Mavzu: Tarix darslarida Prezident I. A. Karimov asarlaridan foydalanish metodlari. Reja
b). davr talabi darajasida yaratilgandarslik va uslibiy qo’llanmalarning yo’qligi; v)
Download 32.06 Kb.
|
Tarix darslarida Prezident I.A. Karimov asarlaridan foydalanish metodlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
b). davr talabi darajasida yaratilgandarslik va uslibiy qo’llanmalarning yo’qligi;
v). pedagogik oliy o’quv yurtlari va universitetlarda tarixchi pedagoglarni yetishtirishda mazkur muammoga yetarli e’tibot berilmayotganligi; g). Prezident I.A.Karimovning yoshlarimizda milliy va ma’naviy qadriyatlar, vatanparvarlik his – tuyg’ularini tarbiyalashning ilmiy – nazariy yo’riqnomalari bilan yo’g’rilgan asarlari va nutqlaridan maqsadga muvofiq foydalanish, o’quvchi yoshlarimizni tarbiyalashga yondashishni samarali amalga oshirishga yo’naltirilgan ilmiy – uslibiy dasturlar va qollanmalarni yaratish va amaliyotda foydalanishning sustlik bilan amalga oshirilayorganligidadir. O’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarida tarix fanlarining o’qitilishi jarayonida o’quvchi yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda avvalo Prezidentimiz I.A.Karimovning qator asarlari, nutqlari va ma’ruzalari hamda shu bilan birga Sharq ba Markaziy Osiyo donishmandlari – Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Motrudiy, Koshifiy, Marvaziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviylarning fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarix darslari jarayonida bu qoidalarga amal qilish tarbiyaning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi. Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, Prezident I.A.Karimov asarlarida davlatimizning kelajak istiqboli ko’rsatib berilishi bilan chegaralanmasdan, balki unga erishish yo’llari ham asosli qilib ko’rsatib berilgan. Masalan, Prezidentimiz o’zining “O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqqiyot yo’li” asarida mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy – axloqiy negizlari xususida fikr yuritar ekan, bu negizlar: Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; Xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; Insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; Vatanparvarlik ekanligini alohida ko’rsatib o’tadi. O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati va ma’naviyati bilan tanishtirish juda muhimdir. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ham ta’lim – tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishga oid ko’rsatmalar beriladi. Shuning uchun tarix darslari jarayonida xalqimizning madaniy merosini o’rganish, milliy o’ziga xosligi, ma’naviy xususiyatlarini hisobga olib, milliy ta’lim – tarbiyamiz an’analariga suyanib ish ko’rish maqsadga muvofiqdir. Shu o’rinda QADRIYAT tushunchasiga kengroq ta’rif beradigan bo’lsak, “Qadriyatlar deyilganda faqat o’tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kun va kelajakdagi taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadigan, kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma’naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi”6. Qadriyat degan tushuncha qadr – qimmat, degan ma’noni ham bildiradi. Bundan tashqari o’quvchi yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda tarix darslari jarayonida ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Inson axloqida Vatanni sevish alohida o’rin tutadi. Hadisi shariflarda ham “Vatanni sevmoq iymondandir”, “Vatan ostonadan boshlanadi” deb bejiz aytilmagan. Vatan o’zi nima? Vatan (arabchada “vatan” – ona yurt) deganda – kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug’ilib o’sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati tushuniladi. Download 32.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling