Mavzu: tijorat banklarini tashkil etishning huquqiy asoslari


Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki


Download 0.76 Mb.
bet2/3
Sana20.12.2022
Hajmi0.76 Mb.
#1038979
1   2   3
Bog'liq
ppt bank huquqi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki[1]. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati asoslari „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi qonunida (1995-yil 21-dekabr) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-harajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ishiga uning oliy organi — Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi.
O'zbekiston tijorat banklari, av­valo, ixtisoslashgan kredit institutlari si­fatida ko'zga ko'rina boshladi. Bu, bir tomondan xo'jaliklarning vaqtincha bo'sh mablag'larini jalb etishi, boshqa tomondan esa jalb etilgan mablag'lar hisobidan korxonalar, xususiy tad­birkorlar va aholining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishi bilan dolzarb ahamiyat kasb etdi. Xorijiy va mahalliy ekspertlarning qayd etishicha, so'nggi yillar davomida respublikada asosiy tamoyil — ixtisoslashuvdan uzoqlashish va bank faoliyatida universallashtirishni chuqurlashtirish kuzatilmoqda. Bu esa bank ope­ratsiyalari mazmuni va kredit munosabatlari mohiyatini oldindan belgilab beradi.
Mazkur yo'nalishda banklar o'z faoliyatini dunyoviy amaliyotning “oltin” printsipidan ke­lib chiqqan holda olib bordilar. Ya'ni, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlarning jozibadorligi tadbirkorlarning kreditlardan foydalanish keng imkoniyati bilan mutanosib holda rivojlantirildi. Davom ettirilgan islohotlar bank faoliyatini aholining turmush darajasini oshi­rishda muhim ahamiyat kasb etuvchi, ilgari qabul qilingan “Iste'mol krediti to'g'risida”gi va “Ipoteka to'g'risida”gi qonunlar doirasidagi faolligini yanada kuchaytirdi. O'zbekiston tijorat banklari respublika­mizdagi va jahon bank hamjamiyatidagi yangi voqelikka javoban o'zlari taklif etayotgan xizmatlari to'plamini kengaytirdi, bozorga yangi bank mahsulotlarini chiqardi va ayni paytda moliya institutlari faoliyatining xalqaro standartlarini faol joriy etishga kirishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1999 yil 15 yanvardagi Qaroriga asosan bank tizimini barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda banklarning ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991-2000 yillar mobaynida yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga yaqinlashtirish maqsadida bank tizimini erkinlashtirish va isloh qilish chora-tadbirlarining boshlanishi bank tizimi rivojlanishining to‘rtinchi bosqichini belgilab berdi. Bu bosqich O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000 yil 21 martdagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasinig «Bank tizimini isloh qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2000 yil 24 martdagi qarori qabul qilinishi bilan boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar mazkur bosqichning asosiy vazifalari qilib belgilandi:
-bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari mustaqilligini oshirish;
-bank tizimi va uning bo‘g‘inlari rivojlanishini rag‘batlantirish;
-bo‘sh turgan mablag‘larni bankka jalb qilish va omonatchilarning manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
-banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, xususan dehqon, fermer xo‘jaliklarini hamda kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini kreditlash jarayonini kengaytirish;
-banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
-banklarning mijozlar bilan o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish;
-aholining bank-moliya tizimiga bo‘lgan ishonchini oshirish;
-xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish, valyuta munosabatlarini erkinlashtirish va kengaytirish kabi vazifalar belgilandi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling