Tekshirish va o’z-o’zini nazorat qilish uchun savollar:
Pedagogik texnikaning tuzilishini aytib bering?
Pedagogik texnikani egallash yo’llari haqida gapiring.
Nutq malakalari nima?
Mimika va pantomimikani tavsiflang.
O’z hissiy holatini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
Pedagogik maqsadga yo’nalganlik nima?
Adabiyotlar.
D.Abdurahimova. «Pedagogik mahorat». O`quv qo`llanma.Toshkent , 2008 y.
Farberman B.L. «Ilg’or pedagogik texnologiyalar». Toshkent, 1999.
Azizho’jayeva N. N. «Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat». Toshkent, Moliya, 2002.
Ochilov M. «O`qituvchi odobi«. Toshkent, 1998 y.
Yusupov H.S. «Pedagogik mahorat».-Samarqand,SamDU nashri,2003.
Mavzu: Tarbiya jarayonida muomalaning tutgan o‘rni
Reja:
O’qituvchi va o’quvchi orasidagi muloqot.
Pedagogik muomala va uning funktsiyalari.
O’qituvchi muomalasining usullari.
O’qituvchining pedagogik mahorati.
Pedagogik hamkorlik.
Tayanch iboralar: pedagogik muomala, madaniyat, pedagogik muomala funktsiyalari, muomala uslublari, pedagogik takt (nazorat), pedagogik hamkorlik, avtoritar-byurokratik, demokratik hamkorlik uslublari.
Xar qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar uzatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun xam xar bir shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro’si uning muloqotga kirish qobiliyati bilan bevosita bog’lik.
Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko’p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o’zida quyidagilar kiradi»
Individlarning o’zaro ta’sir jarayoni
Individlar o’rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni
Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni
Bir kishining boshqalarga ta’sir ko’rsatish jarayoni.
Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati
Shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud bo’lib, dastlabki bosqich –odamning o’z-o’zi bilan muloqotidir. Odamning o’z-o’zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o’z-o’zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o’zini chetga tortib, totinib yursa, demak, u boshqalar bilan, suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot- muloqotning ikkinchi bosqichidir. Uchinchi bosqich avlodlar o’rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli xar bir jamiyatning uz madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud buladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg’or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar xamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |