Mavzu: Tarbiyachining kasb etikasi


Mavzu: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunini o’rganish. Kasbiy faoliyatga oid moddalarni o’rganish va tahlil qilish


Download 200.17 Kb.
bet10/32
Sana20.06.2023
Hajmi200.17 Kb.
#1632234
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32
Bog'liq
Tarbiyachining kasb etikasi

Mavzu: “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunini o’rganish. Kasbiy faoliyatga oid moddalarni o’rganish va tahlil qilish.
10-modda. Professional ta’lim
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:
boshlang‘ich professional ta’lim;
o‘rta professional ta’lim;
o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim negizida amalga oshiriladi.O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar ham o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi. Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish huquqiga ega.
11-modda. Oliy ta’lim
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.


Mavzu: Xorijiy mamlakatlarda maktabgacha ta’lim tizimi.
Maktabgacha ta’limga Yaponiyada katta e’tibor beriladi, chunki psixologlarning ta’kidlashicha 7 yoshgacha inson bilimlarni 70% ni, qolgan 30% ni butun qolgan umri davomida o’zlashtirar ekan. Maktabgacha tarbiya odatda oiladan boshlanadi. Yapon ayollari uchun onalik birinchi o’rinda turadi. Ko’pgina yapon ayollarining aytishlaricha, bola tarbiyasi - ularning hayotlarining maqsadlaridir.
Yaponlar bolaning erta voyaga yetishi tarafdoridirlar. Turli yoshlarda tarbiyaning turli muammolariga urg’u beradi. Masalan, 1 yoshda - o’ziga ishonch hissini uyg’otish, 2 yoshda - amaliy san’at qo’l mehnatini ko’rsatish, 3 yoshda - burch hissini tarbiyalash, 4 yoshda - yaxshilik va yovuzlikni farqlashga o’rgatish, 5 yoshda - liderlik hislatlarini tarbiyalash, mustaqillikka, reja tuzish va ularni bajarishga o’rgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O’g’ilga oilaning bo’lajak tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni yengishga o’rgatadilar. Qizlarni esa uy ishlariga tayyorlaydilar.
Germaniya davlati ta’lim tizimi
Germaniya Federativ Respublikasi 16 ta mustaqil Federativ yerlardan (viloyatlar) iborat bo’lib, har biri shakliga ko’ra turlicha bo’lgan ta’lim tizimiga ega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo’lib, ular uchun ta’lim dasturiga tegishli bo’lgan davlat ko’rsatmalari mavjud.
Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida quyidagilarni aytish mumkin:
- birorta Federal Yerlar davlat umumta’lim, kasbiy o’quv yurtlarida o’qish uchun pul barcha Federal yerlarda o’quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga tashuvchi avtobuslarni o’z hisobidan beradi;
- deyarli barcha o’quvchilarga darslik va o’quv qo’llanmalarni qiymatining ozgina qismiga beriladi;
- ma’lum toifadagi o’quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko’ra davlat moddiy yordam ko’rsatadi.
Maktabgacha ta’lim tizimi Germaniya ta’lim tizimida muhim bosqichhisoblanadi. Maktabgacha ta’lim bolalar bog’chasida (K1'pNegdag1ep) amalga oshiriladi. Bolalar bog’chasiga 3-6 yoshdan maktab yoshigacha borishadi.


Download 200.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling