Mavzu: Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilgʻor xorijiy tajribalar. O`qit: S. Abdinazarova


Download 2.24 Mb.
bet1/4
Sana10.07.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1659539
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu (2)O`qit S Abdinazarova


Mavzu: Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilgʻor xorijiy tajribalar.
O`qit:S.Abdinazarova
REJA:
  • Jahon tarbiya konsepsiyalari. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi, maqsadli, uzluksiz maʼnaviy tarbiyaning tutgan oʻrni.

  • 2. Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash – “axloqiy tarbiya” tizimi “xarakterni shakllantirishga yoʻnaltirilgan taʼlim”, “davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat”, “fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash” tizimi.
    3. Xitoyda Konfutsiylik axloqining besh asosiy ustuni.

Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg‘u beradi. Masalan, 1 yoshda – o‘ziga ishonch hissini uyg‘otish, 2 yoshda – amaliy san'at qo‘l mehnatini ko‘rsatish, 3 yoshda – burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda – yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o‘rgatish, 5 yoshda – liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o‘rgatish.
Maktabgacha ta'limga Yaponiyada katta e'tibor beriladi, chunki psixologlarning ta'kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70%ni, qolgan 30%ni butun qolgan umri davomida o‘zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o‘rinda turadi. Ko‘pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi – ularning hayotlarining maqsadlaridir.
Bolalar bog‘chasi Yaponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining 1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas'uliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi.
Yapon maktablarida tozalagichlar yo'q: har kuni tozalash o`quvchilarning zimmasida bo`ladi. Maktab o'quvchilari pollarni supurib, yuvadilar, derazalarni artadilar. Nafaqat sinfda, balki hojatxonalarda ham, majlislar zalida ham tozalik ishlarini olib boradi.
Bular poyabzal tozalovchi kishilar emas. Aslida bular Yaponiyadagi katta fabrikalarning rahbarlaridir. Ular korxonaga qabul qilingan ishchilarning poyabzalini tozalaydilar. Shu tariqa o'z qalblaridagi va yangi qabul qilingan ishchilar qalbidagi kibrni sindiradilar. Yaponiyada boshliqlar boshqa xodimlar singari oddiy ishchidir. Boshliqlarda qo'pollik va xodimlarda ularga nisbatan xushomad yo'q.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling