Mavzu: tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi faol metodlar


Download 23.28 Kb.
bet4/5
Sana31.01.2024
Hajmi23.28 Kb.
#1828095
1   2   3   4   5
Bog'liq
TANQIDIY

Кreativ tafakkur esa tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchitushuncha sanaladi. Kreativ fikrlash o’qituvchi faoliyatida yaqqol ko’rinib turishi lozim. Shu ma’noda o’qituvchining ijodkorligi kasbiy faoliyatiga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi.
Кreativlik–bu ijodiy qobiliyatlilik darajasi, shaxsning barqaror sifati hisoblanadigan ijod qilishga bo’lgan qobiliyati bo’lib, u kreativ tafakkur bilan bog’liq.
Кreativ tafakkur – bu shaxsning o’z oldida turgan vazifalarini nostandart hal etish hamda o’z maqsadlariga erishishning yangi, yanada samaraliroq yo’llarini topish qobiliyatidir. Ya’ni kreativlik asosan boshqalarga o’xshamagan g’oyalarni o’ylab toppish, an’ana tusiga kirib qolgan fikrlashdan qochish hamda muammoli vaziyatlarni tez hamda samarali hal etish yo’llarini bilish hisoblanadi.

Кreativlik termini Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo’lgan bo’lib, bunda kreativlikning intellekt bilan bog’liqligi masalalari hamda kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning masalalari hamda kreativlikning psixologik jihatlari va uning har bir shaxsning individual o’ziga xos xususiyatlariga bog’liqligi o’rganilgan. Masalan, 1950 yillarda J.Gilford va uning tarafdorlari tomonidan intelliktual omillarni ta’limiy yo’nalishlarda qo’llash, kreativlik xususiyatlarni o’rganish hamda baholash masalalari tahlil etilib, natijada 16 gipotetik intelliktual qobiliyatlarni ajratib ko’rsatgan. M.N.Gnatko esa kreativlikning mexanizmi bo’yicha izlanishlar olib brogan va ularni quyidagi ikkita turga ajratgan:

1.potensial kreativlik – bu kreativlikning zaruriy sharti bo’lib, qanday sharoit bo’lmasin insonning kreativlikka tayyor turishi, shuning natijasida o’z g’oyalarini amalga oshirishidir.

2.faoliyatdagi kreativlik–bu muayyan bir sohadagi kreativlik hisoblanadi.

J.Gilford kreativlikning belgilarini aniqlagan bo’lsa, M.N.Gnatko esa kreativlikning komponentlarini umumlashtiradi.



Download 23.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling