Estetik tarbiya
Tarbiyalanuvchilarda shaхsning har tomonlama rivojlanishi uchun zarur bo’lgan aхloqiy-estetik, insonparvarlik ideallarini, go’zallikni ko’ra olish, his qilish, tushunish va yaratish ko’nikmalarini shakllantirish
Estetik tarbiyaning maqsadi:
Estetik tarbiyaning vazifalari:
1) Tarbiyalanuvchilarni san’atdagi, atrofi-mizdagi go’zallikni his qila olishga o’rgatish;
2) Voqelikka estetik munosabatni qaror toptirish;
3) Estetik didni, go’zallikni baholash qobiliyatini tarbiyalash.
Estetik madaniyatni shakllantirish: Bu insonning hissiyotiga ta’sir ko’rsatish, shaхs ma’naviyatini boyitish, хulq-atvorini boshqarish va tuzatishdir.. Agar o’quvchi go’zallikni his qilishning ijobiy odatlari, she’riyat, ijodiy mehnatni o’zlashtirgan bo’lsa, u holda uning estetik madaniyati yuqori darajada ekanligidir
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari:
Estetik ehtiyoj
Estetik qiziqish
Estetik ong
Estetik mulohaza
Estetik did
Estetik ideal
- Shaxsning voqelikni estetik jihatdan bilib olishga undovchi sub’ektiv omillar estetik ehtiyoj deb ataladi.
- Shaxsning estetik faoliyatiga, voqelik va san’at asarlarini estetik jihatdan o’zlashtirishga kirishishi estetik qiziqish deb ataladi.
- Ijtimoiy voqelik, tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida – nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim va tarbiya natijasida shakllanadigan xususiyat estetik ong deb ataladi.
- Shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini bildiruvchi aqliy harakati estetik mulohaza deb ataladi.
- Estetik axborotlar oqimi, estetik va axloqiy normalar yig’indisi orqali shakllanadigan va shaxsning narsa-buyum, hodisalarga estetik baho berishida yaqqol namoyon bo’ladigan hodisa estetik did deb ataladi.
- Shaxsning tabiat, jamiyat va san’atdagi maqsad tarzida idrok etadigan, takomillashgan go’zallik borasidagi bahosining aks etishi estetik ideal deb ataladi.
Estetik tarbiya vositalari
Tabiat
Mehnat
San’at
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |