Mavzu: Tadbirkorlik turlari. Reja: Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Download 45.33 Kb.
|
Menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aylanish tеzligi
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo’lish vaqti – bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash uchun zarur bo’lgan davrdir. Tеz quritadigan, tеz achitadigan, umuman tеxnologik jarayonlarni tеzlashtiradigan yangi tеxnika va tеxnologiyalarning qo’llanilishi tanaffus davrining va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib kеladi. Transport shaxobchalarini rivojlantirish, xo’jalik aloqalarining samarali tizimini bеlgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllantirish, ehtiyojlarni puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega. Kapitalning aylanish tеzligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Aylanish tеzligi muayyan davr ichida (A) qilingan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan bеlgilanadi: n=A/a; a=A/n.
Xulosa 1. Xo'jalik yuritishning bozor tizimiga o'tish — iqtisodiyotning tadbirkorlik turiga o'tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy tabiati tashabbuskorhk, tavakkalchilik va mas’uliyat, ishlab chiqarish omillarini yan-gicha usulda birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi. 2. Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi. 3. Tadbirkorlik daromadining o‘ziga xos xususiyati shunda-ki, birinchidan, u ishlab chiqarish jarayonida resurslaming eng optimal variantda qo‘llanilishi natijasida vujudga keladi, ikkinchidan esa, bozorda ayirboshlash natijasida shakllanadi. 4. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mamlakatda ma’lum darajada shart-sharoit yaratilishi zarur. Tadbirkorlik vazifalarini amalga oshirish, rivojlantirish va shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan shartsharoitlar majmuasi tadbirkorlik muhitini tashkil qiladi. Tadbirkorlik muhiti bir necha unsurlardan tashkil topgan: huquqiy asosning mavjudligi, iqtisodiy erkinlik, shaxsiy manfaat, bozoming rivojlanganligi, raqobat, davlatning cheklangan roli. 5. ≪Tadbirkorlik≫ va ≪biznes≫ tushunchalari mazmun va mohiyatan bir faoliyatni anglatadi. Ammo faoliyatning novatorlik tomoni haqida gap borganda ≪tadbirkorlik≫ tushunchasi ishlatiladi. 6. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining quyidagi shakllari samarali amal qilib kelmoqda: xususiy tadbirkorlik, mas’uliyati cheklangan va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar, hissadorlik jamiyatlari. Hissadorlik jamiyatlarining rivojlanishi milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hissadorlik jamiyatlarining paydo bo‘lishi qimmatli qog‘ozlar bozormi rivojlantiradi, iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi, aholining keng qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga undaydi. Download 45.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling