Mavzu: ta’lim jarayonining umumiy mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari
Download 408.71 Kb.
|
4-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg`ulot maqsadi: Ta’limiy
- Rivojlantiruvchi
- ADABIYOTLAR RO`YXATI
Tayanch tushunchalar
Ta’lim jarayoni, talim tamoyili (prinsipi).Ta’lim qoidasi, ta’limning ilmiyligi, tizimlilik va izchillik, tabiiy va ijtimoiy fanlarning tarbiyaviy mohiyati, nazariy bilim, amaliyot, onglilik, faollik, ta’limda ko’rsatmalilik, o’quvchilarning yosh xususiyatlari, bilimning puxta va mustahkamligi. Mashg`ulot maqsadi: Ta’limiy- ta’lim qoidalari, ularning mohiyati va ahamyatini to’liq tushunib yetish. Tarbiyaviy- talabalarning dunyoqarashini o’stirish, ta’lim doimo tarbiyaviy xarakterda bo’lishi lozimligini o’qtirish. Rivojlantiruvchi- talabalarni dars jarayonida ta’lim tamoyillarini qo’llab bilishga o’rgatish, tafakkurni o’stirish. MAShG`ULOTNING BORIShI: Didaktika so’zi tahlil etiladi, didaktikaning vazifasi o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib olishdan iboratligi, ta’limning asosiy vazifasi yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iborat ekanlagi gapirilib, didaktikaning ayrim fanlarni o’qitish xususiy metodikalari bilan aloqasi, ular ma’lumotiga tayanib o’qitishning umumiy qonuniyatlarini yechib borishi, har bir fanni o’qitish usullari uchun umumiy asos bo’lib xizmat qilishi masalalariga to’xtab o’tiladi. Buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo’shgan hissalari, ularning ta’lim, bilish nazariyasi, ilmning ahamiyati haqidagi qarashlari ham yoritib berilsa yaxshi bo’ladi. Didaktika - grekcha so’z bo’lib, "didasko", ya’ni o’qitish, o’rgatish ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o’rganish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o’qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi. Bilish ta’lim jarayonining metodologik asosi. Bilish jarayoni va ta’lim jarayoni aloqadorligi, har tkkalasida ham o’quvchi bilmaslikdan bilishga, noto’g’ri va noaniq bilishdan to’liq, aniq va chuqurroq bilishgacha yo’lni bosib o’tishi va bu jarayonda hissiy idrok etish ham, abstrakt tafakkur ham, amalda sinab ko’rish ham bo’lishiga to’xtab o’tiladi. Bu masalan yoritishda pedagogika (A. Munavvarov) kitobining 64-65, 67-68 betlaridan foydalanish mumkin. Ta’lim jarayoni va uning mohiyati, ta’lim jarayoni mazmuni bilim, ko’nikma, malakalar tashkil etishi gapiriladi. Bu tushunchalarga berilgan ta’riflar keltiriladi.ta’lim jarayoni o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari bo’lib, ikki tomonlama xarakterga ega ekanligi gapiriladi. O’qitish jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchi faoliyati nimalardan iborat ekanligi yoritib beriladi.(a. Munavvarov, 66-67 betlar). Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog`liq. Ta’lim prinsiplari o’quv tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi. Ko’pchilik adabiyotlarda «o’qitish prinsiplari» iborasi ishlatiladi. Lekin ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonining ikkala sub’ektiga- o’qituvi va o’quvchiga ham daxldor. Shuning uchun ularni ta’lim prinsiplari deb atagan ma’qul, deb ta’kidlaydi prof.O.Roziqov. O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g`ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. Ta’lim jarayonining mohiyati, vazifalari, uning ikki tomonlma xususiyati. Talim tamoyillarinig mohiyatini yoriting va va o’zaro bog’liqligini ko`rsating. Dastlab ta’lim qoidalari- o’qituvchining faoliyati va o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o’zlashtirilishi, tegishli malaka va ko’nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va yo’l-yo’riqlarini o’z ichiga olishi bu qoidalar o’qitishning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning negizi hisoblanishini aytib o’tishadi. Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanishi va ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq sistemani tashkil etishi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkinligi haqida to’xtab o’tishadi. Bunda talimda amal qilinayotgan ta’lim tamoyillari turlari sanab beriladi. 2. Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasining hozirgi kundagi ahamiyatini ochib bering. Ta’limning har bir qoidasi (prinsip) ham o’zining muhim o’rniga egaligi aytilib, hozirgi kun talabi asosida ayniqsa onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi juda muhim ahamiyat kasb etayotganligiga e’tibor qaratiladi. Chunki Ta’lim qonunimiz, milliy dastur va Prezidentimiz qo’yayotgan talablarda ham faol, mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmoqda, ta’lim jarayoniga kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar ham shuni talab etayotganligi haqidagi qarashlar yoritib beriladi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’quvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim. ADABIYOTLAR RO`YXATI O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim to’g’risida»gi Qonuni. Barkamol avlod –O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., «Sharq», 1998y. Mirziyoyev Sh.M. “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida” gi farmoyishi. 2017 yil 12 yanvar Pеdаgоgikа. // M.Tохtахоdjаеvаning umumiy tаhriri оstidа. – T.: O`zbеkistоn Fаylаsuflаri Milliy jаmiyati, 2010. Zunnunov A., U. Mahkamov. Didaktika. – T.: “Sharq”, 2006. Yuzlikayeva E., Axmedova M., Qurbonova G., Sh.Tashmetova. Umumiy pedagogika. – T.: TDPU, 2012. Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.84-85b. Ismоilоvа Z. Pеdаgоgikаdаn аmаliy mаshg`ulоtlаr. – T.: Fаn, 2001. Roziqov O.,B.Adizov, G.Najmidinova. Umumiy didaktika. Buxoro., “Durdona”, 2012 y Pedagogika A.Q.Munavvarovning tahriri ostida). -T.: O’qituvchi, 1996. Download 408.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling