Mavzu Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli


Download 390.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi390.35 Kb.
#1538134
  1   2
Bog'liq
8 - мавзу



https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
8-mavzu 
Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli 
Ta’kidlash kerakki, pandemiya barcha sohalar singari, ta’lim tizimiga 
ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. UNESCOning ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,7 
milliard o‘quvchi darslar to‘xtatilgani bois an’anaviy o‘qishdan mahrum 
bo‘lishdi. Shundan so‘ng avval ishlamagan, joriy etilsa-da, foydalanilmay 
turgan zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘llashga majbur bo‘lindi. Ta’lim 
muassa
salarining aksariyati to‘liq raqamli ta’limga o‘tishdi. 
Bugun ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga o‘tgan bo‘lsa-da, axborot 
texnologiyalari imkoniyatidan keng foydalanish, sohani raqamlashtirish ustuvor 
vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari talabalar va 
o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Muhammad 
al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maktab 
va akademik litsey o‘quvchilari, talabalar va AT sohasida bilim olishni 
xohlovchilar uchun virtual ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Boshqa oliy ta’lim 
muassasalarining rasmiy veb-
saytlarida ham masofaviy ta’lim platformalari, 
mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga 
tushirilib, onlayn darslar tashkil etilmoqda. 
Individual foydalanish uchun elektron darsliklar keng joriy etilmoqda. 
Muhimi, masofaviy ta’lim va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilim olish 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
imkoniyatini kengaytiryapti. O‘quvchi yoki talaba o‘ziga qulay vaqtda, uyidan 
chiqmasdan turib, individual o‘qituvchidan saboq olyapti. Imtihonlar ham 
masofadan turib o‘tkazilmoqda. 
Bugun ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalarning 
qanchalik samara berayotganini ko‘pchiligimiz ko‘rib, his qilib turibmiz. O‘zingiz 
o‘ylang, bir paytlar mamlakatimizning chekka bir hududida yashaydigan 
abituriyent poytaxtdagi qaysidir oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi uchun kelib-
ketishida qanchalik ovora bo‘lardi. Keyin titul varag‘ini olishi uchun yana, 
imtihon kuni va imtihon javobi chiqqandan keyin yana va yana Toshkentga bo-
rishiga to‘g‘ri kelardi. Bu sargardonlik uchun qancha vaqt, qancha mablag‘ 
ketishini faqat shunday ku
nlarni boshidan o‘tkazganlar biladi. Bugun esa o‘sha 
kunlar tarixda qoldi. Hozir respublikamizning eng chekka hududida 
yashaydigan yoshlar ham uyidan chiqmay turib, birvarakayiga 4
–5 ta oliy o‘quv 
yurtiga hujjat topshirishi, imtihon natijalarini ham o‘tirgan joyida bilish imkoni 
bor. 
Avval ota-
ona farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish 
uchun ko‘plab qog‘ozlar to‘g‘rilashi, bir-necha kun ovora bo‘lib bog‘chaga 
borishi, kamiga, kimnidir rozi qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, bugun bola 
elekt
ron ro‘yxatga olinyapti. Navbati kelgach, yashash joyiga yaqin hududdagi 
MTTga joylashtiriladi. Yaqin kunlarda umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi 
shahodatnomalarning ham elektron shaklda berilishini ana shunday qulayliklar 
sirasiga kiritish mumkin. Joriy 
etilayotgan tartibga ko‘ra, 9 va 11-sinf 
bitiruvchilariga beriladigan elektron shahodatnomalar o‘zbek va ingliz tillarida 
bo‘ladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini 
tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi. 
Endi o‘zingiz o‘ylang, bu kabi qulayliklar evaziga budjetning qancha mablag‘i, 
qancha qog‘oz va vaqt tejaladi?! Korrupsiya degan illat kamayib, shaffoflik 
yuzaga keladi. Bularning hammasi ta’lim sohasiga joriy etilayotgan axborot 
texnologiyalari samarasidir. 
Maktab ta’limida oxirgi yillarda bo‘lgan eng katta o‘zgarish sifatida 
o‘quvchilarni baholash jarayoni onlayn platformaga o‘tkazilgani va shu sabab 
qog‘oz jurnal, kundaliklardan voz kechilganini aytish mumkin. Soha 
vakillarining a
ytishicha, bu o‘zgarish qog‘ozbozlikni 70 foizgacha qisqartirgan. 
Fan olimpiadalari shaffof va haqqoniy tizimga aylantirilganini e’tirof etish 
mumkin. 
Ma’lumki, ko‘pgina rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida axborot 
texnologiyalaridan unumli foydalanib kelmoqda. Aksariyat rivojlangan davlatlar 
ta’lim muassasalarida maktab darsliklaridan voz kechib, o‘quvchilar elektron 
darsliklardan foydalanib kelishayotga
niga ancha bo‘ldi. Masalan, shu tartibga 
o‘tgan, ta’limda yaxshi natijalarga erishayotgan Finlandiyada o‘quv 
dasturlarining ta’lim jarayoniga tatbiq etilishida an’anaviy darsliklar bilan bir 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi
qatorda, innovatsion texnologiyalar yordamida tashkil etilgan elektron 
qo‘llanmalardan ham keng foydalaniladi. Mamlakatdagi aksariyat maktablar 
2017-yildan dars va
qtida ruchkadan voz kechishgan. Dars jarayonida to‘liq 
kompyuter va planshetlardan foydalaniladi. 
Basharti mamlakatimizda ham darsliklar elektron shaklga o‘tkazilsa, 
davlatning, xalqning qanchadan qancha puli iqtisod qilinardi. Shuning uchun 
ta’limda axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni davrning o‘zi taqozo 
qilmoqda. Xo‘sh, buning uchun nimalar qilish kerak? Birinchidan, albatta, 
mamlakatimizda internet infratuzilmasini yaxshilash, mobil operatorlar 
tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, eng muhimi, aholining
ayniqsa, yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining 
so‘nggi yutuqlarini o‘zlashtirishiga shart-sharoitlar hamda imtiyozlar yaratib 
berish lozim. 
Shuningdek, o‘quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan 
foydalanish ko‘lamini kengaytirish va axborot resurslari, o‘qitish vositalari va 
masofaviy o‘qitish texnologiyalarini rivojlantirish, yuqori samaradorlikka ega 
raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o‘quv xonalari, laboratoriyalar va 
boshqa
larni o‘z ichiga olgan markazlarni tashkil etish shart. 
Bundan tashqari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, pedagog 
kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish ham muhimdir. 
Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta’lim sifatini 
tushirmagan holda, yoshlarning bugungi kun talabi darajasida bilim olishiga 
erishamiz. 
Foziljon MAMASHARIPOV, 
«Postda» muxbiri. 
 


https://t.me/manaviyat_va_marifat_darsi

Download 390.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling