Mavzu: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish. Ruxsat berish tartib-taomillari Reja


Download 32.81 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2023
Hajmi32.81 Kb.
#1382198
  1   2   3   4
Bog'liq
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish


Mavzu: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish. Ruxsat berish tartib-taomillari

Reja;

1. Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi.


2. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish
3. Tadbirkorlik subyektlarini qayta roʻyxatdan o‘tkazish

Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi. Ta’sis etish va uning usullari.Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish (onlayn tarzda va shaxsan kelgan holda). Tadbirkorlik subyektlarini qayta roʻyxatdan o‘tkazish. Tadbirkorlik subyektlarini qayta tashkil etish va uning turlari. Qayta tashkil etishda oldindan rozilik olish. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning xorij tajribasi.


Tadbirkorlik faoliyatining tashkil qilinishi.
Ta’sis etish va uning usullari
Tadbirkorlik har qanday jamiyat taraqqiyotining asosi sifatida tan olingan bugungi kunda har bir davlat bu sohani yanada rivojlantirishni o‘z taraqqiyot strategiyasining asosiy vazifalaridan biri deb biladi. Ichki bozorni tovar, ish va xizmatlar bilan ta’minlash, eksport salohiyatini oshirishda yangi tadbirkorlik subyektlarining tashkil etilishi nihoyatda muhim. Tadbirkorlik sohasi vakillari o‘z faoliyatlarini tashkil e’tishlari bilan tom ma’noda mamlakat biznes doirasining vakili sifatida e’tirof etiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etishni yanada soddalashtirish, roʻyxatdan o‘tish tartibotini maksimal darajada tadbirkor uchun qulay, tejamkor va interaktiv shaklga o‘tkazish zamon talabidir. Mazkur masalalar Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining “Harakatlar strategiyasi”ning ijrosini ta’minlash va uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida hamda 2016-yil 28-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–2646-son va 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–2750-son qarorlarida ham e’tibor qaratilganligi ayni muddaodir.
Avvalambor, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni davlatroʻyxatidan o‘tkazish nima uchun kerak degan savol ko‘pchiligimizni qiziqtirishi tabiiy, albatta. Bunga esa quyidagicha javob topish mumkin.
Ya’ni har bir davlat iqtisodiy islohotlar jarayonida uning maqsad va vazifalarini belgilaydi, yo‘naltiradi, boshqacha aytganda, bosh islohotchi vazifasini bajaradi. Ushbu vazifani amalga oshirishning asosiy qudratli vositasi iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish hisoblanadi. Davlat tegishli qonunlari, qonun hujjatlari orqali tadbirkorlik subyektlarining huquqiy maqomini, ular o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarni, soliq, bojxona siyosatini, imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlarni belgilaydi. Tadbirkorlik faoliyatining huquqiy asoslari qay darajada ilmiy asoslangan, adolatli, oqilona, bozor iqtisodiyoti qonunlariga muvofiq bo‘lsa, u shunchalik samarali huquqiy tartibga soladi. Bu esa iqtisodiyot rivojlanishiga, aholi turmush darajasini va bandligini ta’minlashga olib keladi.
Davlat iqtisodiyot sohasida aniq maqsadli boshqaruvni amalga oshirish uchun iqtisodiy, huquqiy maydonni yaratib, bu maydonda davlat tuzilmalari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida doimiy, muntazam o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘ymog‘i lozim. Buning uchun tadbirkorlik subyektlari muayyan tashkiliy-huquqiy shakllarga, huquqiy maqomga ega bo‘lishi va u tegishli shaklda va tartibda rasmiylashtirilgan bo‘lishi talab etiladi. Bunday rasmiylashtirish tartibi esa tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish tizimi orqali t a’minlanadi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish, qayta tashkil etish, tugatish jarayonlarini yuridik jihatdan qayd etish orqali davlat nafaqat tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida, balki iqtisodiyotdagi real voqelik boʻyicha aniq axborotlarga ega bo‘ladi va ushbu axborotlar orqali mamlakat iqtisodiy rivojlanishga samarali, oqilona taʼsir etish imkoniga ega bo‘ladi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishning mohiyati aynan shunday holatlarda namoyon bo‘ladi.
Qonunchilikda belgilab qo‘yilgan umumiy qoidalarga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishning quyidagi shakllari mavjud.
Tadbirkorlik huquqi subyektlarining tashkil qilinishi kimning xohishirodasiga va qanday tartibda amalga oshirilayotganligiga qarab t a’sis farmoyish, ta’sis, shartnomaviy-ta’sis usullariga bo‘linadi.
Ta’sis-farmoyish usul bilan asosan davlat mulkiga asoslangan korxonalar tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, bunda tadbirkorlik subyekti davlat vakil qilgan shaxs tomonidan tashkil etiladi. Misol uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi PF–5517-son farmoniga asosan “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-yanvar 44-son qarori bilan MJCh shaklidagi “Termiz” erkin
TASHKIL ETISH
Ta’sis farmoyish
Ta’sis Shartnomaviy iqtisodiy zonasi, 2009-yil 7-avgust 224-son qarori bilan esa xorijiy investitsiya ishtirokidagi MChJ “JV Man Auto – Uzbekistan” korxonasining tashkil topganligini keltirish mumkin.
Ta’sis etish usuli bilan bitta shaxs ishtirokidagi tashkilotlar ham tuzilishi mumkin.
Ularning faoliyati xususiy mulkka asoslangan bo‘ladi. Misol uchun, bitta shaxs tomonidan xususiy korxonani tashkil etish.
Shartnomaviy-ta’sis usuli bilan ikki va undan ortiq ta’sischilar tomonidan o‘zlarining mulkiy ulushlarini birlashtirish asosida ta’sis shartnomasi tuzish yo‘li bilan xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining faoliyat yo‘nalishlari belgilanadi va tuziladi. Misol uchun, bir yoki bir necha shaxslar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiya t va shu kabilarni tashkil etish va tuzish.
Shu bilan birgalikda, yuridik shaxslarni, jumladan, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish usullari to‘g‘risida ilmiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud bo‘lib, sivilistik yondashuv boʻyicha ular quyidagi usullarni o‘z ichiga oladi:
a) farmoyish berish orqali vujudga kelish. Bunda yuridik shaxs muayyan davlat organining farmoyishi orqali vujudga keladi;
b) murojaat qilish usuli. Bunda tadbirkorlik subyektini tashkil qiluvchi muassisning erki-irodasi asosiy rol o‘ynaydi;
c) ruxsat berish usuli. Bunda vakolatli davlat idorasining ruxsati asosida vujudga keladi;
d) normativ murojaat qilish usuli. Bunda muayyan turdagi tadbirkorlik subyektlarining vujudga kelish imkoniyatlari qonun hujjatlarida oldindan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi va unga muvofiq ravishda
tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan o‘tkaziladi;g) xabardor qilish usuli.
Bunga ko‘ra tadbirkorlik subyekti o‘zini vujudga kelganligi to‘g‘risida vakolatli davlat idorasini xabardor qiladi va ushbu organ tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan o‘tkazishga majbur.
Bunda roʻyxatdan o‘tkazuvchi idorani roʻyxatdan o‘tkazishni rad etish boʻyicha vakolati mavjud emas. Biroq roʻyxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq barcha oqibatlar (agar bunda qonun hujjatlarining birorta talabi buzilgan bo‘lsa) tadbirkorlik subyektining zimmasiga tushadi
O. Oqyulov. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishning mohiyati va ahamiyati /
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishni takomillashtirish masalalari: milliy va xorijiy
tajriba. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – T.:TDYU, 2017. – B. 8–15.

Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan o‘tkazish yuqorida ta’kidlanganidek, ularni tashkil etishning eng so‘nggi bosqichi hisoblanadi.



Download 32.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling