Bulardan tashqari, o`quv rejasida ayrim tabiiy fanlar, ayniqsa, matematika, infarmatika, fizika fanlari, ayrim gumanitar fanlar bo`yicha ham o`quvchilarni qiziqishi, hohishlarini qoniqtirish, qobilyatlarini rivojlantirish maqsadida o`tkaziladigan fakultatuv mashg`ulotlar ko`rsatilgan bo’1adi. Oquv dasturi va darslik. Har bir o`quv fani uchun o’quv dasuri tuziladi. O`quv dasuri o`quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O`quv dasturi har bir oquv fanini o`qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g`oyaviy-siyosiy yo`nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir. O`quv dasturida o`quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo`yicha o`quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda har qaysi fanlarning mazmuni izchillik bilan yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko`rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan o`quvchi o`zlashtirishi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi. O`quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi. O`quv dasturi quyidagi bir qator qoidalarga amal qilgan holda tuziladi. 1. Dasturning qat’iyligi. O`quv dasturlari jamiyatimiz taraqqiyotning har bir bosqichda fan, texnika, ishlab chiqarish hamda ijtimoiy munosabatlar sohasida erishilgan darajani aks ettirishi lozim. Bu ular har yili ko`rib chiqilishi kerak, degan gap emas, aksincha, hamma o`quv fanlariga oid dasturlarning bir nech yillar mobayninda qat’iy bo`lishiga erishmoq darkor. Dasturining qat’iyligi qat’iy darsliklar ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga egaki, bu darsliklar uzoq yashashi va o`quv jarayonida uzoq foydalanishi kerak. 2. O`quv dasturida ilmiylik qoidasi. Dasturga borliqni aniq, haqqoniy aks ettirgan, ilmiy jihatdan tekshirilgan ishonchli materiyallar kiritiladi. Ilmiy bilimlarning tobora rivojlanib borishi va uni ishlab chiqarishda tadbiq etilishiga doir ma’lumotlar maktab o`quv fanlariga ham o`zgarishlar kiritishiga olib kelganidek, o`quv dasturidagi ayrim eskirgan massalalar o`quv fanlaridan chiqarib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |