Mavzu: Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari
Download 53.28 Kb.
|
Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari
, о‘zaro boshqarilishi, о‘zaro yordam shaklida qurilgan bо‘lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu о‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: - kasbiy faoliyatning ongli tahlili; - meyorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv; - kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik; - dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bо‘lish; - о‘z imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarish, о‘z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish. Demak, о‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bо‘ladi. Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida о‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bо‘lgan zaruriyat quyidagilar bilan о‘lchanadi: • ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimi, metodologiya va о‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda о‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, о‘zlashtirish va foydalanishdan iborat bо‘ladi; • ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo о‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi; • pedagogik yangilikni о‘zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan о‘qituvchining munosabati harakteri о‘zgarishi. О‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samardorligini belgilovchi muayyan meyorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday meyorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qо‘llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik, pedagogik yangilik meyori sifatida о‘zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Biz, aniq о‘quv mashg‘ulotlari misolida, dars berish va о‘quv jarayonida guruhlarda ishlash usulidan qanday foydalanish mumkinligini kо‘rsatib beramiz hamda yangi innovatsion texnologiyalarning ushbu metodlarini tahlil etamiz: Ushbu usulning о‘ziga xosligi - amaliy yо‘nalishga ega biron-bir о‘quv vazifasini amalga oshirish yoki amaliy ni bajarish uchun ta’lim oluvchilarning izlanuvchi guruhlarini shakllantirishdan iborat. Bu usulni amalga oshirish, yuqori darajada muammoli vazifalarni qо‘yishni va kichik guruhlarga izlanish faoliyatida tо‘liq mustaqillikni berishni talab qiladi. Aynan shu tufayli, guruhlarni ixtiyoriy belgisi bо‘yicha shakllantirishga ruxsat beriladi. Ularning ishidan maqsad - ijodiy yondoshishni talab qiladigan mini-tadqiqot о‘tkazish. Ular, empirik material yig‘ilishlari, tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlari, olingan natijalarning yangiligini ifoda etishlari, tadqiqotni ma’ruza kо‘rinishida shakllantirishlari zarur va nihoyat, tadqiqotning asosiy mazmuni hamda natijalarini, turli fan о‘qituvchilari va ota - onalardan tashkil topgan maxsus ekspert kengash oldida “himoya” qilishlari kerak. Ushbu metod о‘quvchi - talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni о‘rgatishga qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuqur о‘rganishdan oldin о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi. Klasterlarga ajratish - о‘quvchilarga biror mavzu bо‘yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. U turli g‘oyalar orasidagi bog‘lanishlar haqida fikr yuritishga undovchi strukturalarni ajratib olishni talab etadi. Bu metod biror mavzuni chuqur о‘rganishdan avval о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, о‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi о‘zlashtirish, umumlashtirish hamda о‘quvchilarni shu mavzu bо‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi. Ushbu texnologiyani о‘quvchilar bilan individual va guruh bо‘lib ishlaganda qо‘llash mumkin. Klasterlarga ajratish texnologiyasi uncha murakkab emas. Katta о‘lchamdagi qog‘oz yoki doskaning о‘rtasiga ochqich sо‘z yoziladi; О‘quvchilar ushbu sо‘z bilan bog‘liq xayolga kelgan sо‘z va jumlalarni uni atrofiga yoza boshlaydilar; Yangi g‘oyalar paydo bо‘lishi bilan xayolga kelgan sо‘zlar ham darhol yozib qо‘yiladi; Sо‘zlarni yozish jarayoni о‘ituvchi tomonidan belgilangan vaqt tugaguncha yoki barcha sо‘z va g‘oyalar tugaguncha davom etadi. Klasterlarga ajratishda bir qator qoidalarga ham rioya qilish zarur. Xayolga kelgan hamma narsani ularning mazmuniga e’tibor bermasdan yozib borish; Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermaslik; Vaqt tugaguncha, iloji boricha tо‘xtalmasdan yozish; Iloji boricha kо‘proq bog‘lanishlar hosil qilishga harakat qilish; G‘oyalar va sо‘zlar sonini cheklab qо‘ymaslik. “Aqliy hujum” - jamoa bо‘lib muhokama qilishning samarali metodidir. Unda biror muammoning yechimini topish barcha ishtirokchilarning fikrini erkin ifodalash orqali amalga oshiriladi. “Aqliy hujum”ning tamoyili juda sodda. О‘qituvchi о‘quvchilar oldiga masalani qо‘yadi va ushbu masalani yechish bо‘yicha о‘zlarining fikrlarini bayon qilishni sо‘raydi. Ushbu bosqichda hech kimning boshqa ishtirokchilarning g‘oyalari haqida о‘z fikrini bildirishga yoki unga baho berishga haqqi yо‘q. “Aqliy hujum”ning qoidalari quyidagilardir: taklif etilayotgan g‘oyalar baholanmaydi va tanqid qilinmaydi; ish g‘oyalar sonini kо‘paytirishga qaratilgan, g‘oyalar qancha kо‘p bо‘lsa shuncha yaxshi; har qanday g‘oyani kengaytirishga, rivojlantirishga harakat qilish mumkin; har bir g‘oya yozib boriladi; aqliy hujum о‘tkazish vaqti qat’iy о‘rnatiladi va unga rioya qilinadi. Aqliy hujum tugagandan sо‘ng takliflar tahlil qilinadi va ulardan eng qimmatlilari keyinchalik ular bilan ishlash uchun tanlab olinadi. Tahlil qilinganda avvalo taklifning foydalilik jihatlariga e’tiborni qaratish lozim. Bu shunday metodki, unga kо‘ra 36 ishtirokchi ma’lum bir vaqt mobaynida biror bir masalani muhokama qilib, kо‘pchilik guruh a’zolarining masalaga bо‘lgan munosabatlarini bilib olish mumkin. Har biri 6 kishidan iborat bо‘lgan 6 ta guruhda ma’lum bir vaqt mobaynida о‘qituvchi tomonidan qо‘yilgan muammo muhokama qilinadi. Shundan sо‘ng о‘qituvchi guruh a’zolari orasida oldingi bahs guruhida qatnashgan о‘quvchilari bо‘lgan yangi guruh tuzadi. Yangi guruhda ishtirokchilar о‘z guruhlarida qilgan ishlarining natijalarini muhokama qiladilar. Ushbu metod bilan mashg‘ulot quyidagicha olib boriladi: Mashg‘ulot oldidan о‘qituvchi 6 ta stol atrofiga 6 ta о‘rindiq qо‘yib chiqadi. Sinf har biri 6 ta о‘quvchidan iborat bо‘lgan 6 ta guruhga bо‘linadi. О‘quvchilar о‘z о‘rinlarini egallab bо‘lganlaridan sо‘ng о‘qituvchi bahs mavzusini e’lon qiladi (guruhlar uchun vazifalar bir xil yoki bitta masalaning turli jihatlariga tegishli bо‘lishi mumkin). О‘qituvchi ish borishini nazorat qilib turadi. Barcha guruh a’zolari masalaning shartini tо‘g‘ri tushunganligiga ishonch hosil qilgach, savollarga javob beradi va agar ishtirokchilar yordamga mutoj bо‘lib qolsalar, ularga qо‘shimcha kо‘rsatmalar beradi. Belgilangan vaqt tugaganidan sо‘ng о‘qituvchi yangi guruhlar tuzadi. Bunda har bir guruhda oldingi bahs guruhlaridan albatta bittadan vakil ishtirok etadi. “ Download 53.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling