Xo`jaliklar doirasida reja va hisobot tannarxi ham hisoblanadi. Reja tannarxi me`yor asosidagi xarajatlar bo`yicha hisoblanadi va olinishi kutilayotgan mahsulot miqdori asosida belgilanadi. Hisobot tannarxi esa xaqiqatdan qilingan xarajatlar va haqiqatda olingan mahsulot asosida aniqlanadi. - Xo`jaliklar doirasida reja va hisobot tannarxi ham hisoblanadi. Reja tannarxi me`yor asosidagi xarajatlar bo`yicha hisoblanadi va olinishi kutilayotgan mahsulot miqdori asosida belgilanadi. Hisobot tannarxi esa xaqiqatdan qilingan xarajatlar va haqiqatda olingan mahsulot asosida aniqlanadi.
- Mahsulot tannarxi umumlashtiruvchi ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi. Unda mehnatning unumdorligi, ishlab chiqarishning ixtisoslashganlik va intensivlashganlik darajasi, tejamkorlik, ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashganlik darajasi, texnikalardan va fan yutiqlaridan qay darajada foydalanilayotganligi ifodalanadi.
- Mahsulot tannarxining darajasi korxonaning, ishlab chiqarishning kelajagini belgilaydi.
Agarda mahsulot birligi tannarxi shu mahsulot bozoridagi narxdan baland bo`lsa, bu mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltiradi. Bu esa, o`z qonuniyati asosida shu mahsulotning tannarxini belgilaydi. YA`ni uni ishlab chiqarayotgan korxonada aynan shu mahsulot asosiy mahsulot hisoblansa, korxona bankrot holatiga tushib qoladi. - Agarda mahsulot birligi tannarxi shu mahsulot bozoridagi narxdan baland bo`lsa, bu mahsulotni ishlab chiqarish zarar keltiradi. Bu esa, o`z qonuniyati asosida shu mahsulotning tannarxini belgilaydi. YA`ni uni ishlab chiqarayotgan korxonada aynan shu mahsulot asosiy mahsulot hisoblansa, korxona bankrot holatiga tushib qoladi.
- Agarda, mahsulot tannarxi shu mahsulot bozorida shakllangan narxdan past bo`lsa, uni ishlab chiqaruvchi foyda oladi. Bu esa, ushbu mahsulotni ishlab chiqarish bozor iqtisodiyoti talabiga javob beradi, degan so`z. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir ishlab chiqarish, xizmat turi, korxona foyda olgan taqdirdagina o`z foliyatini davom ettirishi mumkin.
- Individual va tarmoq tannarxi ham mavjud. Individual tannarx – bir mahsulotning bir karxona miqiyosida shakllangan tannarxidir. Tarmoq tannarxi esa, alohida ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari tannarxi asosida o`rtacha hisoblangan ko`rsatkichdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |