Мавзу. Таълим жараёнида педагогик дастурий воситалар


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana14.02.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1197695
1   2   3   4
Bog'liq
bCFNncvxiIdXaYN3yA9aZOWFc7C8WdlOZc8Jue3b

Web Page Maker dasturi
Web Page Maker – foydalanishi sodda va ayni 
paytda imkoniyatlari keng dasturiy vosita
bo`lib, Internet tarmog`ida, masofadan
o`qitish tizimida, kompakt-diskda, umuman
ixtiyoriy axborotlarni online- offline
saqlagichda interaktiv veb sayt ko`rinishida
o`quv materiallarini (elektron kurs), yaratishga 
mo`ljallangan. 
Pedagogning shaxsiy va kasbiy veb saytini 
yaaratish imkoniyatlari ham mavjud. 


Web Page Maker dasturi 


Camtasia Studio dasturi 
Camtasia Studio dasturi – bu kompyuter monitori 
ekranidagi tasvirlarni yozib olish imkonini beruvchi 
juda ham qulay kuchli dasturiy vosita hisoblanadi. 
Ushbu dastur yordamida biz ekrandagi jarayonlarni 
oson tasvirga olishimiz, veb-kameralar orqali videoga 
olishimiz, Power Point taqdimotlarini, hamda audio 
yozuvlarni yaratishimiz mumkin. Dastur videoni 
tahrirlash imkonini beradi: turli effektlar berish
to‘g‘rilash, 
ravshanlik, 
ularning 
o‘lchamlarini 
almashtirish, kerakli formatlarda saqlash va boshqalar.


Camtasia Studio – video darsliklar, taqdimotlar va 
boshqa shunga o‘xshash ma’lumotlarni yaratish uchun 
mo‘ljallangan. Camtasia Studio dasturida monitor 
ekranidagilarni video tasvirga olishdan tashqari videoni 
tahrirlash imkoniyati ham mavjud. Camtasia Studio 
dasturidan foydalanib kompyuter monitorida yuz 
berayotgan barcha jarayonlarni osonlik bilan yozib 
borish mumkin. Monitor ekranidagi butun sohani yoki 
uning alohida ajratilgan sohasini yozib olish mumkin, 
shundan so‘ng video va audioning turli effektlarini 
berishimiz 
mumkin 
bo‘ladi. Monitor ekranida 
kuzatilayotgan jarayonlarni yozib olish uchun yetarlicha 
yuqori unumdorlikka ega bo‘lgan kompyuter tanlansa 
ish unumdorligi albatta ortadi.


Dasturning asosiy imkoniyatlari: 
 Monitor ekranidagi va veb-kameralar orqali kuzatilayotgan 
jarayonlarni, mikrofondagi ovozni sifatli yozib olish. 
 Videolavhalarga turli xil vizual effektlar berish. 
 Videoyo‘laklarni kesib olish, birlashtirish, o‘chirish va 
qo‘shish. 
 Audio yozuvlar qo‘yish va tahrirlash. 
 Videoni bizga qulay bo‘lgan formatlarda saqlash 
Video tasvirni ushlab olish funksiyasini bajarishga 
mo‘ljallangan dasturlar soni kun sayin ortiq bormoqda. Bu 
esa 
Internetda 
video-kurslar 
va 
video-darslarning 
ko‘payishi va ommalashishi bilan bog‘liq. Ammo ushbu 
dasturlarning barchasi ham bizga kerakli natijani bera 
olmaydi, Camtasia Studio dasturi esa boshqa dasturlardan 
video tasvirni sifatli ushlab olishi bilan farqlanadi 


Dastur ish stolida sodir bo‘layotgan barcha holatlarni 
yozib oladi, shu jumladan kursor harakatini ham


Camtasia Studio dasturida yaratilgan lavhalar YouTube tipidagi 
saytlarda, iPhone apparatlarida, shuningdek odatdagi shaxsiy 
kompyuterlarda videoni ko‘rishga mo‘ljallangan har qanday 
dasturlarda a’lo darajada ishlaydi va muayyan dasturiy muhitda 
ishlashni o‘rgatuvchi media fayllarni Internetda ko‘plab 
uchratishimiz mumkin. Shu bilan birga dastur tasvir sifatini hech 
qanday yo‘qotishlarsiz saqlash va minimal hajmda videoni 
saqlash imkonini beradi. 


Dasturda Camtasia Recorder – paketning eng 
muhim utilitasi hisoblanib, videolavhani bevosita 
yozib borish uchun mo‘ljallangan. 
Record the screen bosadigan bo‘lsak quidagi 
oyna hosil bo‘ladi 


Bu oyna orqali biz ekranning qancha yoki qanday qismini 
vidioga olishimiz mumkinligini tanlashimiz mumkin. 
Undan tashqari camera tugmasini bosish orqali biz veb 
kamerani ishga tushirib undan foydalanishimiz mumkin. 
Audio tugmasi esa ovoz bilan yozish yoki yozmaslikni 
tanlash imkoniyatini beradi. Rec tugmasini bosishimiz 
bilan tasvirga olish jarayoni boshlanadi. Bu jarayonni 
to‘xtatish uchun f10 tugmasini bosish yetarli. 


F10 tugmasi bosilgandan so‘ng quidagi oyna chiqadi. Bu 
oyna orqali vidio faylni o‘chirish, saqlash, o‘zgartirish kabi 
vazifalarni bajarishimiz mumkin. Shundan keyin Save and 
Edit tugmasiga bosib videoni saqlab olamiz. 


Bu dastur bilimlarni chuqrlashtirishda, o‘qish 
muddatini qisqartirishda va tinglovchilar sonini 
oshirishga imkon beruvchi dastur hisoblanib 
mul’timedia tizmlarida alohida o‘rin egallaydi. 



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling