3.Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish va o‘tkazishda xalqaro PISA baholash dasturidan foydalanish
Xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati nimada?
So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekistonga nima beradi?
v Tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi.
v Milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi.
v Xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni
sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
v Xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy
baholash tizimini yaratish imkonini bеradi.
v O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi.
v Milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi.
Qanday xalqaro baholash dasturlari mavjud
Shu kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta’lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda.
PISA – o‘quvchilarning ta’limiy yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur PISA (inglizcha - Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dasturi.Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo‘llanilgan. PISA bo‘yicha bahoning 50 ballga oshishi har yillik Yalpi ichki mahsulot (YaIM) ning 1% ga o‘sishini ta’minlaydi PISAda o‘quvchilarning bilim sifati monitoringi 5 ta yo‘nalish bo‘yicha aniqlanadi.
2017-2018 o‘quv yili ta’lim sifati monitoring jarayonida
xalqaro baholash dasturlaridan foydalangan holda umumta’lim fanlari bo‘yicha kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv topshiriqlari ishlab chiqildi.
4. Umumiy va o’rta maxsus ta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda PISA testlaridan foydalanishning ahamiyati.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, noa’anaviy ta’limda esa, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, xulosalarni o’zlari keltirib chiqarishlariga, hatto har qanday dunyo miqyosida o’tkaziladigan savodxonlik tanlovlarida ham davlatimiz sharafini himoya qila oladigan barkamol avlodlarni tarbiyalashdan iborat. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi, tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. U o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etilishi, o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishiga olib keladi.
Jamiyatimizning yuksak darajada rivojlanishi, ilmiy-texnik taraqqiyotini e’tiborga olgan holda ta’lim tizimini uzluksiz ravishda takomillashtirishni hamda mutaxassislarning umumta’lim darajasini keskin oshirishni taqozo etadi. Ta’limning mazmunini yangilash, ilmiylik darajasini oshirish, o’qitish metodlarini uzluksiz takomillashtirish, o’quvchilar bilimining oshirib borilishi - o’qituvchidan o’z bilimini uzluksiz ravishda to’ldirib va yangilab borishni, malaka va metodik mahoratini yuksaltirishni taqozo qiladi. Mana shunday o’qituvchini ham, o’quvchini ham doimiy izlaninshini taqozo etuvchi savodxonlik tanlovi bu PISA testidir. PISA (inglizcha- Programme for International Student Assessment) - turli davlatlarda 15 yoshli o’quvchilarning savodxonligini (o’qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo’llash qobiliyatini baholovchi dastur sanaladi. Bu dastur 3 yilda bir marotaba o’tkaziladi. Dastlab 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qo’llangan. Uning maqsadi dasturga a’zo mamlakatlarga ta’lim siyosatini va natijalarini yaxshilashga imkon berish maqsadida solishtirma ma’lumotlarni taqdim etishdan iborat bo’lib, hozirda 78 ga yaqin davlat ta’lim tizimlari bilan birgalikda hamkorlik qilinmoqda. Bu dasturga ko’ra, har uch yilda o’quvchilarning bilimini baholash maqsadida sinov o’tkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018-yillar) PISA dasturi bo’yicha testlar o’tkazilgan bo’lib, keying sinovlar 2021-yilda bo’lishi rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021- yildan ushbu dasturga qo’shilishga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bu dasturda qatnashishdan maqsad testlarni o’tkazish yoki o’quvchilarni testga tayyorlash emas, o’quvchilarimizda XXI asr ko’nikmalarini shakllantirish va raqobatbardosh xodimlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratish hisoblanadi. PISA savollari qanday tuziladi? PISA nimaga kerak? Nima uchun unga ehtiyoj tug’ildi?…
XXI asr - informatsion texnologiyalar asri. Bu asr o’z mutaxassislaridan oldingilaridan tubdan farq qiluvchi kompetensiyalarni talab qiladi. XX asrda va undan oldin kuchli xotira, ensiklopedik bilim, o’z sohasida iloji boricha ko’proq ma’lumotni bilgan mutaxassislar yuqori qadrlangan bo’lsa, endi bu bilimlar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lmay qoldi. Qidiruv tizimlari, onlayn ensiklopediyalar, sohalar bo’yicha mukammal onlayn ma’lumotlar bazalari yaratildiki, endi bu ma’lumotlarni eslab qolish zaruriyati ikkinchi o’rindagi rejaga tushib qoldi.
PISA testlari xuddi shu o’zgarishlarni ta’lim tizimida aks ettirish, maktab o’quvchilarining real hayotida kerak bo’ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kiritish ko’nikmalarini qay darajada egallayotganligini, ta’lim tizimining bu o’zgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. PISA testlari 5 ta yo’nalish bo’yicha o’tkaziladi. O’qish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik yo’nalishlari. O’zbekiston 2021-yilda uch yo’nalish: o’qish, matematik savodxonlik va tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishlari bo’yicha testlarda qatnashishni rejalashtirgan. Fizika tabiiy-ilmiy fanlar yo’nalishlari ichiga kiritilgan. Fizikadan testlarda asosiy e’tibor o’quvchilarning mazkur yo’nalishlar bo’yicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va ko’nikmalarni egallagani, ulardan hayotiy real vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi. Bu testlarda o’quvchilarning dars davomida aniq mavzular bo’yicha o’rgangan bilimlarini sinovdan o’tkazish nazarda tutilmaydi.
PISA testlarida to’rt xil sinov usulidan foydalaniladi:
-bir javobli testlar;
-bir nechta javobli testlar;
-qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;
Bir muammoning yechimi bo’yicha o’quvchi fikri (odatda, bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar bo’ladi, o’quvchi javobi test tuzuvchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o’quvchilarning ijodkorligi qo’llab quvvatlanadi).
Fizika nuqtayi nazaridan qarasak, u nazariy va amaliy jihatdan o’rganiladi. Amaliy jihati bu, nazariyadan olgan bilimlarini masala yechish, laboratoriya ishlarini bajarish orqali chuqurlashtirish hamda hayotda qo’llay olish darajasi hisoblanadi. PISA testlari mana shu qonuniyatlarni hayotda qo’llay olish uchun xizmat qiladi. PISA test namunalariga e’tiborni qarataylik:
Bu testni yechish uchun faqat fizikani bilish kifoya emas, bu yerda fizika va kimyo fanlararo bog’lanishini, hatto suvning kimyoviy belgilanishi bila olishi lozim.
2. Rasmda tasvirlanganlar asosida qaysi harakat sodir bo’ladi?
mexanik harakat;
-ilgarilanma harakat;
-broun harakati;
-aylanma harakat.
Bu testni yechishi uchun o’quvchi mexanik harakat, ilgarilanma harakat, Broun harakati va aylanma harakatlarni tushunib yetishi va aniq bir-biridan farqlay olishi lozim. Broun harakatini tushunib yetishi uchun MKN nazariyani chuqur o’rgangan bo’lishi lozim.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, umumiy o’rta ta’lim maktabi fizika fanining samaradorligini oshirish uchun bir qator muhim jihatlarni hisobga olinishi zarur hisoblanadi. Bulardan eng muhimi fizika fanini o’qitishda nazariya va amaliyot hamkorligini ta’minlash va o’quvchilar olayotgan bilimlarni o’z vaqtida ko’nikma va malakaga aylanishi eng muhim va dolzarb masaladir, chunki oquvchining savodxonligi har tomonlama tekshirilganda ham fundamentida, fizika tabiiy fan ekanligi ta’kidlanadi. Uni anglab yetish uchun esa berilayotgan bilimlar, o’quvchilarning fanga qiziqishini oshirish va ijodiy faoliyatga yo’naltirish o’qituvchi shaxsiga va faolligiga bog’liq bo`lib yetuk va mustaqil fikrga ega kadrlarni yetishib chiqishida muhim ahamiyatga egadir.
XULOSA
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan bo‘lib unda hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta'limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Moliya vazirligining:
a) quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) - boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash uchun;
-The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
-The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida o‘qitish va ta'lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun;
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish;
ta'lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish;
ta'lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish;
ta'lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
ta'lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta'minlash;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash;
xalqaro baholash dasturlarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta'lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish;
o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash masalalari ko‘rilgan.
Yurtimizda ta’lim-tarbiya masalasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni “O‘zbekiston ta’lim sifati bugungi davr talablariga to‘laqonli mos bo‘lishi” ga qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 23-avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida : “Moddiy va ma'naviy hayotni uyg‘un rivojlantirishimiz kerak. Maktab bu borada asosiy bo‘g‘in bo‘lishi lozim. Maktab ta'limini rivojlantirish biz uchun buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylanishi zarur”, deb uqtirib o‘tgandilar davlatimiz rahbari.Bu masalaga yana ham jiddiy qarashimiz, xalq ta’lim tizimi poydevori hisoblangan maktab ta’lim sifatini dunyoning yetakchi davlatlari ta’limi ko‘rsatgichlari ro‘yxatiga kiritish uchun kerakli chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim.
Fan rivojining jadallashuvi jamiyat taraqqiyotining muhum omili sifatida bo’lib ilm fanning jadal o’sishiga va tez tez yangilanishiga olib kelmoqda.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Ta’lim sifatini xalqaro baholash tizimi PISA dasturi va uning fizika o’qitishdagi ahamiyati mavzusiga oid ma’lumotlarga ega buldik va quyidagilarni yoritib berishga harakat qildim:
1. Xalqaro baholash dasturi asosida ta’limni tashkil qilish o‘ziga xos tomonlari ko’rib chiqildi.
2. Xalqaro baholash dasturining turlari ochib berildi.
3. Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish va o’tkazish xalqaro PISA baholash dasturidan foydalanish yuzasidan ma’lumotlar yig’ildi.
4.Umumiy va o’rta maxsus ta’lim maktablarida fizika fanini o’qitishda PISA testlaridan foydalanishning ahamiyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |