Matematik-statistik usul – oldingi usullar natijasida to’plangan materiallarni tahlil qilishda, umumlashtirishda qo’llaniladi. Bunda har bir usulning natijalari aniq baholanadi va ishonchli xulosalarga kelinishi ta’minlanadi. Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning empirik tahlilisiz o’zligini namoyon eta olmaydi. Chunki ta’lim sifati ko’rsatkichlari, u yoki bu qo’llanilayotgan usullarning barcha natijalari va samaradorlik foizlari statistika usuli orqali aniqlanadi. Bu o’z navbatida kelajak rivojlanish rejalarini tuzishga imkon beradi Ilg’or tajribalarni o’rganish usuli – ilg’or tajribali, malakali pedagoglar faoliyati (oddiylari ham) bevosita va bilvosita o’rganiladi. Bunda pedagogik faoliyatdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi, o’zaro tajriba almashinadi hamda malaka oshiriladi. Tadqiqot natijalarini amalda tatbiq etish usuli – masalan, tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalari bo’yichailmiy-amaliy seminar, forum yoki konferensiyalarda ma’ruza va dokladlar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, darslik, qo’llanmalar, metodik tavsiyalar yozishi, kitoblar nashr qilishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |