Mavzu: tarbiyaning asosiy metodlari, milliy tarbiyaning o‘ziga xosligi va mazmuni


Download 1.57 Mb.
bet5/5
Sana25.01.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1118760
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu (tahrirlangan)

Tarbiyaning tarkibiy qismlari

  • Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilim asoslarini berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo’lib, shaxs tomonidan tabiat, jamiyat, shuningdek, inson tafakkuri haqidagi bilimlarni o’zlashtirish, unda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi.
  • Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo’ladi.

Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir.

  • Axloqiy tarbiya muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish maqsadida tashkil etiluvchi pedagogik jarayondir.
  • Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya: lot. «estezio» – «go’zallikni his etaman» ma’nosini bildiradi) shaxsni ijtimoiy voqyelik, tabiat va mehnat munosabatlari hamda turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishni o’rganish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muhabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi sanaladi.

Nazorat uchun savollar:

  • Milliy tarbiya ajdodlarimiz qoldirgan me`roslar nimalardan iborat?
  • Tarbiya metodi nima?
  • Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metod nima?
  • Tarbiyaning tarkibiy qismlari haqida batafsil to`xtaling.
  • Jamoani tashkil etish metodikasi mazmunini so’zlang.
  • Jamoa an’analari deganda nimani tushunasiz?
  • Tarbiya metodlarining maqsadini tushuntirib bering.
  • Tarbiya metodlaridan hikoya, suhbat, namuna hamda ma’ruza qanday hollarda qo’llaniladi?
  •  

E`tiboringiz uchun rahmat !!!


Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling