Mavzu: Tafakkurning buzilishi (demensiya)


Demensiyaning belgilari va alomatlari


Download 237.86 Kb.
bet2/3
Sana08.06.2023
Hajmi237.86 Kb.
#1463670
1   2   3
Bog'liq
Tafakkurning buzilishi (demensiya)

Demensiyaning belgilari va alomatlari


Demensiyaning belgilari va alomatlari miyadagi bir vaqtlar sog'lom bo'lgan neyronlar yoki asab hujayralari ishlashni to'xtatganda, boshqa miya hujayralari bilan aloqani yo'qotganda va o'lib ketganda paydo bo'ladi. Har bir inson qarigan sari ba'zi neyronlarni yo'qotsa-da, demensiya bilan og'rigan odamlar ko'proq yo'qotishlarni boshdan kechirishadi.
demensiyaning belgilari turlicha bo'lishi mumkin va quyidagilarni o'z ichiga olishi mumkin:

  • Xotirani yo'qotish, noto'g'ri fikrlash va chalkashliklarni boshdan kechirish

  • Gapirish, fikrlarni tushunish va ifoda etish yoki o'qish va yozishda qiyinchilik

  • Tanish mahallada sarson bo'lish va adashish

  • Pulni mas'uliyat bilan ishlatish va to'lovlarni to'lashda muammolar

  • Takroriy savollar

  • Tanish narsalarga murojaat qilish uchun noodatiy so'zlardan foydalanish

  • Oddiy kundalik vazifalarni bajarish uchun ko'proq vaqt talab etiladi

  • Oddiy kundalik faoliyat yoki voqealarga qiziqishni yo'qotish

  • Gallyutsinatsiya yoki aldanish yoki paranoyani boshdan kechirish

  • Impulsiv harakat qilish

  • Boshqa odamlarning his-tuyg'ulariga e'tibor bermaslik

  • Muvozanatni yo'qotish va harakat bilan bog'liq muammolar

Aqliy va rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan odamlar yoshi ulg'aygan sari demensiyani rivojlanishi mumkin va ularning alomatlarini tan olish ayniqsa qiyin bo'lishi mumkin. Insonning hozirgi qobiliyatlarini hisobga olish va vaqt o'tishi bilan demensiyani ko'rsatishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni kuzatish muhimdir.
Demensiya belgilari qanday?
Demensiyada inson aql-zakovati uchun xos bo‘lgan barcha oliy ruhiy funksiyalar kamayib boradi. Demensiyada xotiraning barcha turlari, ya’ni eshitish, ko‘rish va harakat xotiralari buziladi. Bemor hozir va avval eshitgan gaplarni eslab qola olmaydi. U hatto o‘zi gapirayotgan gaplarni ham unutib qo‘yadi. Masalan, bemor so‘zlayotganda uning fikri chalg‘isa (telefon jiringlab qoldi, uni eshitayotganlar luqma tashladi va h.k.), nima haqida gapirayotganligini unutadi qo‘yadi. Unga kimdir biror voqeani ertalab so‘zlab bersa, biroz vaqt o‘tgach ushbu voqea tafsilotlarini unutib yuboradi yoki gap nima haqida ketganligini butunlay esidan chiqadi. Bunday bemor bilan xotirani kuchaytiruvchi aqliy mashqlar o‘tkazish deyarli samara bermaydi. Og‘ir holatlarda hozir eshitgan gapini tezda esidan chiqaradi, to‘g‘rirog‘i eslab qola olmaydi. Demensiyada xotiraning barcha bosqichlari, ya’ni eslab qolish, esda saqlash va qayta esga tushirish keskin buziladi.
Demensiyada uzoq muddatli xotira ham buziladi. Bemor avvalgi hayotida bo‘lib o‘tgan voqealarni esiga tushura olmaydi. Kasallik zo‘raygan sayin bemor o‘tmishini umuman unutadi. Obrazli qilib aytganda, ularni “o‘tmishi yo‘q odamlar” deb atash mumkin.
Har doim ko‘rib yuradigan tanishlarini yuziga qarab eslay olmaslik – demensiyaning dastlabki va eng ko‘p uchraydigan belgilaridan biridir.
Demensiya bilan kasallangan bemor ko‘chaga chiqsa, uyini topib qaytib kela olmaydi. U xatto uyining oldiga qaytib kelib ham “shu uy maniki-mi yoki boshqa birovniki?” deb uylab qoladi. Boradigan joyini ham topa olmay yuradi yoki nima uchun uydan chiqqanligini unutib qo‘yadi. Agar bemorning ro‘parasida o‘tirib: “Mening o‘ng qo‘limni ko‘rsating desangiz, u Sizning chap qo‘lingizni ko‘rsatadi”. Ba’zi bemorlar soatga qarba, vaqt necha bo‘lganligini ham aytib bera olmaydi. Shu bois demensiyani aniqlashda soat bilan bog‘liq sinamalardan ko‘p foydalaniladi. U ma’noli so‘zlarning mag‘zini ham chaqa olmaydi. Masalan undan: “Lola Karimdan oqroq, kim qora” yoki “Olim Hakimdan uzunroq, kim kalta” deb so‘ralsa, so‘zlarning ma’nosiga uzoq vaqt tushunmay turadi. Bu gaplarni bir necha bor qaytarsa ham, bemor to‘g‘ri javob bera olmaydi.
Demensiyada bemor fikrini bir joyga jamlab iboralar tuza olmaydi, qaysidir voqea haqida so‘zlab bermoqchi bo‘lsa, uning uddasidan chiqa olmaydi, so‘zlardan gap tuza olmaydi. Bemor atrofdagi narsalar nomini to‘g‘ri aytib bera olmaydi, qo‘l bilan bajariladigan avvalgi uquvlari ham izdan chiqadi. Har doim bajariladigan oddiy amallar, ya’ni kiyinish, soqol olish, tish yuvish, chiroqni o‘chirib-yoqish, tirnoq olish, choy damlash, dush qabul qilish, eshikni ochish kabi amallarni endi eplay olmay qoladi yoki butunlay bajara olmaydi. Bemor oddiy arifmetik operatsiyalarni ham to‘g‘ri bajara olmaydi.
Demensiyada nutq funksiyasi uzoq vaqt saqlanib turadi. Keyinchalik nutq buzila boshlaydi. Albatta, insult sababli rivojlangan demensiya bundan istisno.
Demensiyada bemorning shaxsi ham o‘zgarib boradi. U o‘ziga e’tibor qilmay qo‘yadi, kir va iflos yuradigan bo‘ladi, tozalikka rioya qilmaydi, bundan uyalmaydi ham. Demensiyaning ba’zi turlarida bemor passiv bo‘lib qolsa, boshqa holatlarda, aksincha, urishqoq janjalkash bo‘lib qoladi. Biroq uning janjalkashligi uzoqqa bormaydi, u yana passiv holatga tushib qoladi.
Demensiyaning so‘ngi bosqichlarida bemor qayerda yashayotgani va o‘zini anglay olmay qoladi, u o‘z bolalarini ham tanimaydi: uning yoniga kirgan qizi yoki o‘g‘liga «Siz kimsiz», deb savol beradi. Bemor ovqat yeyman deb aytmaydi, tualetga o‘zi bormaydi, siydik ushlay olmaydi. Uni qay holatda yotqizsa, shu holatda yotaveradi. Yuzdagi hissiy ifoda butunlay so‘nadi. Bunday bemorlar ham ruhan, ham jismonan nogiron bo‘lib qolishadi. Yuqorida zikr etilgan barcha belgilar Alsxaymer kasalligi uchun ham xos. Shu bois yaqqol ifodalangan demensiya haqida so‘z ketsa, ko‘pchilikning xayoliga Alsxaymer kasalligi keladi.

Download 237.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling