Mavzu: tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy asoslari


Download 0.76 Mb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1038979
  1   2   3
Bog'liq
ppt bank huquqi

    MAVZU: BANK TIZIMI VA MARKAZIY BANKLARNING MAQSADI, VAZIFALARI, FUNKSIYALARI VA OPERATISYALARI.

Qabul qildi: Abdullayeva Sh. Bajardi: Mirzayeva I. BIA 92 K

REJA:

1.Banklarning mohiyati, kelib chiqish asoslari va ularni bozor iqtisodiyotidagi o’rni

2.Bank tizimi va uning rivojlanish bosqichi

3.O’zbekiston Respublikasi bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.

4.Markaziy bank va uning funksiyalari. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining asoslari

5.Bank tuzilishi ”Asaka bank” misolida

Tayanch iboralar

  • Banklar va ularning kelib chiqish asoslari. Kredit tizimi va uning tarkibi. Bir va ikki pog’onali bank tizimi. Bank tizimining rivojlanish bosqichlari. O’zbekiston Respublikasining bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari. Markaziy bank va uning funksiyalari. Markaziy banklar vujudga kelishining yo’llari. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning bosh maqsadi va vazifalari. Maxsus moliya-kredit muassasalari. O’zbekiston Respublikasida sug’o’rta tizimi va lizing munosabatlari. Kredit uyushmalari.

 Banklar faoliyatining eng “qadimgi” operatsiyalari bo‘lib, pullarni saqlab berish bo‘yicha operatsiyalar hisoblanadi. Ma’lumki, eng qadimgi davlatlarda ham omonatlarni qabul qilish operatsiyalari mavjud bo‘lgan. Ilk bor bunday ish bilan ma’lum obro‘ga va ishonchga ega bo‘lgan puldor shaxslar, Evropa mamlakatlarida cherkov muassasalari shug‘ullanganlar. Masalan, mashhur grek ehromlari (masalan, Delfiya, Efes ehromlari) bir paytning o‘zida o‘ziga xos bank muassasalari bo‘lib xizmat qilgan. Yillar o‘tishi bilan o‘sha qadimgi davrlardan boshlab, ayrim hollarda qo‘yilgan pul yoki mulk bo‘yicha foizlar ham hisoblangan. Banklarning kelib chiqishiga bag‘ishlangan mavjud adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, banklarning paydo bo‘lishining asosiy yoki boshlang‘ich zamini birinchidan, pul mablag‘larini saqlab berish bo‘lsa, ikkinchidan, pul mablag‘larini almashtirib berishdan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-pul munosabatlarining o‘sib, takomillashib borishi banklarning operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ko‘lamining kengayib borishiga, jamiyat a’zolarining pulga bo‘lgan talabining oshib borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a’zolarining pul mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy jihatdan o‘sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida banklar o‘rtasida bajariladigan funksiya va operatsiyalar ko‘lami taqsimlana borgan, ya’ni davlat nomidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan holda faoliyat ko‘rsatuvchi banklar va alohida jamiyat a’zolari bilan ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo‘nalishni ham o‘zida mujassamlashtirgan banklar (oxirigisiga Sobiq Sovetlar davridagi Davlat bankini kiritish mumkin) shakllana borgan.
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki pog‘onali bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va tijorat banklari tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.
Bank tizimi ikki pog’onali:
Markaziy bank
Tijorat banklari
1988 yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimi tashkil etila boshlandi. Lekin bu davrda, markazlashtirilgan rejalashda Markaziy bankning roli hali ham yuqori, sohalarning deyarli hamma qismi davlat tasarrufida edi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga real asos 1991 yil 15 fevralda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida yuzaga keldi. Bu qonunga asosan davlat boshqaruv organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari kerak edi. U faqat Respublika Oliy majlisiga hisobot beradi. Bu qonunni amalga tadbiq etish, asosan, Respublikamiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling