Mavzu: Tafakkur operatsiyalari Reja


Download 28.54 Kb.
bet5/6
Sana30.04.2023
Hajmi28.54 Kb.
#1404814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
psixologiyadan3

Xulosa


Bir qancha xukmlarning mantiqiy boglanishi natijasida hosil bo‘lgan yangi xukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortik xukmlardan yangi xukm hosil qilamiz. Masalan, har qanday harakat materiya harakatidir, issiqlik harakat shaklidir, degan ikkita xukmni olaylik. Bu ikki xukmdan, demak issiqlik materiya harakatidir degan yangi xukm chikariladi. Bo‘nda birinchi xukm hamisha umumiy xukm bo‘lib, ikkinchi xukm yakka xukm bo‘ladi.
Keltirilgan misollardan kurinib turibdiki, muloxaza yuritish ham xulosa chiqarish ham voqelikni bevosita bilishning asosiy shakli sifatida namoyon bo‘lgan oldingi ikki xukmga asoslanib, uchinchi xukm chikariladi. Mazkur xulosani bevosita tekshirib ko‘rishga xech qanday ehtiyoj xolmaydi. Shu sababdan xulosa chiqarishda fikr o‘rtasidagi shunday boglanish natijasida bir yoki undan ortik xukmlardan uchinchi xukm keltirib chikariladi.
Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya.
Masalan, temir elektr tokini utkazadi, pulat elektr tokini utkazadi, mis elektr tokini utkazadi, rux elektr tokini utkazadi. Demak, barcha metallar elektr tokini utkazadi, degan umumiy xulosa chikaramiz.
Misol uchun barcha metallar elektr tokini utkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini utkazadi.
Analogik usulda chikarilgan xulosa chin, taxminiy hamda yolgon bo‘lishi mumkin. Fikr yuritishning bo‘nday shakli ko‘pincha yosh bolalarga xos xususiyatdir. Demak, jo‘z’iy ikki yakka xukmlarga asoslanib, jo‘z’iy yoki yakka xukm keltirib chikaramiz. Masalan, bogcha yoshidagi bola mana bo‘nday muloxaza yuritadi; adamlar darvozadan ismimni aytib chakirib keldilar. Ular sovg‘a olib kelgan bo‘lsalar kerak. Bu bolaning muloxazasini tahlil qilib kursak, uning fikr yuritishi mana bo‘nday tarzda taraqqiy etganligini shoxidi bulamiz. Utgan galda adam ismini aytib chakirib kelgan edilar, yana chakirayotirlar. Albatta, adam menga sovg‘a olib kelganlar, deb xulosa chiqaradi.

Download 28.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling