Mavzu: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish. Ruxsat berish tartib-taomillari Reja


Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish


Download 32.81 Kb.
bet2/4
Sana22.04.2023
Hajmi32.81 Kb.
#1382198
1   2   3   4
Bog'liq
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish

Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish
(onlayn tarzda va shaxsan kelgan holda) Aynan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini qonuniy amalga oshirish uchun dastlabki qadamni davlat roʻyxatidan o‘tishdan boshlaydi. Chunki har qanday tadbirkorlik subyekti vujudga kelish jarayonida to‘qnashadigan, uni amalga oshirishi shart bo‘lgan taomil bu tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan o‘tish hisoblanadi.
Umuman olganda, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishning ahamiyati keng ko‘lamli va keng qamrovli. Ushbu taomil davlat uchun ham, tadbirkorlik subyektlarining o‘zlari uchun ham, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yollanma xodimlari uchun ham, va nihoyat, isteʼmolchilar uchun ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Davlat va davlat organlari uchun tadbirkorlik subyektlarining davlat roʻyxatidan o‘tkazilganligi, eng avvalo, davlat soliq xizmati uchun, statistik xizmat uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish, soliq siyosatini oqilona ravishda amalga oshirish, ular faoliyati ustidan monitoring yuritish tadbirkorlik subyektlari reyestri asosida operativ, maqsadli va tartibli amalga oshirilishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan o‘tish orqali o‘z faoliyatini huquqiy maydonda amalga oshiradi, tegishli moliya, buxgalteriya hujjatlarini yuritadi, faoliyatining samaradorligini baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ayni paytda tadbirkorlik subyektlari uchun qonunlarda belgilab qo‘yilgan huquqiy himoya tizimidan, imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
2003-yildan buyon tadbirkorlik subyektlarini “yagona darcha” tamoyili boʻyicha roʻyxatdan o‘tkazish tuman (shahar) hokim liklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan o‘tkazish inspeksiyalari tomonidan amalga oshirib kelingan.
2016-yil 1-yanvardan boshlab inspeksiyalar negizida Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish yagona markazlari (keyingi o‘rinlarda yagona markazlar deb yuritiladi) tashkil etildi.
2017-yil 1-fevraldan yagona markazlarning tuman (shahar) hokimliklari tuzilmasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilishi mazkur sohani rivojlantirish boʻyicha keyingi
qadam bo‘lib, vertikal boshqaruvni shakllantirish, ularning samarali faoliyatini tashkil etish imkonini berdi. Natijada yagona markazlar tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni 33 tagacha oshdi.
2017-yil 1-apreldan boshlab roʻyxatga olish tartib-taomillarini 30 daqiqagacha qisqartirish imkonini beruvchi tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga
tushirilganligi “Doing Business – 2018” global reytingidagi “Biznesni roʻyxatdan o‘tkazish” ko‘rsatkichi boʻyicha Oʻzbekistonning mavqeyini 24-o‘rindan 11-o‘ringa yaxshilashga xizmat qildi.
2017-yil 1-aprelgacha mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish 2 xil usulda: xabardor qilish tartibi va ruxsat berish tartibida amalga oshirilardi. Xabardor qilish tartibida davlat roʻyxatidan o‘tkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 –yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi PQ–357-son qarori bilan tasdiqlangan nizom, ruxsat berish tartibi esa Vazirlar
Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun roʻyxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 357-son qarori bilan tasdiqlangan nizom bilan amalga oshirilar edi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan
tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘r a ikki usul birlashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-dekabrdagi PF–5278-son farmoniga asosan Adliya vazirligining Davlat xizmatlari ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va rivojlantirish boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari va Tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlari, Prezident devonining Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tuman (shahar)lardagi Xalq qabulxonalari negizida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi.
Ushbu farmonga muvofiq tadbirkorlik subyektlariga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha davlat xizmatlari ko‘rsatish yagona markazlarini ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga “yagona darcha” tamoyili boʻyicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zgartirildi.
Banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi PQ–2750-son qarori).
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish va qayta roʻyxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi(Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori). Shu bilan birgalikda, bugungi kunda yuridik shaxsni roʻyxatdan o‘tkazishda taqdim etiladigan hujjatlar soni 6 tadan amalda 1 tagacha qisqartirildi, ya’ni faqat ariza talab qilinadi va unda ko‘rsatilgan maʼlumotlardan ta’sis hujjatlari generatsiya qilinadi (topshirish –qabul qilish dalolatnomasi va taqsimlash balansi taqdim etilishi lozim bo‘lgan qo‘shib yuborish, birlashtirish, ajratib chiqarish hamda bo‘lish holatlari bundan mustasno). Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) uchun zarur bo‘lgan hujjatlar soni 7 tadan 1 tagacha qisqartirildi, ya’ni faqatgina ariza taqdim etish lozim bo‘ladi. Shuni ta’kidlash joizki, ariza bilan, albatta, ta’sischining o‘zi murojaat etishi shart emas, balki internet jahon axborot tarmog‘i tizimi vositasida yagona portal orqali ham murojaat qilishi mumkin (Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi VMQ –66-son qarori).
Jahon banki uslubiyatiga muvofiq biznesni roʻyxatdan o‘tkazish yangi tartibga ko‘ra ikkita jarayonda (birinchisi barcha roʻyxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibotlarini avtomatlashtirish bilan real vaqt rejimida roʻyxatdan o‘tkazish, ikkinchisi esa taqdim etiladigan qog‘oz hujjatlarni kamaytirish bilan bank hisobraqamini ochish) amalga oshiriladi. Biznes yuritishni boshlash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha rasmiyatchiliklarni inobatga olgan holda korxonani ochish jarayoni (ushbu vaqtga firma nomini zaxiraga olib qo‘yish, roʻyxatdan o‘tkazish uchun davlat bojini to‘lash, davlat roʻyxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va roʻyxatdan o‘tkazilgan ta’sis hujjatlarini olish, muhrni tayyorlash, soliq organlarida, statistika organlarida hamda bankda hisobga qo‘yish va hisobraqamini ochish kiradi) bir kundan kam vaqtni talab qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2016-yil 28-oktabrdagi PQ–2646-son qarorini amalga oshirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ–66-son qaroriga asosan internet jahon axborot tarmog‘i tizimi vositasida yagona portalda roʻyxatda o‘tish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti sifatida davlat roʻyxatidan o‘tish uchun foydalanuvchining shaxsiy kabineti yoki tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabinetidan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘lgandan so‘ng biznesni roʻyxatdan o‘tkazish davlat xizmatini tanlaydi.
Davlat roʻyxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi “biznesni roʻyxatdan o‘tkazish” – davlat xizmatini tanlaydi va davlat roʻyxatidan o‘tkazish uchun quyidagi belgilangan ariza shakllari boʻyicha:
– yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining (keying o‘rinlarda yakka tartibdagi tadbirkor deb ataladi);
– tadbirkorlik subyektlari – yuridik shaxslarning uni ko‘rsatishgan so‘rovnomani shakllantiradi.
2017-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda davlat roʻyxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani 30 daqiqada olishga imkon beruvchi, biznesni davlat roʻyxatidan o‘tkazishning avtomatlashtirilgan noyob milliy tizimi ishga tushirildi. Yangi tizim ishga tushirilganidan boshlab bir oy mobaynida uning yordamida 21 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari, shundan 7,5 foizi onlayn tarzda roʻyxatdan o‘tkazilgan.
Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnoma shakllantirilishi bosqichmabosqich amalga oshiriladi. Ariza beruvchi so‘rovnomani so‘ralayotgan maʼlumotlarni kiritish va tizim tomonidan umumiy maʼlumotnomadan taklif etilayotgan maʼlumotlarni tanlash yo‘li bilan shak llantiradi. Ariza beruvchi so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish yoki davom ettirish huquqiga ega.
Davlat axborot resurslarida mavjud bo‘lgan maʼlumotlar, ariza beruvchining yagona identifikatsiyalash tizimidan olingan haqiqiy, shaxsiy maʼlumotlarini inobatga olgan holda tizim tomonidan avtomatik tarzda shakllantiriladi. Tizim har bir bosqichda so‘rovnomada shakllantirilgan maʼlumotlarni saqlab boradi. Tadbirkorlik subyektlarini internet orqali onlayn tarzda roʻyxatdan
o‘tkazish shaxsan kelgan holda roʻyxatdan o‘tkazish nisbatan bir qator quyidagi ustunliklarga ega:
 roʻyxatdan o‘tkazuvchi organga qog‘oz ko‘rinishidagi hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etish zarurati yo‘qoladi, natijada arizachilarni roʻyxatdan o‘tkazuvchi organga, shuningdek, roʻyxatdan o‘tkazishga davlat bojini to‘lash uchun bank kassasiga shaxsan tashrif buyurish zaruriyatidan xalos etadi, bu esa arizachilarning bilvosita sarf-xarajatlarini kamaytiradi;
 hujjatlar internet orqali onlayn topshirilganda biznesni roʻyxatdan o‘tkazish, shu jumladan, qayta roʻyxatdan o‘tkazish uchun davlat bojlari stavkalari shaxsan tashrif buyurgan holatga nisbatan ikki barobar kam qilib belgilangan;
 biznesni roʻyxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirishni arizachi uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda boshlash, to‘xtatib turish yoki qaytadan boshlash mumkin bo‘ladi;
 roʻyxatdan o‘tkazishga so‘rovnoma tanlanayotgan firma nomini avtomatik tarzda tekshirishni inobatga olgan holda arizachi tomonidan maʼlumotlarni asosan ochiladigan menyudan tanlash yo‘li bilan onlayn to‘ldiriladi, bu esa noaniqliklarni bartaraf etadi, taqdim etilayotgan maʼlumotlarni standartlashtiradi va ularni qayta ishlashni soddalashtiradi;
 biznesni roʻyxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan imzolash talab etilmaydi, bunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari yagona portalda unda ko‘rsatilgan usullardan biri orqali masofadan roʻyxatdan o‘tishlari lozim bo‘ladi;
 arizachilarning xohishiga ko‘ra avtomatlashtirilgan tizim arizada ko‘rsatilgan maʼlumotlardan kelib chiqib shakllantiradigan, t a’sis hujjatlarining namunaviy shakllaridan foydalanish yoki arizaga skaner qilingan ta’sis hujjatlarini ilova qilish mumkin.
Ushbu sohada olib borilgan islohotlar samarasi o‘laroq endilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) o‘z faoliyatlarini vaqtinchalik to‘xtatib turish yoki qayta tiklash to‘g‘risidagi arizani avtomatlashtirilgan tizim orqali topshirishlari mumkin bo‘ladi, bu esa Y aTTning soliqlar to‘lamaslik bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchiliklarini soddalashtirish va pasaytirishga yordam beradi. Tadbirkorlik subyekti barcha tegishli vakolatli davlat (litsenziyalovchi va hokazo) organlarini uning manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida avtomatlashtirilgan tizim vositasida bir vaqtning o‘zida xabardor qila oladi, bu esa davlat organlariga alohida xabarnomalar jo‘natishga zarurat qoldirmaydi. Shuningdek, qayta tashkil etish to‘g‘risidagi axborotni bosma ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish to‘g‘risidagi talabni bekor qiladi, bunda axborot bilan kreditorlar tanishib chiqishlari uchun yagona portalda e’lon qilish yetarli bo‘ladi.
2019-yilning yanvar–iyun oylarida respublikamizda 56,1 mingtaga yaqin korxona va tashkilotlar tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26,7 mingtaga ko‘pdir. Roʻyxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2018-yilning shu davriga solishtirganda 67,9 mingta (21,1 %)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 389,2 mingtani tashkil etgan (https://stat.uz/uz/presssluzhba – Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil 1-iyul holatiga ko‘ra yuridik shaxs bo‘lgan korxona va tashkilotlar demografiyasi bo‘yicha tahliliy maʼlumoti (fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari).
Bu esa tadbirkorlar xarajatlarini kamaytiradi. Biznesni roʻyxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asoslarning batafsil roʻyxati belgilangan. Demak, roʻyxatdan o‘tkazish uchun so‘rovnoma to‘ldirilayotganda ko‘rsatilgan maʼlumotlar avtomatlashtirilgan tizimning tegishli maʼlumotlar bazasi boʻyicha avtomatik tarzda tekshiriladi.

Download 32.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling