Mavzu: Ta’limga oid Microsoft xizmatlari
Xizmatlar va Yordam xizmatidan foydalanish
Download 135.5 Kb.
|
Ta’limga oid Microsoft xizmatlari.
Xizmatlar va Yordam xizmatidan foydalanishMicrosoft hisobi. Aksariyat xizmatlardan foydalana olishingiz uchun Microsoft hisobiga ega boʻlishingiz zarurdir. Microsoft hisobi sizga Microsoft hamda ayrim Microsoft hamkorlari tarafidan taqdim qilingan mahsulotlar, veb-saytlar va xizmatlarga kirish imkonini beradi. Hisob yaratish. Onlayn roʻyxatdan oʻtish orqali Microsoft hisobini yaratishingiz mumkin. Hisobdan foydalanish. Siz Microsoft hisobingizni faol holatda saqlash uchun undan foydalanib turishingiz kerak. Bu siz Microsoft hisobingizni hamda unga aloqador xizmatlarni faol holatda saqlab turishingiz uchun kamida ikki yilda bir marta tizimga kirib turishingiz kerakligini anglatadi, iii. Bolalar va hisoblar. Xizmatlardan foydalanish yoki Microsoft hisobi yaratish orqali ushbu shartlarni qabul qilasiz hamda rozilik bildirasiz va siz yashaydigan hududda belgilangan “balogʻat” yoki “huquqiy javobgarlik” yoshiga yetganingizni yoxud ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingiz sizning nomingizdan ushbu Shartlarni qabul qilishiga rozilik beradi. Agar siz yashaydigan hududda belgilangan balogʻat yoki “huquqiy javobgarlik” yoshiga yetgan yoki yetmaganingizni bilmasangiz, yoki bu bo‘limni tushunmasangiz, ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingizdan yordam soʻrang. Hisobni yopish. 1. Istalgan paytda va istalgan sabab bilan muayyan Xizmatlarni bekor qilishingiz yoki Microsoft hisobingizni yopishingiz mumkin. 2. Agar Microsoft hisobingiz yopilsa (siz yoki biz tomondan), quyidagilar sodir boʻladi. Birinchidan, Xizmatlardan foydalanish uchun Microsoft hisobingizdan foydalanish huquqingiz darhol toʻxtatiladi. Ikkinchidan, biz Microsoft hisobingiz bilan bogʻlangan Maʼlumotlar yoki Kontentingizni oʻchirib tashlaymiz yoki ularni Microsoft hisobingizdan uzib qoʻyamiz (qonunda saqlab qolish, qaytarish yoki siz belgilagan uchinchi tomonlarga oʻtkazish talab etilgan hollar bundan mustasno). Ish yoki maktab hisoblari. Siz muayyan Microsoft xizmatiga ish yoki o'qish hisobingiz bilan kirishingiz mumkin. Bunda elektron pochtangiz manziliga bogʻlangan domen egasi sizning Microsoft hisobingiz va unga aloqador obunalar mavjudligi haqida xabardor qilinishi, hisobingizni nazorat qilishi, ma’lumotlaringizga, jumladan, muloqotlaringiz maʼlumotlari va fayllaringizga kirishi va ularga ishlov berishiga, shu bilan birga, agar hisob yoki Ma’lumotlar xavf tug‘diradigan bo‘lsa, Microsoft kompaniyasi domen egasiga bildirishi mumkinligiga o‘z roziligingizni bergan hisoblanasiz. Ish yoki maktab hisoblari. Siz muayyan Microsoft xizmatiga ish yoki o'qish hisobingiz bilan kirishingiz mumkin. Bunda elektron pochtangiz manziliga bogʻlangan domen egasi sizning Microsoft hisobingiz va unga aloqador obunalar mavjudligi haqida xabardor qilinishi, hisobingizni nazorat qilishi, ma’lumotlaringizga, jumladan, muloqotlaringiz maʼlumotlari va fayllaringizga kirishi va ularga ishlov berishiga, shu bilan birga, agar hisob yoki Ma’lumotlar xavf tug‘diradigan bo‘lsa, Microsoft kompaniyasi domen egasiga bildirishi mumkinligiga o‘z roziligingizni bergan hisoblanasiz. Qoʻshimcha jihozlar/taʼrif rejalar. Aksariyat Xizmatlardan foydalanish uchun sizga Internet aloqasi va/yoki mobil internet/uyali aloqa tarif rejasi zarur. Shuningdek, sizda quloqlik, kamera yoki mikrofon kabi qoʻshimcha qurilma boʻlishi kerak. Siz xizmatlardan foydalanish uchun barcha ulanishlar, rejalar va qurilmalar taʼminoti uchun masʼul hisoblanasiz hamda ulanishlar, rejalar va qurilmalar uchun olinadigan to‘lovlarni o‘zingiz to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Xizmat xabarnomalari. Siz foydalanayotgan Xizmat haqida yangilik boʻlsa, sizga xabarnoma yuboramiz. Agar Microsoft hisobingiz bilan bogʻlangan elektron pochta manzili yoki telefon raqamini taqdim qilgan bo‘lsangiz, sizga elektron pochta yoki SMS (matnli xabar) orqali Xizmat xabarlarini, jumladan telefon raqamingizni roʻyxatdan oʻtkazishdan yoki xaridlaringizni tasdiqlashdan oldin shaxsingizni tasdiqlash uchun xabarlar yuborishimiz mumkin. Yordam xizmati. Ayrim xizmatlar uchun Mijozlarga yordam xizmatiga orqali murojaat qilishingiz mumkin. Muayyan xizmatlar, agar boshqacha talablar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mijozlarga xizmat ko‘rsatishning alohida yoki qo‘shimcha shartlarini taklif qilishi mumkin Xizmatlaringizni tugatish. Agar xizmatlaringiz bekor qilinsa yoki tugatilsa (siz yoki biz tomondan), dastlab Xizmatlardan foydalanish huquqingiz darhol to‘xtatiladi va Xizmatlarga bog‘liq dasturiy taʼminotimiz litsenziyasi tugaydi. Ikkinchidan, biz Xizmatlaringiz bilan bog‘langan Maʼlumotlarni yoki Kontentingizni oʻchiramiz yoki ularni Microsoft hisobingizdan uzib qoʻyamiz (qonunda saqlab qolish, qaytarish yoki siz belgilagan uchinchi tomonlarga oʻtkazish bo‘yicha talab etilgan hollar bundan mustasno). Natijada siz Xizmatlarga (yoki oʻsha Xizmatlarda saqlangan Kontentingizga) boshqa kira olmasligingiz mumkin. Sizda muntazam zaxiralash rejasi boʻlishi kerak. Uchinchidan, sotib olgan mahsulotlaringizga kira olmasligingiz mumkin. Agar siz Microsoft hisobingizni bekor qilgan boʻlsangiz va Xizmatlarga kira oladigan boshqa hisobingiz boʻlmasa, Xizmatlar darhol bekor qilinishi mumkin . Microsoft Offiсe dasturlaridan foydalanuvchi har bir masalani yechishda, hujjatlarni taxrirlashda va boshqa ishlarda unimli foydalanishi mumkin. Officedan foydalangan foydalanuvchi ekranni oʻz xohishi boʻyicha oʻzgartirishi, shriftlarni tanlashi, printerlarni tanlashi, boshqa tizimlarni disklarga yozishi, qoʻshimcha kompyuter qurilmalarini oʻrnatishi va hakozo imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Qisqa qilib aytganda, kompyuter ishini oʻz xohishiga moslab kompyuter xotirasi, ekranni, ishlash tezligi, qoʻshimcha qurilmalaridan optimal foydalanishi mumkin. Mashxur Microsoft korporatsiyasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun koʻpgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmoqdalar. Jumladan, foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar toʻplamini ham ishlab chiqarishgan. Koʻpgina foydalanuvchilar Windows operatsion tizimi bilan OFFICE dasturlar toʻplamini chalkashtirishadi. Toʻg'ri, bu ikkala dasturlarni ham Microsoft korporatsiyasi ishlab chiqqan va asosan shaxsiy IBM va Pentium kompyuterlariga oʻrnatishga moʻljallangan. Windows operatsion tizimi OFFICE dasturlarisiz bemalol ishlay oladi, lekin OFFICE dasturlari Windows dasturisiz ishlamaydi. Office dasturlar toʻplamini quyidagi versiyalari mavjud: Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP. Office-2003 dasturlar toʻplamini shaxsiy kompyuterga oʻrnatish uchun kompyuterda Windows operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlishi, soʻng kompyuter operativ xotirasi kamida 8-16 Mb boʻlishi va qattiq diskda kamida 250 Mbdan 700 Mbgacha (Officedan foydalanish imkoniyatiga qarab) boʻsh joy boʻlishi lozim. Microsoft Office bir nechta xilda sotuvga chiqariladi. Ularning farqi toʻplam tarkibi va narxida. Office dasturlar toʻplamining nisbatan toʻliqroq variantiga quyidagi dasturlar kiradi. Microsoft Word — har xil koʻrinishdagi oddiy va murakkab matnlarni taxrirlashga moʻljallangan matn muharriri. Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Writer, LibreOffice Writer, StarOffice Writer, KWord, NeoOffice Writer, Corel WordPerfect, Apple Pages (bu faqat Mac OS tizimida) va AbiWord. Microsoft Excel — har koʻrinishdagi hisob-kitobli maʼlumotlar bilan ishlashga moʻljallangan elektron jadvalli dastur. Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Calc, LibreOffice Calc, KSpread, StarOffice, Gnumeric, Corel Quattro Pro va Apple Numbers (bu faqat Mac OS tizimida). Microsoft PowerPoint — maʼlumotlarni taqdimot, reklama qilishga moʻljallangan taqdimot dasturi. Muqobil dasturlar: OpenOffice.org Impress, LibreOffice Impress, KPresenter, Corel WordPerfect va Apple Keynote. Microsoft Access— maʼlumotlar ombori (bazasi) bilan ishlashga moʻljallangan dastur. Oʻrnini bosuvchi dasturlar: OpenOffice.org Base, LibreOffice Base, Kexi. Microsoft Publisher — har xil koʻrinishdagi noshirlik ishlarini bajarishga moʻljallangan muharrir dastur. Microsoft Outlook (Outlook Express bilan chalkashtirmang)— elekton pachtadan foydalanishga moʻljallangan dastur va hokazo. Uning tarkibiga taqvim, ish rejalashtirgich, qaydnoma, manzillar kitobi va shaxsiy pochta kiradi. Pochta xizmati uchun — Mozilla Thunderbird/SeaMonkey, Novell Evolution, Claws Mail, Eudora Mail, The Bat!; shaxsiy maʼlumotlar dispetchiri — Mozilla, Lotus Organizer и Novell Evolution. Microsoft InfoPath — maʼlumot yigʻish va uni boshqarish dasturi. Microsoft Communicator (Microsoft Lync) — insonlar bilan har tomonlama muloqot qilishni tashkilashtiradigan dastur. Microsoft Visio — biznes va texnik diagrammalar bilan ishlovchi dastur. Muqobil dasturlar: LibreOffice Draw, OpenOffice.org Draw, yEd Grapth Editor. Microsoft Project — loyihalar bilan ishlovchi dastur. Microsoft Query — maʼlumotlar omboridan maʼlumot oluvchi va koʻrib chiquvchi dastur. Microsoft OneNote — qaydnomalar yozish uchun moʻljallangan dastur. Microsoft Groove — birgalikdagi ishni qoʻllab quvvatlovchi dastur. Microsoft SharePoint Designer — Microsoft SharePoint tizimida dastur yaratish uchun vosita. Microsoft Picture Manager — rasmlar bilan ishlash. Muqobil dastur: OpenOffice.org Draw. Microsoft Document Image Writer — virtual printer. Microsoft Diagnostics — Microsoft Officening zararlangan dasturlarini diagnostika qiluvchi va tuzatuvchi dastur. Office dasturlar toʻplamini oʻrnatishda yuqorida koʻrsatilgan dasturlarni tanlash orqali, yaʼni keraklisini oʻrnatish orqali kompyuter qattiq diskidagi joyni tejash mumkin. Download 135.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling