Mavzu: talab va taklif elastikligi


Daromad bo‘yicha talab elastikligi


Download 45.96 Kb.
bet4/5
Sana29.04.2023
Hajmi45.96 Kb.
#1399894
1   2   3   4   5
Bog'liq
6. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI.

3. Daromad bo‘yicha talab elastikligi
Aksariyat kategoriyadagi tovarlarning bozordagi sotuv hajmi dara­jasi iste’molchilarning pul daromadlari dinamikasiga qarab o‘zgarishi mumkin. Daromad o‘zgarishiga bo‘lgan talab hajmining sezuvchanligi daromad bo‘yicha talab elastikligi koeffisienti bilan aniqlanadi.
Daromad bo‘yicha talab elastikligi koeffisienti Ediste’mol­chilik daromadlarini bir foizga o‘zgarishi natijasida talab hajmining son jihatidan o‘zgarishi darajasi hisoblanadi.
Bir tovarga bo‘lgan daromad bo‘yicha talab elastikligi qisqa va uzoq muddatli davr mobaynida har xil bo‘lishi mumkin. Har kuni foydalaniladigan tovarlar uchun qisqa muddatli davr mobaynida daro­mad bo‘yicha talab elastikligi nisbatan past, bu tovarlarga bo‘lgan iste’molchilarning ta’blari nisbatan sekin o‘zgaradi. Bunga qarama-qarshi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar (avtomobillar, ko‘chmas mulk, maishiy texnika) qisqa muddatli davr mobaynida elastikliligi, uzoq muddatga qaraganda yuqoriroq, iqtisodiyotning siklli o‘zgarish­lariga o‘ta sezuvchan bo‘ladi.
4.Taklifning elastikligi
Ishlab chiqaruvchilarni bozor kon’yunkturasidagi ayrim omillar­ning o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksa­riyat hol­larda narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisientidan foyda­laniladi.
Narx bo‘yicha taklif elastikligi koeffisienti Esnarxning bir foizga o‘zgarishi natijasida taklif hajmining son jihatidan foiz bo‘yi­cha o‘zgarishini bildiradi. Bunday elastiklikning qiymati ijobiy bo‘la­di, chunki, ishlab chiqaruvchilar uchun yuqori narx ularni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi.
Aniq tovarga bo‘lgan bozor taklifi alohida firmalarning individual takliflarining yig‘indisidan shakllanadi. Buning natijasida bozordagi taklifning elastiklik hajmi alohida firmalarning bozordagi ulushi va ular taklifining elastiklikligiga bog‘liq.
Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyi­dagilarni kiritish mumkin:

  1. Ishga tushirilmagan ishlab chiqarish kuchlarining mavjud­ligi. O‘sib borayotgan talab ishlab chiqarish kuchlarini nisbatan tezroq ishga tushirish evaziga qondirilishi mumkin.

  2. Sotish uchun taklif qilinayotgan tovar va xizmatlarning tur­lari. Tez o‘zgarib turadigan va bu jarayonda qo‘shimcha sarmoya ta­lab qilmaydigan tovar, xizmatlar, texnologiya va ishlab chiqarish hajm­lari boshqalarga nisbatan taklif elastikligi yuqoriroqdir.

  3. Tayyorlangan tovarni uzoq muddat saqlash imkoniyatining mavjudligi. Agar firmada bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, u zahirada yig‘ilgan mahsulotlar evaziga ishlab chiqarish hajmini oshirishi mum­kin. Shunga muvofiq, uning taklifi ham narxlar o‘zgarishiga nisbatan yanada elastikroq bo‘ladi.

  4. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan minimal hajmdagi harajat. Zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarning hajmi qan­cha­lik ko‘p bo‘lsa, taklif elastikligi ham shunchalik past bo‘ladi.

  5. Bozor kon’yunkturasi. Tovar defitsiti sharoitida ishlab chiqa­ruvchilar aniq hajmdagi tovarni yuqori narxda sotsh imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday sharoitlarda taklif noelastik bo‘ladi.

  6. Vaqt oralig‘i. Vaqt oralig‘i qanchalik uzoq bo‘lsa, ishlab chi­qa­ruvchida shunchalik narxlarni o‘zgarishiga moslashib olish uchun imkoniyat tug‘iladi va taklifning elastikligi ham ortib boradi.

Iqtisodiyotni o'rganishda va uni hayotga tadbiq etishda, biz avvalam bor uning eng muhim bo'lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Insoniyat paydo bo'lib hayot jarayoni rivojlanishi bilan jamiyatda va odamlar o'rtasida shunday bir kategoriya paydo bo'ldiki, uning borligini hech kim rad eta olmaydi. Bu insonlarning ehtiyojidir.Ehtiyoj har bir insonda, hattoki, hayvonlarda ham mavjuddir. Lekin shu o'rinda, biz ayta olamizki inson ehtiyojlari hayvonlarning ehtiyojidan juda kata farq qiladi. Insonlar yig'ilib jamiyatni tashkil etgandan keyin bu o'z o'rnida jamiyat ehtiyojlarini keltirib chiqaradi. Ehtiyoj bo'lsa o'z o'rnida yana bir muhim element talabga yo'l ochadi. Har qanday ehtiyojlar ham talab bo'la olmaydi. Ular ma'lum bir mezonlardan o'tgandan keyin bu elemtga aylanadi. Shuni qaror qildikki talab haqida qisqacha ma'lumot berishga. Va shu o'rinda talab bir odamga yoki ayni indivividualga tegishli bo'lsa, yalpi talab degan atama ham bizga uning kengroq doiradagi tushunchasini anglatadi. Ya'ni ehtiyojlarning kengayib borishi va hamda jamiyat taraqqiyoti mobaynida mamlakat yoki ma'lum bir xududlarda bir individualga emas, aksincha juda ko'plab odamlarning manfaatlari doirasida yuzaga keladigan, hamda ular ko'pchilik tomonidan o'zlashtiriladigan va istemol qilinadiga talabdir. Yalpi talab shu holatni anglatishi bilan oddiysidan farq qiladi.Jamiyat ehtiyojlari cheksizdir. Ulardan oqilona foydalanish uchun esa har birimizdan bilim va shu sohadagi ko'nikma talab qilinadi. Resurslardan oqilona foydalanish zarurdir.
Yalpi talab tushunchasi.
Yalpi talab- bu barcha iste'molchilar, ya'ni aholi, korxonalar va davlat va davlat narxlarining o'rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo'lgan turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtidodiyotdagi real pul daromadlari hajmini bildiradi. Boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo'lsa, iste'molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha kata qismini va aksincha, narx darajasini qancha yuqori bo'lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. Shunday qilib, narx darajasining oshishi, boshqa sharoitlar o'zgarmay qolganda yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo'ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi yapli talabning oshishiga olib keladi.Yalpi talbga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillarning o'zgarishi ham miliy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga olib keladi.
Makroko'lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o'zgarishi bilan birga narxlar umumiy darajasining o'zgarishi o'rtasida bog'liqlikni tadqiq qilish, nima uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o'sishi, ba'zi davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif (ADAS aggregate demand - aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat ko'rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar darajalarining tebranishlarini hamda ular o'zgarishining oqibatlarini o'rganish uchun asosiy model bo'lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab — uy xo'jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik xaridorlarning narxlarning ma'lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo'lgan talabidir. 


Download 45.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling