Mavzu: Ta’limga oid Microsoft xizmatlari
Ta’limga oid Microsoft xizmatlari. Microsoft 365 xizmatidan foydalanish
Download 135.5 Kb.
|
Ta’limga oid Microsoft xizmatlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu Shartlarga rozilik berish orqali Xizmatlardan foydalanayotganingizda ushbu qoidalarga amal qilasiz
3. Ta’limga oid Microsoft xizmatlari. Microsoft 365 xizmatidan foydalanish
Bu shartlar (“Shartlar”) ushbu Shartlar oxirida bu yerda (https://www.microsoft.com/servicesagreement#serviceslist) (“Xizmatlar”) keltirilgan Microsoft mijoz mahsulotlari, veb-saytlari va xizmatlaridan foydalanishni oʻz ichiga oladi. Siz Microsoft hisobini yaratish, xizmatlardan foydalanish yoki ushbu shartlar o‘zgarishi haqida xabarnoma olganingizdan so‘ng xizmatlardan foydalanishingiz orqali ushbu shartlarni qabul qilgan hisoblanasiz. Kontentingiz. Ko'pgina xizmatlarimiz sizga kontentingizni saqlash yoki almashish hamda boshqalardan materiallarni qabul qilish imkonini beradi. Biz kontentlaringizga egalikni da’vo qilmaymiz. Kontentingiz faqat sizning kontentingiz bo'lib qoladi va uning uchun siz mas'ul bo'lasiz.a. Kontentingizni boshqalar bilan ulashganingizda, kontentingizga Xizmatlarda kirishga ruxsat bergan maqsadlaringizda, sizga badal toʻlovlarisiz ular xalqaro doirada kontentingizdan foydalanish, saqlash, yozish, qayta chiqarish, translatsiya qilish, ko‘chirish, ulashish va aks ettirish imkoniga ega boʻlishlarini tushungan hisoblanasiz. b. Xizmatlarni sizga taqdim qilish doirasida, sizni va xizmatlarimizni himoya qilish uchun va Microsoft mahsulotlari hamda xizmatlarini yaxshilash uchun siz Microsoftga dunyo bo'ylab va bepul Kontentingizdan foydalanish huquqini bergan hisoblanasiz, xususan, Xizmatlar orqali nusxasini olish, ushlab qolish, uzatish, qayta shakllantirish, aks ettirish va tarqatish. Axloq kodeksiBu Shartlarga rozilik berish orqali Xizmatlardan foydalanayotganingizda ushbu qoidalarga amal qilasiz: Hech qanday noqonuniy ish qilmang. Bolalarni ekspluatatsiya qilish, ularga zarar yetkazish yoki tahdid qilish harakatlarini amalga oshirmaslik. Spam yubormang yoki fishingda qatnashmang. Spam istalmagan yoki keraksiz ommaviy elektron xabarlar, postlar, kontakt soʻrovlari, SMS (matnli xabarlar), lahzali xabarlar yoki shu kabi boshqa elektron xabarlardir. Fishing – bu aldov yoki noqonuniy usullar bilan qabul qiluvchining shaxsiy yoki maxfiy maʼlumotlarini, jumladan, parollar, tavallud sanalar, Ijtimoiy himoya raqamlari, pasport raqamlari, kredit karta axborotlari, moliyaviy axborotlar yoki boshqa maxfiy axborotlar yoki shaxsiy hisoblar yoki qaydlarga kirish imkoniyati, hujjatlar yoki boshqa nozik maʼlumotlarni qoʻlga kiritish, toʻlovlar yoki moliyaviy foydalarga ega boʻlish kabilarni oʻz ichiga oluvchi emaillar yoki boshqa elektron xabarlar yuborishdir. Nomaqbul kontent yoki materiallarni (masalan, yalangʻoch tasvirlar, zoofiliya, pornografiya, haqoratomuz murojaat, yovuzlik yoki jinoyat ishlari kadrlarini) aks ettirmaslik yoki ularni almashish uchun xizmatlardan yoki mahalliy qonun-qoidalarga zid boʻlgan materiallardan foydalanmaslik. Firibgarlik, yolgʻon yoki chalgʻituvchi (masalan, yolgʻon bahonalar bilan pul so‘rash, oʻzini boshqa shaxs sifatida tanitish, oʻyinlar sonini oshirish yoki baholar, reytinglar yoki fikrlarga taʼsir qilish uchun xizmatlarni manipulyatsiya qilish) yoki tuhmat yoxud boʻhton boʻlgan faoliyat bilan shug‘ullanmang. Har qanday kirish cheklovlarini yoki xizmatlar mavjudligini aylanib o'tmaslik. Sizga, Xizmatlarga yoki boshqalarga xavf soluvchi harakatlarni amalga oshirmaslik (masalan, viruslar yuborish, shilqimlik qilish, terroristik yoki zoʻravonlikka asoslangan ekstremistik kontentlarni nashr qilish, soʻkinish yoki boshqalarga nisbatan zoʻravonlik kabilar). Boshqalarning huquqlarini poymol qilmaslik (masalan mualliflik huquqiga ega musiqalarni yoki materiallarini tarqatish, Bing xaritalarini yoki rasmlarni qayta sotish yoki boshqachasiga tarqatish). Boshqalarning maxfiyligini oshkor qiluvchi yoki maʼlumotlar himoyasini buzuvchi amallarni sodir etmaslik. Boshqalar ushbu qoidalarni buzishiga yoʻl qoʻymang. Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling