Mavzu: tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar


Download 23.28 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi23.28 Kb.
#1828095
1   2   3   4   5
Bog'liq
TANQIDIY

Sistemalashtirish - tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o’rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi. Shu sababli makon, xronologiya va mantiqiy belgilar asosida tizimga solish turlariga ajratiladi. Mebelning xonadagi joylashtirilishi, daraxtning boqqa o’tkazilishi, makoniy tizimga namuna bo’la oladi. O’tmishda bo’lib o’tgan voqealarning vaqtga qarab tizimga solishning namunasi bo’la oladi. Matematikaga, falsafaga, mantiqqa doir darsliklarda ilmiy materiallarning joylashtirilishi mantiqiy tizimga solishning namunasidir.

Tanqidiy fikrlashning asosiy belgilari olim I.Resnik fikricha quyidagilardan iborat:


1) O‘quvchilar o‘z bilimlarini muayyan masalalarni yechishda tatbiq eta olsalargina ularda bilim va ijodiy fikrlash rivojlanadi;
2) Tanqidiy fikrlash ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik baxsh etadi, mashg‘ulotlarni o‘qituvchi va o‘quvchi uchun o‘zaro hamkorlik faoliyatiga aylantiradi.
J.Dyuining fikricha: «O`quvchilar muayyan muammo bilan shug‘ullana boshlasalargina, ularda tanqidiy fikrlash paydo bo‘ladi. Shu sababli, o‘quv jarayonining boshlang‘ich nuqtasi hisoblangan, biror vaziyat yoki hodisaga tegishli bo‘lgan eng muhim savol bu hodisa qanday muammoni vujudga keltirishini anglatadigan savoldir. Faqatgina muayyan muammo bilan kurashib, murakkab vaziyatdan chiqish uchun o‘zining shaxsiy yo‘lini izlagandagina, o‘quvchi haqiqatan ham fikrlaydi». Darhaqiqat, rejali va maqsadli o‘qitish va tarbiyalash jarayonida o‘quvchilaming intellekt darajasini aniqlash zaruriyati tanqidiy fikrlashni shakllantirishni vujudga keltirgan. O‘z ibtidosida bu natijalar oddly pedagogik metodlar orqali aniqlangan.

«Tanqidiy fikrlash» atamasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan. Mazkur tushuncha haqida tafsilot berishdan oldin, muayyan fikrlash ko‘nikmalari ustida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Chunki bu ko‘nikmalar o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni tarkib toptirish uchun nihoyatda zarurdir. O‘zbek olimasi Sh.A.Abdullayeva “O‘quvchilarda refleksiv mushohada qilish ko‘nikmalarini shakllantirish” asarida: “Tanqidiy fikrlash - fikr yuritishning shunday ko‘rinishiki, unda aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, induksiya, deduksiyajning barchasi ishtirok etadi»,- deb yozadi. Demak, o‘quvchi taqdim qilinayotgan o‘quv materialini o‘zlashtirishi uchun bilish jarayonining induktiv (ayrim, xususiy tajribalarni umumlashtirib xulosa chiqarishga fikran harakat qilish) va deduktiv (umumiydan ayrimlikka yuksalish)pog‘onalaridan o‘tadi.


Кreativlik– (lot., “create”-yaratish, “creative”-yaratuvchi, ijodkor) individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorgarlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi.

Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling