Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni qayd qilishi zarur:
- jarayonlar bilan bogliq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishiga qilingan xarajatlar;
- ta’minot jarayonida xarid qilinadigan buyumlar;
- sotish uchun mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul mablag‘lari.
Ta’minot jarayonining hisobi - Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:
- Ta’minot haqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlarining miqdori va turi haqidagi haqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o’lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari haqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ulami har bir turlari bo‘yicha ta’minot jarayoni ko‘rsatkichlari umumiy bajarilishi haqida ma’lumotlarga ega bodinadi.
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag’lar quyidagilardan iborat: - Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag’lar quyidagilardan iborat:
- - uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
- - aylanma mablag‘lar (xomashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, pul mablag‘lari va boshqalar).
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aksiya, obligatsiya, qarzlar, depozitlar va h.k) Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi: - Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:
- a) sotib olish;
- b) ta’sischilarning hissasi tariqasida;
- c) bepulga olish;
- d) moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |