Mavzu: Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari
Download 53.28 Kb.
|
Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari
“Innovatsion pedagogika” termini va unga xos bо‘lgan tadqiqotlar G‘arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bо‘ldi. Innovatsion faoliyat F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuz’mina, V.A.Slastenin, A.I.Shcherbakov ishlarida tadqiq etilgan. Bu tadqiqotlarda innovatsion faoliyat amaliyoti va ilg‘or pedagogik tajribalarni keng yoyish nuqtai nazardan yoritilgan. X.Barnet, Dj. Basset, D. Gamil’ton, N.Gross, R. Karlson, M.Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Yedem ishlarida innovatsion jarayonlarni boshqarish, ta’limdagi о‘zgarishlarni tashkil etish, innovatsiyaning “hayoti va faoliyati” uchun zarur bо‘lgan shart-sharoitlar masalalari tahlil qilingan.
Yangilik kiritishning sotsial - psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, uning yangilikka bо‘lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I.Prigojin innovatsiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg‘un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq о‘zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. Abduqodirov A., Pardayev A.lar о‘zlarining “Ta’lim va tarbiyada zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslubiyoti” nomli qо‘llanmasida ta’limda pedagogik inovatsiyalar haqida tо‘talib, “innovatsiya”ga berilgan ta’riflarni bayon etgan2: Innovatsiya - bu pedagogik haqiqatning mumkin bо‘lgan о‘zgarishlarining shunday mazmuniki, u ta’lim va tarbiyaning avvaldan ma’lum bо‘lmagan, avval uchramagan holat, natija, rivojlanadigan nazariyasi va amaliyotiga olib keladi. Bu holat pedagogik haqiqatga butunlay va uning alohida tashkil etuvchilariga tegishli bо‘lishi mumkin ( N.R. Yusufbekova). Innovatsiyalar - bu ta’lim evolyusiyasi uchun istiqbolli bо‘ladigan va uning rivojlanishiga, shuningdek ta’limning kengroq fazosining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadigan turli tashabbuslar va yangiliklar asosida paydo bо‘ladigan dolzarb ma’noli va tizimli о‘zini-о‘zi tashkil etadigan yangiliklardir ( I.V.Nikishina). Innovatsiya (yangilik kiritish) - jamiyatning aniq talabini qondiradigan va qator (iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy, ekologik) samara beradigan, tubdan yangi yoki modifikatsiya qilingan vositalar(yangilik)ni yaratish va amalga oshirish (joriy etish)ning yakuniy natijasidir (D. V. Sokolov, A. B. Titov, M. M. Shabanova). Innovatsiya (yangilik kiritish) – mahsulot va texnologiyalarning yangi turlarini ishlab chiqish hamda tarqatish, yangi tashkiliy shakllarni joriy etish va sh.k.larga qaratilgan ijodiy faoliyat natijasidir (“Nauchno-texnicheskiy progress” lug‘ati). Innovatsiya - ishlab chiqarish faoliyatini, fan, madaniyat, ta’lim va jamiyatning boshqa faoliyat sohalaridagi iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabat jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot natijalari va ishlanmalarni foydalanishdir (“Innovatsionniy menedj-ment” ma’lumotnomali qо‘llanma). Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida о‘qituvchi innovatsion faoliyatiga zarurat tug‘ildi. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki о‘qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi. О‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning tо‘qnashuvi va о‘zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini kо‘zda tо‘tadi. О‘qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart - sharoitlarga bog‘liq. Unga о‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini о‘qtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida о‘qituvchi о‘z bilim va ilmiy faoliyatini ta’minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bо‘ladi. О‘qituvchi faoliyatida о‘z - о‘zini faollashtirish, о‘z ijodkorligi, о‘z - о‘zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa о‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi. Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu о‘qituvchining о‘z mustaqillik mavqeyini mustahkamlashga, dunyoga, pedagogika faniga, о‘ziga bо‘lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. О‘qituvchi о‘z nuqtai nazarlariga о‘ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda о‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati о‘zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu о‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. О‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni о‘zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir. О‘qituvchi va talaba о‘rtasidagi muloqot namunasining о‘zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. Yangi munosabatlar an’analarda bо‘lganidek, qistovlar, hukmga bо‘ysunish kabi unsurlardan holi bо‘lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi Download 53.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling