SEMINAR VA UNING O’ZIGA XOSLIKLARI Seminar – bu o’qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo’naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish: Nima uchun? – Seminarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad. 2. Qanday tarzda? – Seminarni olib borish texnologiyasini ishlab chiqish. 3. Nimani muhokama qilish? – Seminarni olib borish vaqtida muhokama qilinadigan materiallar mazmuni. 4. Qanday omillarni hisobga olish zarur? – Seminarni tashkil etish jarayonida ma’lum omillarni hisobga olish
Darsning turlari va tuzilishi Darsning quyidagi turlari mavjud: 1. Aralash (kombinatsion dars). 2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 3. O’rganilganlarini takrorlash va mustahkamlash darsi. 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsi. 5. Laboratoriya darslari. 6. Amaliy darslar.
1. Aralash darsning tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’tilgan mavzuni takrorlash (uy tekshirish); v) yangi mavzuni bayon qilish; g) o’rganilgan materialni mustahkamlash; d) o’quvchilarni baholash; e) uy vazifasini berish.
2. Yangi bilimlarni bayon qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; vazifasini b) yangi mavzuni bayon qilish; v) o’rganilgan materialni mustahkamlash; d) uy vazifasini berish.
3. O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlash darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’rganilgan mavzularga doir savol-javob o’tkazish; v) o’rganilgan mavzularga doir amaliy topshiriqlarni bajarish; g) o’quvchilarni baholash.
4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish darsining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) o’rganilganlarni umumiy tarzda takrorlash (yodga tushirish); v) nazorat ishini o’tkazish; g) uy vazifasi (o’rganilganlarni qayta takrorlash maqsadida).
5. Laboratoriya darslarining tuzilishi: a) tashkiliy qism; b) nazariy materiallarni mustahkamlash; v) laboratoriya ishini o’tkazish; g) o’quvchilarni baholash; d) uy vazifasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |