Mavzu: tarbiyaning asosiy metodlari, milliy tarbiyaning o‘ziga xosligi va mazmuni


Har bir sinfda "Madaniy va tarixiy merosimizni o’rgana­miz" shiori asosida qiziqarli burchak tashkil etish


Download 1.57 Mb.
bet2/5
Sana25.01.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1118760
1   2   3   4   5
Bog'liq
13-mavzu (tahrirlangan)

Har bir sinfda "Madaniy va tarixiy merosimizni o’rgana­miz" shiori asosida qiziqarli burchak tashkil etish:

  • Har bir sinfda "Madaniy va tarixiy merosimizni o’rgana­miz" shiori asosida qiziqarli burchak tashkil etish:
  • Har bir maktab binosining zalini milliy,ma`daniy va tarixiy merosni aks ettiruvchi ko’rgazmali materiallar bilan bezash.
  • Sinfdan tashqari o’tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda milliy urf-odat,an’analarga e’tiborni kuchaytirish:
  • "Xalq pedagogikasi" fakultativ kursini joriy etish.
  • Shu o’rinda birinchi prezidentimiz Islom Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oldiy majlisi IX sesiyasida 1999- yil 29- av­gustda so’zlagan nutqi va uning asosida qabul qilingan "Ta’lim to’g’risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida" qonunlar qabul qilingach,uzluksiz ta’lim tarbiya tizimini joriy etish va uning asosini tashkil etuvchi milliy maktabning shakllantirish borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan: maktabning I-IX sinflari doirasida sifatli unumli o’rta ta’lim olishni ta’minlovchi davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib joriy etilmoqda.

Tarbiya metodlari haqida tushuncha

  • Maqsad, mazmun, shakl, metod va vositalar kabi tushunchalar tarbiya jarayonining mohiyatini ochib beradi. Biroq, tarbiya mohiyatini yoritishda o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lgan yana bir tushuncha ham mavjud, bu tarbiya metodlari tushunchasidir.
  • Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» – yo’l) tarbiya maqsadiga erishishning yo’li; tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar – bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg’ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir

Xalq pedagogikasida tarbiya metodlari :

  • Xalq pedagogikasi o’zbekona axloq, odob va tarbiyaning barcha qirralarini o’zida mujassamlashtirgan. Xalq pedagogikasida turlicha tarbiya metodlari hamda vositalaridan foydalaniladi. Bu metod va vositalar nihoyatda rang-bo’rang bo’lib, ko’p jihatlari bilan ilmiy pedagogikadan ustunlik qiladi. Binobarin, ushbu metodlar ilmiy pedagogikaning shakllanishiga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Xalq pedagogikasida qo’llanilgan xilma-xil tarbiya metodlarini quyidagi tarzda umumlashtirish mumkin.
  • Tushuntirish (hikoya qilish, o’rgatish).
  • Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
  • Namuna (maslahat berish, uzr so’rash, yaxshiliklar haqida so’rash, o’rnak bo’lish).
  • Nasihat qilish, o’git (undash, ko’ndirish, iltimos qilish, yolvorish, tilak-istak bildirish, ma’qullash, rahmat aytish, duo qilish, oq yo’l tilash va hokazolar).
  • Qoralash va jazo (ta’kidlash, ta’na, gina, tanbeh berish, majbur qilish, koyish, ayblash, uyaltirish, qo’rqitish, nafratlanish, ont-qasam ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling