Mavzu: Ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil qilish va o‘tkazish usullari Reja


Download 0.54 Mb.
bet7/16
Sana18.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1587854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2-mavzu

Tayyorlov mashqlari darsning asosiy qismi o’kuv materialini harakat akti, faoliyatini) o’zlashtirish. Mustahsamlash, takomillashtiriщda zo’riqish namoyon qiladigan mushaklar, paylar, bo’g’inlar, asab tizimi faoliyati va boshqalarni mashqlanish, harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlaydi. Ular umumiy tayyorlov va maxsus tayyorlov mashqlari deb farqlanadi.
Yo’llanma beruvchi mashqlar shu darsda o’rgatiladigan, mashq, qilinadigan harakatlarning texnikasiga yaqin, unga o’xshash harakatlar bo’lib, ular aynan o’zlashtiriladigan, mustaxkamlanadigan, takomillashtiriladigan mashqlarni o’zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtiriщda mushaklar faoliyatini osonlashtiradi. Harakat texnikasining asosiga yakin, unga uxshash, harakatlarni bajartirish bilan asosiy harakatni o’rganishga yo’llanma beradi.
Chizmalarda tavsiya qilingan tuzilmalar standart deb qabul kilinmasligi lozim. Hozirgi kundagi jismoniy tarbiya dar­sining tayyorlov qismini tuzilishiga oid innovatsiyalar ular­ning an’anaviy va noan’anaviy shakllarini 10 dan ortiq xil­lari amaliyotda foydalanilmoqda.
Darsning tashkiliy daqiqasini tashkillash, tayyorlov qismini to’liq tuzilishi sport pedagogikasi fanlarining har biri (voleybol, basketbol, ko’l to’pi, gimnastika, yengil atle­tika va boshqalar)da sport fani predmetining xususiyatlaridan va dars vazifalaridan kelib chikish talabini qo’yadi va shu talablar chegarasida tashkillanadi.
Darsnnng yoki aynan tayyorlov va boshqa qismlarining tuzilishidagi o’ziga xoslik uning mazmuniga va samaradorligiga ta’sir etishini unutmaslik lozim. Eng muhimi harqanday jismoniy mashq bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining yoki uning bo’laklari (qismlari)ni tuzish - kasb egasi, mutaxassisning shu mashg’ulotda o’quvchilar faoliyatini tashkillash mahorati va unga oid uslubiy bilimlari, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qilishi bilan bog’liq.

Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismini tuzilishi
Jismoniy tarbiya darsining asosiy qismi uchun 28-30 minutgacha (45 minutli darslarda) vaqt sarflanadi va o’qituvchi tomonidan tuzilgan dars stsenariyasi yoki uning texnologik xaritasiga kiritilgan jismoniy tarbiyadan Davlat standarti dasturidagi mashqlar o’qitiladi yoki avvalgi sinflarda o’zlashtirilgan jismoniy mashqlar, harakat faoliyatlarini takrorlash bilan o’zlashtirilgan o’quv materiali takomillashtiriladi.
Darsning asosiy qismini tuzilishi uchun yagona «standart sxema» mavjud emas. Darsning bu qismi uning mazmuniga ki­ritilgan asosiy jismoniy mashqlar, ularni bajarish uchun tanlangan o’qitish metodlari va metodik usullardan foydalanishni tashkillash shakllarini tanlash va tuzishdek tarkibiy qismlarni o’zida mujassamlashtiriladi.
Jismoniy madaniyat dasturining gimnastika, yengil at­letika, suzish, kurash, sport o’yinlari, harakatli o’yinlar uchun o’quv materialini o’qitish o’zining metodik xususiyatlariga ega va ularga e’tibor berilgan holda jismoniy madaniyat darsning asosiy qismining turli shakllarda tashkil etishga to’g’ri keladi. Hozirgi kunning jismoniy tarbiya amaliyoti darsning asosiy qismini maktabning moddiy texnik bazasi, sport jihozlari, anjom va aslahalarining soni - sifati, o’qitilishi lozim bo’lgan o’quv materialining hayotiy-amaliyligini e’tiborga olgan holda darsning asosiy qismini tuzishni taqazo etadi.
Darsning asosiy qismini tuzilishi umumiy ta’lim maktabi jismoniy madaniyat dasturining bo’limlari va undagi o’quv materialining mazmuni bilan uzviy bog’liq.
Masalan, gimnastika darsi chegaralangan maydonda - sport zalida yoki ochiq havoda jihozlangan «gimnstika shaharchasida» (u standart yoki nostandart jixozlar bilan jixozlangan) maydonda tashkillanishi mumkin. Dasturning gimnastik bo’limi uchun tashkillangan darslarning asosiy qismni tuzilishi yengil atletika yoki sport o’yinlari, kurash, suzish materialini o’qitish uchun tashkillanadigan darslarning asosiy qismini tuzilishidan butunlay farq qiladi.
Gimnastika darsining asosiy qismini tuzilishini o’zi esa kichik, o’rta, katta maktab yoshidagilarnikidan, ham tashkiliy, ham uslubiy, ham strukturaviy jihatdan farqlanadi. Uning sababi faqat o’quv materialidagi farq bilan bog’liq, bo’lmay, katta maktab yoshdagi o’quvchilarning jismoniy rivojlanganligi, tayyorlanganligi va ularning organizmini anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan ham bog’liq.
Darsning asosiy kismi o’qituvchilarning yordamchilari - jismoniy tarbiya faollaridan foydalanishni taqazo etadi. Ularni tanlash, tayyorlash va darsda ularning xizmatidan foydalanmasdan darsning samaradorligiga erishish kiyin.
Chunki, sinflarda o’quvchilar sonining ko’pligi, darsning asosiy qismida o’quv materialining turli tumanligi, maxsus tayyorgarlikga eta bo’lgan va o’qituvchiga tashkiliy, uslubiy yordam bera oladigan o’quvchilarni sinfda tayyorlash zaruriyatini yuzaga keltiradi.
O’qituvchi tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lgan, o’z orqasidan sinfdoshlarini ergashtira oladigan, yetakchilik qilish obro’si, qobiliyatiga ega bo’lgan (xar bir sinf uchun 3-5 nafar) o’quvchilarni xaftaning boshlanishida instruktiv ma­shg’ulotlar uchun to’plab, ularga navbatdagi haftaning jismo­niy madaniyat darslarining asosiy qismida o’qitiladigan o’quv materialini vazifalarini hal qilish usullari va un­dagi ularning roli bilan tanishtiriladi. Bunday mashg’ulotlar sinfning jismoniy madaniyat faollari sanalgan o’quvchilarning o’zlari biriktirilgan guruhlarda yo’riqchi chifatida o’tkaziladigan darsdagi vazifasi bilan tanishish imkonini beradi. Sinfning jismoniy madaniyat faollari ular uchun o’qituvchilar tomonidan «maxsus seminarlar» tash­killanadi.
Ular sinf (guruh) doshlariga mashqlarni bajarishda yordam ko’rsatadi, shikastlanish havfini oldini olish, birinchi yordam choralarini ko’rish, lozim bo’lsa hakamlik va boshqa yo’riqchilik malakalarini egallaydilar va dars davomida o’qituvchisiga yordamchi sifatida darslarning tuzilishi va uning mazmunini boyishiga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadilar.
Jismoniy madaniyat darsining asosiy qismida e’tiborga loyiq belgilangan ta’limiy xususiyatlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:

  • aynan shu dars uchun qo’yilgan umumiy va xususiy vazi­falarini hal qilish;

  • darsning asosiy qismidagi jismoniy yuklamalarning umumiy me’yori va sog’lomlashtiruvchi effektini nazarda tutish;

  • darsning asosiy qismning samaradorligiga ta’sir etuvchi moddiy - texnik ta’minlashni zaruriyatligini hisobga olishi;

  • o’quvchilar faoliyatini tashkillashning xususiy tomonlariga e’tiborni qaratish xususiyati;

  • darsning asosiy qismi komponentlari uchun vaqtni oqilona sarflashni nazarda tutish xususiyati;

  • o’quvchilarning jismoniy, ruhiy, kordinatsiyaviy tayyorligini nazarda tutish;

  • nazariy bilim berish va amaliy harakat malakalarini o’zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtirishni yo’lga qo’yish xususiyati;

  • o’quvchilarning faoliyatini tashkillash va boshqarishdek boshqa qator xususiyatlar jismoniy madaniyatga oid bilimlarga va amaliy malakalarni egallashini osonlashtiradi.


Jismoniy madaniyat darsini yakunlov qismining tuzilishi


O’quvchini darsning asosiy qismi tugaganligi haqidagi buyrug’idan so’ng o’quvchilar maydon (sport zali)ning oldin­dan belgilangan joyiga saflanishga buyruq oladilar va dars­ning yakunlov qismi uchun rejalashtirilgan vazifalarni ba­jarishga kirishadilar.
Jismoniy madaniyat darsining yakunlov qismiga dars uchun ajratilgan umumiy va vaqtining 3-5 minuti sarflanadi. Unda turli xil harakatli o’yinlar va estafetalar va boshqa jismo­niy mashqlardan vosita sifatida foydalaniladi.
Yakunlov qismining tuzilishining mazmuni o’z ichiga: qayta saflash, mushaklar, boshqa organ va tuzilmlarimizda qilingan zo’riqishlardan yuzaga kelgan ruhiy - jismoniy charchash, toliqishni, sarflangan energiyani tiklashni, asta sekinlik bilan amalga oshiradi. Asosiy qismidagi yuklamalar sababli mushaklarning to’qimalarida ro’y bergan qo’zg’aluvchanlikni pasaytirish choralarini ko’rish yo’lga qo’yiladi, emotsional holatni pasaytiruvchi mashqlarni bajarish yoki tayyorlov qismining talablariga mos keluvchi harakatli o’yinlardan foydalanish orqali organizmning funktsional holatini dars boshlanishidan oldingi holatiga yaqinlashtirish vazifasi hal qilinadi, uyga vazifa beriladi (9-chizmaga qaralsin).

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling