Mavzu: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish. Ruxsat berish tartib-taomillari Reja
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etishning xorij tajribasi
Download 32.81 Kb.
|
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etish
Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tashkil etishning xorij tajribasi
Agar jahonda ushbu sohada ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni ko‘radigan bo‘lsak, biznes uchun qulay sharoit yaratish, tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatlarini tashkil etishni yanada yaxshilash va soddalashtirish borasida xorijiy investorlarni jalb qilish uchun musobaqa boshlanganga o‘xshaydi. O‘z iqtisodiyotini isloh qilayotgan barcha davlatlarda ushbu sohada yengilliklar yaratishga harakat qilinmoqda. Jahon bankining “Doing Business” xalqaro reytingiga ko‘ra, bu borada Yangi Zelandiya, Singapur, Daniya, Gonkong va Janubiy Koreya Respublikasi kabi davlatlar yetakchilik qilishmoqda. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishga doir huquqiy munosabatlar maxsus qonunlar bilan tartibga solinadi. Masalan, Yaponiyada Commercial Registration Act (1963), Buyuk Britaniyada Companies Act (1980), Hindistonda Registration Act (1908), Yangi Zelandiyada Business Number Act (2016). Ruxsat berish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni olish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish kam xarajatlik, tezkorlik, monitoring qilish va korrupsiyaning oldini olish imkoniyati bilan ahamiyatli. Ruxsat berish tartib-taomillarining elektron tizimga o‘tishini ham Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti mamlakatlari boshlab berdi. Hozirda Buyuk Britaniya, Italiya, Meksika, Yangi Zelandiya, Koreya va Yaponiya, MDHga a’zo mamlakatlarda ham electron litsenziyalashni yo‘lga qo‘yish, shuningdek , onlayn rejimida ruxsat berish xususidagi hujjatlarni berish orqali litsenziya olish tartibini soddalashtirish jarayoni ketmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda tadbirkorlar mamlakatni taraqqiyotga olib chiquvchi, tinib -tinchimas, yangilikka intiluvchi aholining ilg‘or qatlami hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish turli mamlakatlarda turlicha tashkil etilgan. Bu, o‘z navbatida, davlatlarning iqtisodni qanchalik erkinlashtirgani, zamonaviy axborot texnologiyalaridan qanchalik foydalanayotganligi va tadbirkorlar hamda davlat o‘rtasidagi munosabatlarning holati bilan bog‘liq. Shu sababli biz uchun tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishda rivojlangan xorijiy davlat tajribasini o‘rganish va ularning ijobiy jihatlarini o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, AQSHning tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazishga oid tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki, AQSHning turli shtatlarida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish markazlari turli nomlar (one-stop centre, business one stop centre va h.k.) bilan yuritiladi. Soliq sohasidagi imtiyozlar yuzasidan ularni qaysi shtatda roʻyxatdan o‘tkazish ham muhim ahamiyatga ega. Chunki shtatlar tadbirkorlik subyektlariga imtiyoz va qulayliklar yaratib berish borasida bir-biri bilan musobaqalashadi. Ayniqsa, AQSHning “Korporatsiyalar uchun jannat” (“Heaven for corporations”) degan nomga sazovor bo‘lgan Delaver shtati tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoit yaratishda yetakchilik qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarga xos xususiyat shuki, tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan o‘tkazish elektron shaklda amalga oshiriladi, xususan, AQSH bu masalada boshqa mamlakatlardan ildamlab ketgan. AQSHda tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan xizmatlar, jumladan, davlat roʻyxatidan o‘tkazish ham haq to‘lash asosida amalga oshiriladi. Masalan, firma nomlarini olish bizdan farqli o‘laroq davlat boji to‘lashni talab qiladi. Firma nomini zaxiraga olganlik uchun 30 dollar miqdorida haq to‘lanadi. Bu shuni anglatadiki, yagona darcha markazlarining o‘zlari ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Download 32.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling