Mavzu: Ta’lim sifatini xalqaro baholash tizimi va uning fizika o’qitishdagi ahamiyati (pisa misolida). Mundarija: I. Kirish
The Teaching and Learning International Survey
Download 129.66 Kb.
|
kurs ishi yulduz
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun.
Shu o‘rinda “Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?”, degan savolga javobimiz quyidagicha: 1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi; 2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi; 3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: 4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini beradi. PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o‘qish savodxonligini o‘rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda. Ta’lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo bo‘ylab ta’limni baholash, tushunish va yaxshilash bo‘yicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog‘ida 60 dan ziyod mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta’lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-yildan buyon IEA o‘quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda o‘qish salohiyati bo‘yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta’lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi. (PIRLS) — boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash tizimi bo‘lib u bugungi kunda O‘zbekiston uchun quyidagicha ahamiyatli tomonlarga ega: 1. Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini beradi; 2. Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pedagog kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi; 3. Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: 4. Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimin yaratish imkonini beradi. Ma’lumki, PISA tadqiqoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan: ta’lim sohasidagi eng yirik, keng ko‘lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi; tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 15 yoshli o‘quvchilar ishtirok etadi; tadqiqotda o‘quvchilarning “hayotga tayyorlik” darajasi, ya’ni ularning maktabda egallagan bilim va ko‘nikmalarini hayotda qo‘llay olish layoqati baholanadi; tadqiqotda o‘quvchilarning matematika, o‘qish (matnni tushunish), tabiiy yo‘nalishdagi fanlar va global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi; tadqiqotda ishtirokchi mamlakatlar ta’lim tizimining o‘ziga xosligi bo‘yicha ma’lumot olish imkonini beradigan kontekst axborot to‘planadi. PISA mavzuga oid masalalar bo‘yicha ekspert guruhlariga ega bo‘lib, ular sinovlarning uchta asosiy yo‘nalishlari – o‘qish, matematika va tabiiy fanlar savodxonligi, shuningdek, zarur bo‘lgan hollarda boshqa fan masalalari bo‘yicha vakolatlarga ega. Ushbu guruhlar har bir soha bo‘yicha malakali ekspertlardan tashkil topgan. Ular har bir PISA test-so‘rovining nazariy asoslarini yaratishadi. Xalqaro testlar quyidagi tamoyillar asosida ishlab chiqiladi: testlarning mazmuni ishtirokchi mamlakatlarning o‘quv materiallariga imkon qadar mos kelishi; tadqiqotning turli bosqichlarida foydalanilgan testlarning tuzilishi va mazmuni bir-biriga bog‘liqligini ta’minlash; o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga rioya qilish; ommaviy tadqiqotlarga qo‘yiladigan talablarga rioya qilish. PISA xalqaro baholash tadqiqotida to‘rt xil sinov usulidan foydalaniladi: bir javobli testlar; bir nechta javobli testlar; qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar; biror muammoning yechimi bo‘yicha o‘quvchi fikri (odatda, bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar bo‘ladi, o‘quvchi javobi test tuzuvchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o‘quvchi ijodkorligi qo‘llab quvvatlanadi). Ta’kidlash lozimki, PISA dasturining o‘ziga xosligi shundaki, u hech bir ishtirokchi mamlakat o‘quv dasturlarini takrorlamaydi, shu sababli Pisa topshiriqlarini aynan bitta sinf va bitta mavzuga bog‘lash mushkul: bitta topshiriqning bir savoli qaysidur sinfning qaysidur mavzusiga tegishli bo‘lsa, ikkinchi savoli boshqa sinfning qaysidur mavzusiga tegishli yoki ko‘p hollarda integratsiyalashgan bo‘ladi. Topshiriqlar quyidagi kognitiv darajalardan biriga ega bo‘ladi: quyi daraja (bir bosqichli amallarni bajarish, masalan, dalil, atama, qonuniyat va tushunchani yodga olish, jadval yoki grafikdan so‘ralgan ma’lumot ifodalangan nuqtani topish); o‘rta daraja (hodisalarni tavsiflash va tushuntirishda tegishli bilimlardan foydalana olish va qo‘llay olish, grafiklar yoki jadvallar ko‘rinishidagi oddiy ma’lumotlar to‘plamini talqin qila olish yoki qo‘llay olish); yuqori daraja (murakkab ma’lumotlarni tahlil qilish, dalillarni umumlashtirish yoki baholash, asoslash, axborotning turli manbalaridan foydalangan holda muammoni hal qilish rejasini tuzish yoki amallar ketma-ketligini belgilash). Download 129.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling