Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 75.2 Kb.
|
Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni. Shaxsning sotsializatsiyasi jarayonida talimga aksiologik yondashuv. Talim jarayonida shaxsga yonaltirilgan tarbiyaviy yondashuv.
Mavzu: Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining maqsad va vazifalari 1.МТТda tarbiyaviy ishlarning maqsadi va asosiy vazifalari. Metodologiya kursining asosiy tushunchalari, tarbiyaviy ishlar ish uslubining paradokslari va asosiy ta'lim paradigmalari. 2.Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati. Milliy qadriyat an’analar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash yo’llari. Xalq an’analarining tarbiyadagi ahamiyati, umuminsoniy tarbiyaning mezonlari. Yosh bolalarni tarbiyalash va o'qitish shartlari. Psixologik va pedagogik sharoitlar. Ta'lim-tarbiyada uslub va dasturlar. 3. Shaxsni ijtimoiylashtirish jarayoni. Shaxsning sotsializatsiyasi jarayonida ta'limga aksiologik yondashuv. Ta'lim jarayonida shaxsga yo'naltirilgan tarbiyaviy yondashuv. 1.МТТda tarbiyaviy ishlarning maqsadi va asosiy vazifalari. Metodologiya kursining asosiy tushunchalari, tarbiyaviy ishlar ish uslubining paradokslari va asosiy ta'lim paradigmalari. Hozirgi davrda mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan. Respublikada sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga toʻliq javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqildi. Birgina “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning qabul qilinishi yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga , istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga yoʻnaltirilganligini keltirish kifoya. Tarbiya - yosh avlodni har tamonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan faoliyat boʻlib, shaxsni aqliy , jismoniy, ahloqiy, ma’naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan boʻlib, insonning jamiyatda yashashini ta’minlash uchun zarur boʻlgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Tarbiya shaxsni tarkib toptirishga qaratilgan boʻlib, shaxs va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyatlar asosida rivojlanadi. Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan jarayonlar boʻlibgina qolmay, uning yetakchi gʻoyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham oʻz ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq boʻlgan tushunchadir. Bunday tarbiyaning oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Shu jihatdan tarbiya ta’lim olish bilan chambarchas bogʻliq holda amalga oshiriladi. Ta’lim – tarbiya orqali shaxda ezgu ma’naviy – axloqiy sifatlar tashkil topadi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning quyidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Albatta, ta’lim – tarbiya ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir. Binobarin, ta’lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni oʻzgartirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib boʻlmaydi... ... har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni koʻrish kerak. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega boʻlgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi boʻlishi lozim ...”[1] Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish joizki, insonning boy ma’naviy – tarixiy jarayonida samarali foydalanish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvar, xalqparvar, yuksak qilib voyaga yetkazish, insoniy fazilatlarni singdirishda tarbiyaviy ishlarni toʻgʻri tashkil etishga koʻp jihatdan bogʻliq. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: - maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi; - faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi; - bolalar tarbiyasidagi faoliyatni oʻqituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda boshqaruvni ta’minlash muhimdir. Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish koʻp jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga bogʻliq. Ular quyidagi omillarni qoʻllash asosida vujudga keladi: - tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondoshuv kabilardir; - tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qoʻyilgan maqsadga muvofiqlashtirish; - tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning oʻzaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda boʻlishlari, ruhiy shart – sharoitlar yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir. - Oʻquvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishda oʻquvchi yoshlarning faolligi koʻp jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bogʻliq; - Tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonida olgan bilimlariga uygʻun boʻlishi. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy gʻoyani singdirishda har tamonlama ta’sir koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqoroning ilm olishi, oʻz qobiliyatlarini har tamonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Ta’lim toʻgʻrisida qabul qilingan qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi lozim boʻlgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi. Ma’lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi. Oʻquvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo, tarbiyaning oʻz vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. Oʻqish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari oldiga qoʻyilgan eng muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita oʻquv jarayoni bilan bogʻlangandir. Har bir fanning predmeti, oʻrganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud boʻlganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, oʻrganish obyekti va amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalari bor. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va maktabda , sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni toʻgʻri tashkil qilish, har tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yoʻnalishlarini belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir. Uslubiy kursning asosiy tushunchalari Uslubiy kurs - o'quv ishlarini tashkil etish va o'tkazish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar tizimi. U quyidagi asosiy tushunchalarni o'z ichiga oladi: Ta'lim - bu shaxsni, uning dunyoqarashini, axloqiy fazilatlarini, e'tiqodlarini, odatlarini, ko'nikmalarini va qobiliyatlarini shakllantirishning maqsadli jarayoni. Tarbiyaviy ishlar - ta'limning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmuidir. O'qituvchi - tarbiyaviy ishlarni amalga oshiruvchi o'qituvchi. Tarbiyaviy ta'sir - bu shaxsga uning rivojlanishi va shakllanishi uchun maqsadli ta'sir qilish. Ta'lim jarayoni - bu o'qituvchi va o'quvchining ta'lim maqsadlariga erishishga qaratilgan o'zaro ta'siri. Tarbiyaviy ishning ish uslubining paradokslari Tarbiyaviy ishning ish uslubi o`quvchilarning jamoaviy mehnat faoliyatini tashkil etishga asoslangan metoddir. U bir qator afzalliklarga ega, masalan: O‘quvchilarda mehnatsevarlik, intizom, mas’uliyat va jamoaviylikni rivojlantiradi. O‘quvchilarda mehnat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yordam beradi. Talabalarga o'z qobiliyatlari va qiziqishlarini ro'yobga chiqarishga yordam beradi. Shu bilan birga, o'quv ishining ishlash usuli ham bir qator kamchiliklarga ega, masalan: Talabalarning individual xususiyatlari hisobga olinmasa, u samarasiz bo'lishi mumkin. Ta'lim ishlarining monotonligiga olib kelishi mumkin. Talabalar uchun unchalik qiziq bo'lmasligi mumkin. O'quv ishining ish uslubining asosiy paradokslariga quyidagilar kiradi: Maqsadlar va vositalar paradoksi. Tarbiyaviy ishning ish uslubi o`quvchilarda mehnatsevarlik, intizom, mas'uliyat, jamoaviylikni rivojlantirishga qaratilgan. Biroq, bu usulni amalga oshirish jarayonida o'quvchilarda teskari reaktsiya, masalan, ishlashni istamaslik, intizomsizlik, xudbinlik paydo bo'lishi mumkin. Tashkilot va boshqaruv paradoksi. Tarbiyaviy ishning ish uslubi aniq tashkil etish va boshqarishni talab qiladi. Biroq, shu bilan birga, talabalar tashabbusi va mustaqilligini bostirishning oldini olish muhimdir. Tarkib va shakl paradoksi. O'quv-tarbiyaviy ishning ish uslubining mazmuni o'quvchilar uchun rang-barang va qiziqarli bo'lishi kerak. Biroq, shu bilan birga, uni amalga oshirishda uzluksizlik va izchillikni saqlash muhimdir. Asosiy ta'lim paradigmalari Ta'lim paradigmasi - ta'limning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, usullari va shakllari haqidagi qarashlar tizimi. Zamonaviy pedagogikada quyidagi asosiy ta'lim paradigmalari ajralib turadi: An'anaviy paradigma. Ushbu paradigma ta'limga avtoritar yondashuvga asoslanadi. Unda ta'limning asosiy maqsadi o'quvchilarga bilim va ko'nikmalarni berishdir. Ta'limning asosiy usullari ma'ruza, tushuntirish, so'roqdir. Faoliyat paradigmasi. Ushbu paradigma ta'limga faoliyatga asoslangan yondashuvga asoslanadi. Unda ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarda mustaqil bilish va faoliyat ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat. Asosiy o'qitish usullari muammoli ta'lim, loyiha faoliyati va muhokama hisoblanadi. Shaxsiyatga yo'naltirilgan paradigma. Ushbu paradigma ta'limga shaxsiy yondashuvga asoslanadi. Unda ta’limning asosiy maqsadi o‘quvchilarning individualligini, qobiliyat va iste’dodini rivojlantirishdan iborat. Ta'limning asosiy usullari loyiha faoliyati, mustaqil ish va aks ettirishdir. Ushbu paradigmalarning har biri o'zining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Ta'lim paradigmasini tanlash ta'limning aniq maqsad va vazifalariga, shuningdek, o'quvchilarning individual xususiyatlariga bog'liq. Ayni paytda O‘zbekistonda ta’lim sohasida faoliyat paradigmasi ustunlik qilmoqda. Buning sababi shundaki, u talabalarning mustaqil bilish va faollik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, ularni zamonaviy dunyoda hayotga tayyorlashning muhim shartidir. 2.Milliy tarbiya tushunchasining mohiyati. Milliy qadriyat an’analar orqali maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash yo’llari. Xalq an’analarining tarbiyadagi ahamiyati, umuminsoniy tarbiyaning mezonlari. Yosh bolalarni tarbiyalash va o'qitish shartlari. Psixologik va pedagogik sharoitlar. Ta'lim-tarbiyada uslub va dasturlar. Har qanday jarayon muayyan natijaga erishishga qaratilgan qonuniy va izchil harakatlar majmuidan iborat bo’ladi. Tarbiya jarayonining eng asosiy natijasi – har tomonlama uyg’un, va kamol topgan, yangi tipdagi shaxsni shakllantirishdir. Bu jarayon ikki tomonlama bo’lib, uyushtirishni va rahbarlikni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning o’zi aktivlik ko’rsatishini ham, taqozo qiladi. Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga kompleks yondashish yo’li bilan eng muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. O’z tabiatiga ko’ra tarbiya jarayoni ko’p faktorli xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, muhit va yaqin atrofdagi vaziyatning xilma - xil, bevosita va bilvosita ta’siri ostida ro’y beradi. «Hamma narsa: odamlar, ashyolar, voqealar, avvalo, ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaydilar». ( A.S.Makarenko ) Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xaraktyerda bo’lmaydi. Bu narsa ko’pgina sabablarga, o’quvchilarning individual - tipologik tafovutlariga, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy pozitsiyasiga bog’liq. Shuning uchun bir xil tarbiyaviy ta’sirning o’zi «shaxsning emotsional larzaga kelishiga» (A.S.Makarenko) sabab bo’lishi, ayni vaqtda bola ma’naviy dunyosining o’zgarishiga olib kelmasligi ham mumkin. Tarbiya nazariyasi — pedagogika fanining bir qismi bo’lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o’rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o’sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog’liq jarayonni ham qaytadan ko’rib chiqishni taqozo etmoqda. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvi ta’lim va tarbiyaning milliy shakllarini rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o’z qoidalariga asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, boshqaruv pedagogikasi bilan uzviy bog’langandir. Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni oila, davlat oldidagi mas’uliyatini anglab etadigan har tomonlama yetuk shaxsni shakllantiruvchi, intellektual va ilmiy kuchlarni taraqqiy ettirishdek yuksak madayiyatlarni belgilab berdi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XIII sessiyasida ta’lim va madaniyatni rivojlantirish hamda isloh qilish, intellektual va ma’naviy kuchlarni mustahkamlash muhim ahamiyatga molikligi qayd etib o’tildi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi ishbilarmon insonni tarbiyalash zamon taqozosidir. Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o’zlashtiradi: bu o’zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi katta ahamiyatga ega bo’ladi. Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada aktiv faoliyat ko’rsatmasalar tajriba va bilimni o’zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulg’aygani sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatlarga ega bo’lib boradi; tarbiyalanuvchilar o’zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o’z-o’zini takomillashtirish, tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga, hamda idrok etilgan narsalarga tanqidiy munosabatda bo’lishga ko’nika boradilar. Hamma davrlarning ilg’or kishilari tarbiyaga yuqori baho beradi. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb bildilar. Mustaqillik mevasi bo‘lgan , biz qurayotgan xukukiy , demokratik jamiyatning ma’naviy binosi mustaxkam bulishi kerak . Bu esa avvalo , avlodni chukur bilimli, teran fikrli uz o‘tmish durdonalaridan va ma’naviy qadriyatlaridan xabardor , vatanparvar , xalkparvar , fidoiy kilib tarbiyalashni takozo etadi . Komil inson shaxsini tarbiyalash ishi esa eng murakkab qiyin jarayondir . Bu jarayonni amalga oshirishda ular ongiga milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirish maqsadga muvofikdir . Demak , yosh avlod qachonki o‘z tarixini , madaniyatini , milliy qadriyatini , tilini , dinini va urf-odatlarini mukammal bilgandagina mustakillikning tub moxiyatini yanayam chukurrok anglaydi . Keksa avlod istiklolni ardoqlab shunday erkin va ozod kunlarga yetib kelgani uchun shukronalar aytayotgan bulsa , urta avlod talabchan , ochig‘ini aytish kerakki , xayotda uz urnini topayotir , ayrim xollarda , iste’molchilik kayfiyatida xam yelib yugurmokda , yosh avlod esa xayotga faol kirib kelmokda , ularning yashash tarzi to‘g‘risidagi qarashlarning shakllanishida milliy va ma’naviy qadriyatlarning aloxida urni va axamiyati borligini ta’kidlash mumkin va Ayni paytda , ularning xayotdagi ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlarni , ya’ni mafkuraviy talablarni idrok etishdagi burchi va mas’uliyatini anglash tuyg‘usi tobora usayotganliga guvoxmiz . Xush, ma’naviy qadriyatlarimiz xususida sharq mutafakkirlarimizning ilmiy , ma’rifiy merosi borasida yoshlarimizning tasavvur va bilim darajasi kanday ? Qayd kilish lozimki o‘rta asrlar uygonish davri , bunyodkorlari bulmish allomalar bizning ajdodlarimiz ekanligidan faxrlanamiz . Bu borada Ibn Sinoning ma’naviy merosida kator muammolar tizimida axlok-odob masalalari e’tiborli saloxiyatga egadir . Uning «Burch xakida risola» , «Axlok xakida risola» , «Insof xakida risola» kabi asarlarida axlok-odobning goyat muxim kirralari bayon etilgan . Download 75.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling