Mavzu: Taʼlim metodlari va vositalari Reja


Download 103.04 Kb.
bet5/5
Sana26.02.2023
Hajmi103.04 Kb.
#1232262
1   2   3   4   5
Bog'liq
Taʼlim metodlari va vositalari

Hozirgi o’qitish jarayonida qo’yiladigan talablar nima va o’quvchilarda darsga qiziquvchanlikni oshiradigan, uni yangilik elementlari bilan boyitish uchun nima qilish kerak? Hozirgi zamon ta'limi faqat insoniyat erishgan bilimlarni o’zlashtirishni emas, balki jamiyat endi hal qilishi va bunda bugungi o’quvchilar qatnashishi lozim bo’lgan masalalar bilan tanishishni ham talab qiladi.

Bunday masalalar kosmosni o’zlashtirish, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, cho’llarni hosildor yerlarga va bog’-rog’larga aylantirish, qishloq xo’jaligini intensivlashtirish va xokazolardan iborat bo’lishi mumkin.

Xalq xo’jaligi va fanning hamma sohalarida juda katta burilishlar ro’y bermoqda va har bir o’qituvchi o’zining tarbiyalanuvchilarini o’zi o’qitadigan fan sohasi bo’yicha navbatdagi qayta qurilishlar va erishilgan yutuqlar bilan keng tanishtirishi kerak. Bu ishni o’quvchilarga mos shaklda va o’quv dasturiga muvofiq amalga oshirishi lozim.

Mazkur talabning ikkinchi xususiyati o’qituvchining o’quvchilar fikr doirasini kengaytirish to’g’risida doimo g’amxo’rlik qilishdir. Ta'limning mana shu bosqichida o’qituvchi oldida o’quvchilarga oddiygina bilimlar berish emas, balki ularning fikr doirasini kengaytirish, qiziquvchanligini oshirish va ularda o’zi o’qitadigan fanga muhabbat uyg’otish vazifasi turibdi

Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi.


Ўқув фаолияти
ўқувчи фаолияти
Таълим мақсади
Таълим методи
Маqсад сари hаракатланиш мехнаизми
Эришилган мақсад
Ўқитувчи фаолияти
Ўқувчининг воситали фаолияти
6 - расм. Таълим методи тузилмаси

Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi. Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz. Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko‘ra):


Download 103.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling