Mavzu: tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida
Download 71.76 Kb.
|
1 maruza sirtki (1)
Milliy Mentalitet (lotincha «mens» — aql, idrok, zehn, fahm-farosat) — millatning tarixan shakllangan tafakkur darajasi, ma’naviy salohiyati, yashash va fikrlash tarzi, muayyan ijtimoiy sharoitlarda kamolga etgan qobiliyati va ruhiy quvvati. Bu tushuncha millatga xos an’analar, rasm-rusmlar, urf-odatlar, diniy e’tiqodni ham o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, u muayyan millatga mansub kishining turmush tarzi, fikrlashi, dunyoqarashini ham bir qadar belgilaydi, gohida uni baholash uchun asos bo‘ladi.
Komillik Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri. Komil inson g‘oyasi va uni amalga oshirishga bo‘lgan intilishlar insoniyat sivilizatsiyasining ma’no-mazmunini tashkil qiladi. Insonparvarlik– odamzod qadri, erkinlik va qobiliyatlarining har tomonlama namoyon bo‘lishi uchun kurashish, kishilarning baxt – saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilishini ifodalaydigan g‘oya va qarashlar tizimi. Iymon. Islom dinida agar insonning imoni bo‘lmasa , xayrli ishlarni ko‘p qilsa-da, unga savob yozilmaydi. Ibodat va yaxshi amallar qabul bo‘lishi uchun kishi imonli bo‘lishi shart ekani nazarda tutiladi. Imonning mukamalligi uch narsa –etiqod, iqror va amal vositasida namoyon bo‘ladi. E’tiqod – dinga qalban ishonish; iqror – so‘zda buni tan olish; amal – yaxshi ishlar bilan isbotlash. Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiyaxloqiy, madaniymaʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilishgan. Demak, «Qadriyat» atamasi bizga arabcha «qadr» so’zidan kirib kelgan bo’lib, bugungi kunda bu tushuncha «borliq va jamiyatdagi biror bir narsa va hodisaning kishilar o’rtasidagi o’zaro ijtimoiy munosabatlardagi tutgan muhim ahamiyatni ifoda etish uchun qo’llanilmoqda. Bu masalaning bir tomoni. Uning ikkinchi tomoni shundan iboratki, «qadriyat» so’zi qadim zamonlarda paydo bo’lgan va barcha xalqlar tillarida mavjuddir. Demak, bu tushuncha bir necha ming yillik tarixga egadir. Tarbiya milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’ana va udumlarimizning tub mohiyatini o‘rganish, o'tmishni unutmaslik, bugunning qadriga yetish va kelajakka umid ruhida olib boriladi. Qadriyat - “tarix sinovlaridan o'tgan, milliy manfaatlarimiz, bugungi va ertangi orzu-intilishlarimizga, taraqqiyot talablariga to'la javob beradigan. yillar o'tgani sari qadri ortib boradigan g'oya va tushunchalardir”. Download 71.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling