘z ichiga normal foydani ham oladi. Korxona umumiy pul tuShumi tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi tasvir orqali yaqqolroq tasavvur etish mumkin (9-chizma).




+ +
9-chizma. Korxona umumiy pul tuShumi tarkibidagi iqtisodiy va buxgalteriya foydasining farqlanishi.


Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga - korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablag‘larga (asosiy va aylanma kapital) nisbatidir.
Bular quyidagicha aniqlanadi:
1. ,
bu erda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – ishlab chiqarish xarajatlari;

2.


bu erda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; Kavans (asosiy kapital+aylanma kapital) – korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati.
Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda ishlab chiqarish xarajatlari yoki avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligining integral ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin. Narxning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatkichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va Shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatkich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi.


Xulosa.
Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) yo’li bilan tavakkal qilib, o’z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi lozim.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo’lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko’maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini namoyon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko’paytirishga va jahon integratsiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e’tibor berilmoqda. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun mamlakatimiz miqyosida quyidagi masalalarni hal qilish lozim:

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • hududlarda haqiqiy tadbirkorlik muhitini yaratish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash;

  • kichik biznes va tadbirkorlikning huquqiy bazasini mustahkamlash;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni texnologik jihozlar bilan ta’minlashni qo’llab-quvvatlash;

  • islohotlar natijalarini reklama va axborot xizmati vositalari orqali keng ommaga yetkazish.


Download 86.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling