Mavzu: Ta’lim sifatini xalqaro baholash tizimi va uning fizika o’qitishdagi ahamiyati (pisa misolida). Mundarija: I. Kirish
Download 129.66 Kb.
|
kurs ishi yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Ta’lim sifatini xalqaro baholash tizimi va uning fizika o’qitishdagi ahamiyati (PISA misolida). MUNDARIJA: I. Kirish ………………
- III.Xulosa…………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………… Ilova…………………………………………………………………………...
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi
Termiz Davlat Universiteti Fizika-Matematika fakulteti Fizika ta’lim yo’nalishi 401-guruh talabasi Raxmonova Yulduzning Maktab fizika kursida tajriba o’tkazish metodikasi Fanidan Tayyorlagan KURS ISHI Tayyorladi: Y. Raxmonova Qabul Qildi: G‘. Raimov Mavzu: Ta’lim sifatini xalqaro baholash tizimi va uning fizika o’qitishdagi ahamiyati (PISA misolida). MUNDARIJA: I. Kirish ……………………………………………………………………….. I . ASOSIY QISM 1.Xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilish o‘ziga xos tomonlari……………………………………………………………………….. 2. Xalqaro baholash dasturining turlari…………….…………………..………. 3. Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish va o’tkazish xalqaro PISA baholash dasturidan foydalanish…………………………………………………………. 4.Umumiy va o’rta maxsus ta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda PISA testlaridan foydalanishning ahamiyati…………………………………………. III.Xulosa…………………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………… Ilova…………………………………………………………………………... KIRISH Mavzuning dolzarbligi. So‘nggi yillarda mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi sababli barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutahasislarga bo‘lgan talab yana oshmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarning darslarga bo‘lgan qiziqish xususiyatlarini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim-tarbiyasiga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarni ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 997-sonli qarori qabul qilinib, unda ta’lim tarbiya masalasiga jiddiy yondashish zarurati bunda xorijda samara bergan xalqaro baholash sistemalarini O‘zbekistons haroitida muvafaqiyatli joriy etish masalalari o‘z ifodasini topganini ko‘rishimiz mumkin[1]. Istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab yurtimizda yosh avlodga, uning bekamu ko‘st unib-o‘sishi va kamol topishi, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, Vatan ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol inson bo‘lib voyaga yetishiga jiddiy e’tibor qaratildi. Bu borada yurtboshimiz belgilab bergan vazifalar, bildirgan takliflar asosida barcha ta’lim muassasalarida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda bilimli va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy kamolotini yanada yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash, yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirayotgan siyosiy madaniyatga ega, har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlarining takliflarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida oshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturni ishlab chiqishdan asosiy maqsad, kelajak avlodni har tomonlama barkamol, yetuk va salohiyatli kadrlar qilib voyaga yetishishida siyosiy madaniyatni shakllantirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, bugungi rivojlangan jamiyatda o‘z o‘rni va so‘zini ayta oladigan mard, jasur bo‘lib voyaga yetishlarida munosib sharoitlar yaratib berish asosiy vazifa qilib belgilangan. Qonunchiligimizda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lgan Qonun, qator farmoyish hamda me’yoriy-siyosiy hujjatlarning mavjudligi vatanimizda yoshlarga bo‘lgan e’tiborning yuqori ekanligidan dalolat beradi. Respublikamizda, bugungi kunda ta’lim sohasining siyosiy asoslari yaratilgan. Qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni1, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”2da ushbu masalalar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan qilib belgilanganligining ayni isbotidir. Xususan, respublikamizda ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xarakterga ega ekanligi, ta’limning uzluksiz ravishda amalga oshirilishi, bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifalari shu va boshqa sohaga oid me’yoriy-siyosiy hujjatlarda keng mazmunda belgilangan. Zero, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganidek, “Biz siz yoshlarga bilim va kasb-xunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni xal etishga qodir deb ishonamiz”3deya ta’kidlaganlar. Download 129.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling