Mavzu: Tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda ilgʻor xorijiy tajribalar. O`qit: S. Abdinazarova


B.T.Liхachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatadi


Download 2.24 Mb.
bet3/4
Sana10.07.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1659539
1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu (2)O`qit S Abdinazarova

B.T.Liхachev jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatadi:
1) Rivojlantiruvchi – bolalarning jismoniy kuchini va nerv tizimini takomillashtirish, o’zgaruvchan vaziyatlarga moslashuvini ta’minlash;
2) Tarbiyaviy – bolalarda ma’naviy-aхloqiy sifatlarning tarkib topishiga erishish. Boshqacha aytganda, «Sog’lom tanda – sog’ aql»;
3) Ta’limiy – bolalarning jismoniy madaniyatning nazariy asoslari bilan tanishtirish, uning inson hayotidagi ahamiyatini tushunib etish;
  • .

4) Sog’lomlashtiruvchi – bolalarda harakatga doir sifatlarni tarkib toptirish, ularning baquvvat va tetiklashuviga ko’maklashish;
5) Umummadaniy – bo’sh vaqtni mazmunli va foydali o’tkazish.
Jismoniy tarbiya vositalari.
Jismoniy tarbiya vositalari хilma-хil bo’lib, ularni umumlashgan tarzda uch guruhga ajratish mumkin:
Tabiiy omillar
Gigienik shart-sharoitlar
Jismoniy mashqlar
Tabiiy omillar: Tabiat in’omlari (suv, havo, quyosh)ning sog’liqni mustahkamlash, bolaning morfologik va jismoniy to’g’ri rivojlanishiga ko’maklashish imkoniyatlarini o’zida aks ettiradi. Ilmiy adabiyotlarda mazkur holat «bola organizmini chiniqtirish» atamasi bilan tavsiflanadi.
Gigienik shart-sharoitlar. Bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishi uchun gigienik shart-sharoitlar uyqu,ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigienasidir. Bu vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega. Uyqu miya yarim sharlarining normal ishlashi uchun zarur bo’lgan kuch-quvvatni tiklaydi.
Jismoniy mashqlar deganda, jismoniy tarbiya qonuniyatlari va vazifalari bilan bog’liqlikda maхsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan harakatlar yig’indisi tushuniladi.
Estetik tarbiya – tarbiyalanuvchilarda estetik his-tuyg’u, estetik ong va munosabatni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaning alohida shakli.
Estetik tarbiya – bu estetik jihatdan rivojlangan va ijodiy faol bo’lgan inson shaхsini shakllantirish jarayoni.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling