Mavzu: tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy asoslari
Download 0.76 Mb.
|
ppt bank huquqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASAKA” DAVLAT-AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAgi qonun
"Asakabank" – Oʻzbekistondagi ixtisoslashtirilgan aksiyadorlik jamiyati. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra 1995-yil 7-noyabrda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida va Qoraqalpogʻiston (Nukus shahri)da, Asaka, Qoʻqon, shuningdek Toshkentda ("Avtotransport") filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat koʻrsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, "OʻzDEUavto" qoʻshma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), Oʻzbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari koʻrsatish, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi. Aksiyadorlik kapitali summasi 5475, zaxira kapitali 2139, jami kapitali 8075; berilgan kreditlar 5001; koʻrilgan yillik foyda 667; jami aktivlari 18323 mln. soʻm (1997-yil 1yanvar).
ASAKA” DAVLAT-AKSIONERLIK TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDAgi qonun Avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining avtomobil sotib olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Oldingi tahrirga qarang. 1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “O‘zavtosanoat” uyushmasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Xalq bankining Toshkent shahrida bosh ofisi bo‘lgan “Asaka” davlat-aksionerlik tijorat bankini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 5-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 1-2-son, 2-modda) 2. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, “Asaka” bankining o‘zbekistonlik ta’sischilari bilan bir qatorda bankni tashkil etishda xorijiy yuridik shaxslar ham qatnashishlari mumkin. “DEU” korporatsiyasining (Koreya Respublikasi) uning “Asaka” bankini ta’sis etishda qatnashishi haqidagi taklifiga rozilik berilsin. 4. “Asaka” banki ta’sischilariga bir oy muddatda ta’sis majlisini o‘tkazish, ta’sischilarning ustav fondidagi ulushlarini belgilash, bank ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda ustav fondini shakllantirish tavsiya etilsin. “Asaka” banki boshqaruvi ikki oy muddatda belgilangan tartibda aksiyalar chiqarishni va sotishni amalga oshirsin. Quyidagilar “Asaka” bankining asosiy vazifalari etib belgilansin: respublika avtomobilsozligi sanoatini va tegishli infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarini ustuvor darajada mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarning erkin mablag‘larini to‘plash; avtomobilsozlik sanoati hamda uning infrastrukturasi korxonalari va tashkilotlariga, shuningdek avtomobillarni sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq korxonalarga kompleks kredit-hisob-kitob xizmatlari ko‘rsatish; avtomobil sanoati korxonalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun xorijiy investorlar resurslarini jalb etish; respublikada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni sotib olish uchun keyinchalik fuqarolarga berish maqsadida Xalq bankiga o‘zaro kelishilgan shartlarda kredit resurslarini jalb etish va berish; “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi uchun respublikada butlovchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni va lokal loyihalarni mablag‘ bilan ta’minlash; qimmatli qog‘ozlar bilan, shu jumladan “O‘zDEUAVTO” qo‘shma korxonasi avtomobillarini sotib olish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish; chet el valyutasi bilan, shu jumladan O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida, operatsiyalarni amalga oshirish. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling