Mavzu: Tahliliy, faktik


Download 200.95 Kb.
bet2/7
Sana13.01.2023
Hajmi200.95 Kb.
#1089981
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu nutq va kasb

Tilning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

a) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga uzatish, berish va o’zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi (avlodlar ota-onalar, o’qituvchilar va murabbiylar);


b) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti- harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo’ladi (masalan: ―Leksiya bo’lmaydi‖, ―Bugun bayram‖ – ta‘sir qilishdan, ta‘sir o’tkazishdan iboratdir);
v) tilning muhim funksiyalaridan yana bittasi – intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qilishdir (muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, echishni rejalashtirish, ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam hayvonot olamidan farqli o’laroq o’zi xoh amaliy, xoh aqliy harakat bo’lishidan qat‘i nazar uni rejalashtira oladi. Faoliyatni bunday rejalashtirish echimi uchun vosita qidirishning va umumiy fikriy masalalarini halqilishning asosiy quroli tildir. Psixologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, tilning eng asosiy funksiyasi – bu kommunikatsiyadir.
Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtiri, avlodlarga berish (uzatish) yoki kommunikatsiya o’rnatish, o’z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidir.
Nutq axborot, xabar, ma‘lumot va yangi bilim berish aqliy topshiriqlarni echish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo’lsa, nutq esa aynan o’sha jarayonining o’zidir.
Nutq faoliyatining fiziologik mexanizmlari


1. Nutqni idrok qilish oddiy reflektor faoliyatining qonunlari asosida sodir bo’lishi mumkin. chunki uni yuzaga keltiruvchi stimullar birinchi signallar tipidagi qo’zg‗atuvchilardan iboratdir (masalan: ―Marsh‖, ―Salom‖).
2. Nutqni yuzaga kelishi va idrok qilinishidan inson ―signallarni - signali‖ (I.P.Pavlov) tarzdagi so’zlardan foydalanishi mumkin. mazkur jarayon bosh miya katta yarim sharlarining po’stida amalga oshadi.

  1. P.Broka (1861 y.) miya po’stining ma‘lum qismi (miya chap yarim shari peshona qismining pastki tomonidagi burmalarning orqa qismi) shikastlansa, bemorlarda nutq artikulyasiyasining buzilishini kasb etgan va ―so’z obrazlarini harakatlantiruvchi markaz‖ deb atagan.

4. K.Vernike (1874 y.) bosh miya yarim sharlari peshona qismining tepa tomonida ―so’zlarning sensor obrazlari‖ joylashgan deb dalillashga harakat qiladi.
5. P.K.Anoxin – nutq jarayonini ta‘minlashda juda ham sodda elementar ―stimul-reaksiya‖ tipidagi fiziologik mexanizm ham, nutq faoliyatining yuksak formalari uchun nutq vositasi bilan fikr bayon qilishning ichlan programmalashtirish mexanizmlari uchun xarakterli va ierarxik tuzilishiga ega bo’lgan maxsus mexanizmlar ham qatnashadilar.

Download 200.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling