Mavzu: Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari


Download 53.28 Kb.
bet2/5
Sana20.12.2022
Hajmi53.28 Kb.
#1039614
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari

yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi;
pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
novatorlik darajasi;
kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
ijodkorligi

Oliy ta’lim tizimida zamonaviy dastur va texnologiyalar asosida yuqori darajada samarali о‘qitishni tashkil yetish va malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash ustuvor masalalardan biri xisoblanadi. Oliy ta’limni islox qilishning bugungi talabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muxitida innovatsion texnologiyalardan samarali foydalangan xolda о‘qishni tashkil yetish yuzasidan bugungi kun professor-о‘qituvchining vazifasini tubdan о‘zgartiradi.


Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirishda, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalariga zamonaviy axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini (AKT), kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda, fuqarolarning axborotlarga ortib borayotgan talablarini tо‘la qondirishda, jahon axborot hamjamiyatiga kirishda va axborot resurslaridan bahramand bо‘lishni kengaytirishda Algoritmlar fanini о‘qitish katta ahamiyatga egadir.
О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mо‘ljallangan eng muhim ustuvor yо‘nalishlarga bag‘ishlangan О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida shunday deganlar: “Ma’lumki, biz zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g‘oyat muhim e’tibor qaratmoqdamiz.”1
“Dasturlash tillari” fanini о‘qitishdan asosiy maqsad - boʻlajak informatika oʻqituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim boʻlgan bilimlar va amalda qoʻllash uchun koʻnikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. Ushbu dasturda har bir kasb egasi uning faoliyat koʻrsatish turidan qat’iy nazar egallashi kerak boʻlgan tayanch nazariy va amaliy ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular munozara darslari, muzokaralar, ishbilarmon о‘yinlar, о‘quv lari, muammoli holatlarni, keys stadilarini yechish va hokazolardir. Ushbu usullar talabalarning ijodiy faolligini oshirishda, iqtisodiy masalalarni hal qilishda, muammoni hal qilishning eng maqbul yо‘llarini topishda yordam beradi.
Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy tarzda, ilg‘or pedagogik usullarsiz olib borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. Darsni о‘zlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga nisbatan qiziqish uyg‘onmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar yordamida masalalarning yechilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faolligini oshirib, kengroq fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va kо‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yо‘nalish - innovatsion pedagogikani maydonga olib chiqdi. 
Download 53.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling