O’zbekistonda agrosanoat korxonalarida buxgalteriya hisobi Kirish 1 Tadqiqot muammosi


Download 68.5 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2023
Hajmi68.5 Kb.
#1142696
1   2   3
Bog'liq
Reja asosnoma

2. Adabiyotlar sharhi
2.1 - Do‘smuratov R.D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. –T.: «Fan va texnologiya», 2013. -261 b. – Ushbu adabiyotdan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning xarajatlari va daromadlarini toifalarga ajratish uchun foydalanamiz.
- Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F Moliyaviy va boshqaruv tahlili. -T.: «Sharq», 2005. - 68 b. – ushbu adabiyotdan korxonalarning oxirgi 5 yildagi moliyaviy hisobotlari va xo’jalik yurituvchi sub’yektning rentabellik ko’rsatkichlarini toppish uchun foydalamiz.
- Qurbonboev J.E. Korxonalarda hisob siyosatini shakllantirish, yuritish va rivojlantirish istiqbollari.. – T.: 2005. – 8 b. – Ushbu adabiyotdan xo’jalik yurituvchi ta’minot korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritish uchun asos bo’luvchi hujjat hisob siyosatini to’g’ri tashkil etish va yo’lga qo’yish uchun asos sifatida foydalamiz.
- Urazov K.B Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish. – T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» 2004. -184 b. – Ushbu adabiyotdan ta’minot korxonalarining asosiy faoliyati – realizatsiya jarayonidagi yuzaga keladigan xarajatlar va daromadlarning to’g’ri aks ettirilishi va bu orqali yillik potentsial o’sishni kafolatlash mumkinmi yoki yo’q, degan farazni tahlil qilish uchun foydalanamiz.
2.2 Tadqiqot savoli va farazlar
- Bahor-yoz mavsumida ish xajmining keskin oshib ketishi foydaning keskin ko’tarilishiga ta’sir qiladimi ?
- Mahsulotni olib kelish bilan bog’liq barcha xarajatlarni tovar tannarxiga qo’shish iste’mol hajmiga qancha miqdorda ta’sir o’tkazadi?
- Savdodagi ishtirokiga ko’ra mahsulotlarni tanlamasdan, standart mahsulotlarni bir xil qiymatda olib kelib sotish yillik daromad va foyda qancha miqdorda ta’sir ko’rsatadi?

  • Hisob siyosatida belgilangan savdo-sotiq tarmoqlari bank xizmatlari va ko’zda tutilmagan moliyaviy sanksiyalarni xatarini kamaytiradi;

  • Mahsulot sotishning LIFO usuli ko’zda tutilmagan zarar miqdorini oshiradi;

  • Texnik xizmat ko’rsatish va kommunal to’lovlari xarajatlarini asosiy ishlab chiqarish tannarxiga qo’shish iste’molchilar sonining kamayishi va sotish hajmining tushishiga olib keladi;



3.Metodologiya
3.1 Paradigma:Ushbu tadqiqotni amalga oshirishda Pozitivistik paradigmadan foydalanamiz, chunki biz o’tkazayotgan tadqiqot ob’yekti normative hujjatlar va koroxonaning amaldagi buxgalteriya hisobi o’rtasidagi ifoda qiladi. Shuningdek, 2 xil tushuncha mavjud bo’lmaydi.
3.2 Metodologiya: ushbu tadqiqotni amalga oshirishda bo’ylama kesim metodi va keys stadi metodidan foylanamiz.
- Bo’ylama-kesim metodi o’zgaruvchilarni uzoq vaqt davomida o’rganish orqali amalga oshiriladi. Maqsad tadqiqot muammosini o’zgarish dinamikasini ko’rish va o’rganilayotgan davr mobaynida qayta-qayta o’rganish.
- Keys-stadi metodi bitta fenomenni tabiiy muhitda turli usullardan foydalanish orqali chuqur bilim olish maqsadida ishlatiladigan metodologiya.

Download 68.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling