Mavzu: tarbiya ijtimoiy-tarixiy zarurat sifatida


Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq


Download 71.76 Kb.
bet14/15
Sana15.01.2023
Hajmi71.76 Kb.
#1094223
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1 maruza sirtki (1)

Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:
1.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash deganda nimani tushunasiz?
2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish qanday shakllarda amalga oshiriladi?
3. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash indikatorlarini bilasizmi?
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g‘oyamizning asosiy poydevoridir (Toshkent, 2021) kitobini o‘qib chiqing

MAVZU: TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA OILA, MAHALLA VA TA’LIM MUASSASASI INTEGRATSIYASI.


Reja:

  1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda “Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi” Konsepsiyasining ahamiyati.

  2. Ta’lim muassasasi faoliyatida oila va oila hamkorligi masalalari

Tayanch tushuncha: Tarbiya, oila, vatan, mahalla, obodlik, vatanparvarlik, e`tiqot, diyonat, erkinlik
Ma’lumki, oila bolaning shaxsini tarkib toptiruvchi muhim omildir. Bolalarni jismoniy tarbiyalash, ularga axloq va mehnat tarbiyasi berish negizlari oilada vujudga keladi, tevarak -atrof muhit to‘g‘risidagi birinchi bilimlar oilada beriladi, bolaning nutqi, shu bilan birga, uning tafakkuri ham oilada rivojlana boshlaydi. Bola maktabga qabul qilinishi bilan uni tarbiyalash mas’uliyati oila zimmasidan soqit bo‘lmaydi. Ota-onalar bolalarini maktabga o‘z vaqtida yuborishi uchun, ularning o‘qish mashg‘ulotlariga muntazam ravishda qatnab turishlari uchun, ularning xulqi uchun davlat oldida javobgardirlar. Mukammal oila shunday bir jamoadirki, bu jamoada bir-biriga mehr -muhabbat va bir-birini hurmatlaydigan ota-onalarning asosiy vazifasi- bolalarni tarbiyalashdan iboratdir: oilada ota-onalar bilan bolalarning manfaatlari mushtarakdir: ota-onalar barcha oila-a’zolarining mehnatini ham, dam olishni ham oqilona tarzda tashkil etadilar. Uyda har bir bolaning qo‘lidan keladigan o‘z vazifasi bo‘ladi. Oila a’zolari xursandlikni ham, g‘am-g‘ussani ham birgalikda o‘tkazadilar. Oilada er bilan xotin o‘rtasida, ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ahillik va o‘zaro hurmat bo‘lsa, bunday oilalarda bolani tarbiyalash muvaffaqiyatli bo‘ladi. Bunday oila odatda mustahkam oila hisoblanadi.
O‘zbekiston Prezidenti jamiyatimiz uchun foydali fuqarolarni o‘stirayotgan mustahkam oilani rag‘batlantirib kelmoqda. Masalan: 1999 yilning “Oila yili” deb e’lon qilinishi, shuningdek, 2000 yilni “Sog‘lom avlod yili” deb e’lon qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada kuchaytirish to‘g‘risidagi qonun oilaviy munosabatlarning mustahkamlanishiga va oilada bolalarni tarbiyalashni yanada yaxshilashga imkon beradi.
Bizning jamiyatimizda maktab bilan oilaning bola tarbiyasidagi maqsadi yagonadir. Bolalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ish sistemasida etakchi bo‘g‘in bo‘lgan maktab oilaviy tarbiyani to‘g‘ri tashkil etishda ota-onalarga ko‘maklashishga majburdir. SHu bilan birga, pedagoglar oldida va bolalar tashkilotlari oldida turgan ta’lim-tarbiya vazifalarini bajarishda maktab ota-onalar yordamidan foydalanishga intiladi. SHunday qilib, maktab bilan oila o‘rtasidagi bolalarni tarbiyalashda o‘zaro hamkorlik munosabatlari o‘rnatiladi.Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalashning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: Oilada ahillik, hamjihatlik bo‘lmasa, bunday oilada bolalarni tarbiyalashda katta qiyinchiliklar vujudga keladi.
Oila - boshlang‘ich, tabiiy jamoadir, lekin oilada ota-ona, aka-uka, opa-singillar bo‘lgandagina, uni jamoa deb tasavvur etish mumkin. Agar ota-onalardan biri oiladan ketib qolsa, bunday oila jamoa xususiyatini yo‘qotadi, bu bilan bolaga ta’sir o‘tkazish kuchi ham yo‘qoladi. O‘zining oilaviy burchlariga engiltaklik bilan qarab, oilani tashlab ketayotgan ota yoki ona shu narsani tushunib etmaydilarki, bolani moddiy jihatdan ta’minlab turishni davlat o‘z zimmasiga olishi mumkin, ammo bolaga ko‘rsatadigan ota yoki onaning shaxsiy ta’sirini hech nima bilan almashtirib bo‘lmaydi.
Bolalarni oilada muvaffaqiyatli tarbiyalashda yana ota-onalar obro‘si alohida ahamiyat kasb etadi. Ba’zi ota-onalar, farzandim menga quloq solmayapti, mening gapimga kirmaydi, deb shikoyat qiladilar. Bolalarning gapga quloq solmasligi ota-onalarning obro‘yi yo‘qligini ko‘rsatuvchi belgidir. Ota-onalar har doim bolalariga ijobiy ibrat bo‘lishlari lozim. Agar ota-ona birgalikda, jiddiy, odil va o‘z farzandlariga yaxshi muomalada bo‘lsa, tabiiyki, bunday ota-onalarning bolalari oldida obro‘si yaxshi bo‘ladi. A.S. Makarenko obro‘ni bir necha turlarga bo‘lgan edi. Masofa obro‘si, apoq-chapoqlik obro‘si, uzoq-yaqinlik obro‘si, soxta obro‘ va boshqalar. (Agar ota bilan bola o‘rtasida ota-bolalik obro‘si bo‘lmasa, ota-ota o‘rnida, bola-bola o‘rnida bo‘lmay, bular haqiqiy ulfatga aylanib qolsalar, bunday boladan yaxshilik kutish mumkin emas, yoki ona va qiz. Oilada bolani tarbiyalashda kundalik oilaviy va maktab kun tartibini qat’iy o‘rnatish va unga rioya qilishga o‘rgatish pedagogik jihatdan katta ahamiyatga egadir. Kundalik qat’iy rejim organizmning bir maromda ishlashi, bola salomatligini saqlash, mustahkamlashgagina yordam berib, shu bilan birga, uni hamma narsani o‘z vaqtida bajarishga, tartibli bo‘lishga odatlantiradi.
Ma’lumki, bolani maktabda qanday o‘qishi ko‘p jihatdan oilaga bog‘liq. Oilada bolaning o‘qishi uchun har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish (stol-stul, o‘quv qurollari, darsliklar bilan ta’minlash kabi shart-sharoitlarni yaratib berish muhimdir. O‘qituvchi o‘z qo‘l ostidagi o‘quvchilarning oilalari bilan, har bir bola qanday turmush sharoitida yashayotganligi bilan mumkin qadar yaqinroq tanishib borsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Ikkinchi tomon - ota-onalar ham bolaning maktabda qanday o‘qiyotganidan, o‘zini qanday tutayotganligidan, kimlar bilan o‘sib va o‘rtoqlashayotganligidan xabardor bo‘lib tursalar, maqsadga muvofiq ish qilgan bo‘ladilar. Oilaning o‘zaro munosabati to‘g‘ri tashkil qilingandagina bola tarbiyasida yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Download 71.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling