Muloqotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g’oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― til. ( yozma-og’zaki, monologik-dialogik nutq). Dialogik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy karashlariga, qiziqishlariga, bir-birlariga bo’lgan munosabatlariga, maqsadlariga bevosita bog’liq buladi. O’qituvchi-o’quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning,dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi. Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati - fikrlarning mantiqan tugal bo’lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so’zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan xam foydalanadilar. Mimika, kuz karashlar, to’xtashlar (pauza) ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil kuz karashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko’rinishlari bor.
Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va hududiy xususiyatlari bor. Masalan o’zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o’zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko’proq ishlatilishi bilan bog’liq. Bolgarlar biror fikrni tasdiqlamoqchi bo’lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmoqchi bo’lishsa, bosh siltashar ekan.
Noverbal muloqotda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari xam ahamiyatga ega: Masalan, ayollar hissiyotga berilganligi uchun bir – birlari bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o’rtasida masofa bular ekan.
O’quvchilarni partada orqama – ketin o’tqazgandan ko’ra doira shaklida o’tqazilsa, ularda javobgarlik hissi yuqoriroq bular ekan, emosiyalar almashgani uchun xam gulruxdagi psixologik vaziyat ijobiy bo’lib, bolalarning predmetga va bir – birlariga munosabatlari ancha yaxshi bular ekan.
Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik chog’laridanok nutq madaniyatiga o’rgatish, nutqlarini o’stirish choralarini ko’rish zarur. Pedagog xam nutq madaniyatiga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |