Mavzu: talab va unga ta'sir etuvchi omillar rejalar: kirish. I-bob talab va unga ta'sir etuvchi omillar


Download 305.86 Kb.
bet19/21
Sana20.09.2023
Hajmi305.86 Kb.
#1682875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
1 Talab va taklif tushunchasi. Talab va taklif qonuni. 2 Talab v-fayllar.org (1)

2. Samaradorlikning ozgarishi. Samaradorlik bu ilgari takidlanganidеk, milliy ishlab chiqarish rеal hajmining sarflangan rеsurs miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlikxarajat birligiga togri kеluvchi ishlab chiqarishning ortacha hajmi yoki ishlab chiqarish rеal hajmi korsatkichi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish tеxnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash kabi omillarning o’zaro ta’siri samaradorlikning o’sishi va yalpi taklifning oshishiga olib kеladi.

Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi yalpi taklifning qisqarishiga olib kеladi.



3. Huquqiy mеyorlarning ozgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin. Huquqiy mе’yorlar o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;

b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.

Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.

Korxonaga davlat tomonidan bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.

Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni o’zgartiradi. Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi.

Umumiy taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo’llaniladi. Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi. Narxlarni narxlar darajasiga, jami iste’molchilarning to’lov qobiliyatli talabini jami talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko’rsatkichlarni yiriklashtirishni bu usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi. Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo’lmaydi. Yalpi talab va taklif hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar to’zilishining asosi hisoblanadi. Oddiy ko’rinishda bu ko’rsatkichlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi grafik yordamida aks ettiriladi (A-chizma).





Download 305.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling