O’zbekistonda agrosanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi Kirish 1 Tadqiqot muammosi


Download 68.5 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1142696
  1   2   3
Bog'liq
Reja asosnoma


O’zbekistonda agrosanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi
Kirish
1.1 Tadqiqot muammosi: Agrar sohada faoliyat yuritayotgan agrosanoat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlili alohida ilmiy tadqiqot ob’ekti sifatida to‘liq o‘rganilmagan. Agrar sohada jadal iqtisodiy o‘zgarishlar, raqobat muhitining kuchayishi, qishloq xo‘jaligini isloh qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar agrosanoat tashkilotlari faoliyatini ilmiy, me’yoriy-uslubiy va tashkiliy jihatdan to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va muntazam tahlil qilib borish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, agrosanoat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlil uslublarini ilmiy jihatdan takomillashtirishga yetarlicha ahamiyat berilmayotganligi bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borishni taqozo etmoqda.
Tadqiqotning maqsadi: agrosanoat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlilining uslublarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
1.2 Tadqiqot ahamiyati, zamini va asoslari : Tadqiqotning ilmiy ahamiyati agrosanoat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlil uslublarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalardan agrosanoat tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va tahlilni tashkil etish, asosiy xo‘jalik jarayonlarini hisobga olish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishda va ularni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, agrosanoat tashkilotlarida xarajatlar smetasiga rioya etilmasligi hamda xarajatlar nazorati yillar kesimida yokida potentsial o’sish(kamayish) hisobiga ko’payish(kamayish) inobatga olmasligi ilmiy tadqiqot o’tkazish uchun asos bo’la oladi.
1.3 Ilmiy tadqiqot: tarkibi kirish, adabiyotlar sharhi, metodologiya, kutilayotgan natijalar va vaqt rejasi, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Ilmiy tadqiqotning hajmi __ betni tashkil etadi.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling